01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

 
Tayanch so’z va iboralar: shrot, kondensator, erituvchi, shrotushlagich, siklon, 
kondensatsiya, komponent, regeneratsiya, rekuperatsiya, gaz-havo aralashmasi, 
Rashig halqasi, absorbtsiyon, desorber, adsorbtsiyon, adsorber. 
Nazorat savollari: 
1.
Erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiya qilishning zarurligi va ahamiyati. 
2.
Kamerali ho’l shrotushlagichning tuzilishi va ishlashi. 
3.
Siklonli ho’l shrotushlagichning tuzilishi va ishlashi. 
4.
Erituvchini regeneratsiya qilishning asosiy usullari. 
5.
НД-1250 liniyasi vertikal kondensatorining tuzilishi va ishlashi. 
6.
НД-1250 liniyasining deflegmatsiya sistemasini tushintiring. 
7.
Rekuperatsiya qurilmalari. 
8.
Erituvchi bug‘larini sorbsiyalash usuli bilan kondensatlash va uning ahamiyati. 
9.
Absorbtsiyon rekuperatsiya qurilmalari. 
10.
Gaz-havo aralashmasidan erituvchi bug’larini absorbtsiyon qurilmada 
rekuperatsiyalash sxemasi. 
11.
Absorber va desorberning tuzilishi va ishlashi. 
12.
Adsorbtsiyon rekuperatsiya qurilmalari. 
13.
Erituvchi va suv kondensatlari aralashmalarini ajratishning zarurligi va ahamiyati. 
14.
НД-1250 liniyasi suv ajratkichining tuzilishi va ishlashi. 
 
XIII-bob.О‘SIMLIK MOYLARINI BIRLAMCHI TOZALASH
Ekstraktsiyalash yoki presslash usuli bilan olingan moylar kо’p komponentli 
murakkab sistemalardir. Ularning tarkibiga glitseridlardan tashqari mexanik 
aralashmalar va bir qator hamroh moddalar kiradi. 


201 
Moylarni ajratish jarayonida uning tarkibiga mezga va kunjara zarrachalari 
qushiladi. Moy tarkibida qattiq moddalarning mavjudligi uning sifatini buzadi va 
keyingi qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi. Aralashmalar ta’sirida oksidlanish 
va fermentativ gidrolizlanish jarayonlari tezlashadi, natijada moyning biologik 
qiymati va organoleptik xususiyatlari pasayadi.
Hamroh moddalar moylar tarkibida oz miqdorda bо’lsa ham, uning 
xususiyatlariga sezilarli ta’sir kо’rsatadi. O’simlik moylari tarkibidagi hamroh 
moddalar ikki guruhga bо’linadi: 
birinchi guruh – urug’larning о’sish jarayonida hosil bо’lgan va to’plangan, 
о’zgarmagan holda moy tarkibiga о’tgan moddalar; 
ikkinchi guruh - urug’ tarkibida bо’lgan moy olish jarayonida texnologik 
faktorlar harorat, bosim, namlik ta’sirida, hamda saqlash jarayonida о’zgargan holda 
moyga о’tgan moddalar. 
Birinchi guruhga murakkab lipidlar (fosfolipidlar, glikolipidlar, lipoproteidlar), 
mumsimon moddalar, pigmentlar: karotin va ksantofillar, xlorofill, gossipol, sterollar, 
tokoferollar, erkin yog’ kislotalari va bosh. kiradi. 
Ikkinchi guruhga glitseridlarning termik va gidrolitik о’zgarishidan hosil 
bо’lgan oksidlanish mahsulotlari kiradi: oksibirikmalar, aldegidlar, keton, past 
molekulali yog’ kislotalari va bosh. 
Yuqori sifatli moy olish uchun ularni yaxshilab tozalash lozim. Moylarni 
tozalash jarayoni dastlabki yoki birlamchi tozalash va keyingi chuqur tozalash – 
rafinatsiyalash jarayonlaridan iborat. 
Birlamchi tozalash jarayoni moyni ishlab chiqarish umumiy jarayonining 
ajralmas qismi hisoblanadi va moy olinishi bilan darhol amalga oshiriladi. Bu 
jarayonda moylar mexanik aralashmalardan tozalanadi. 
Mexanik aralashmalarning moylarda bо’lishi qovurma va kunjarani mayda 
zarrachalarini bо’lishi bilan bog’liq. Qovurmaning mayda zarrachalari press zeyer 
tirqishlaridan moy oqimi bilan birga chiqadi, yiriklari esa presslanayotgan 
materialning zeyerdagi harakati davomida siqib chiqariladi. Bularning barchasi 
yuqori dispersli moy suspenziyasini hosil qiladi, bu yerda moy dispersion muhit, 


202 
kunjara va qovurma zarrachalari esa dispers faza hisoblanadi. Dispers faza 
tarkibining sifati va miqdori moy turiga, urug’ sifatiga, moyni olish rejimi va 
uslubiga, moyli mahsulotning struktura va mexanik xossalariga va boshqalarga 
bog’liq. 
Zarrachalar kattaligi bir necha millimetrdan 2...4 mkm gacha bо’ladi. Ularning 
moydagi miqdori 2...10% tashkil etadi. Qattiq faza zarrachalarining zichligi 
1100...1400 kg/m
3
atrofida bо’ladi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling