01 умичт ўқув қул
Mexanizatsiyalangan quyqa tutqich
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Mexanizatsiyalangan quyqa tutqich (92-rasm). Tarkibida dag’al mexanik
aralashmalar (10%) mavjud bо’lgan moy 2 chо’ntak orqali qurilmaga tushadi. Qurilmaning ichida 5 harakatlanuvchi zanjirga mahkamlangan 6 kurakchalardan iborat bo’lgan mexanizm o’rnatilgan. Zanjir to’rtta yo’lduzcha yordamida harakatlanadi. Moydagi mexanik aralashmalar kurakchalar yordamida yig’iladi va 7 gorizontal tо’rga beriladi, u erdan kuraklar bilan 4 shnekga tushiriladi. Tozalangan moy 8 patrubka orqali keyingi bosqichga o’zatiladi. Moy tarkibida aralashmalar miqdori 0,3% cha bo’ladi. Qurilmaning unumdorligi moy bo’yicha 8...10 t/soat tashkil etadi. 205 92-rasm. Mexanizatsiyalangan quyqa tutqich. 1-sig’im, 2- chо’ntak, 3-yo’lduzcha, 4-shnek, 5-zanjir, 6-kurakchalar, 7-gorizontal tо’r, 8-patrubka. Vibratsion elak (93-rasm) 1 prujinalar yordamida 4 ramaga mahkamlangan 3 metall korobkadan iborat. Rama tirgaklardan biri sharnir yordamida, ikkinchisi yo’naltiruvchi reykaga mahkamlanganligi sababli korpusning qiyaligi o’zgaradi. Korobkaning ichi to’siq bilan ikkita kameraga bo’lingan. Har bir kamerada teshiklari 0,25x0,25 mm bo’lgan tо’r elaklar o’rnatilgan. Korobkaning ichida elak tagida truba payvandlangan. Uning ichida ekstsentrisiteti 0,3...0,5 mm bo’lgan uzatma val joylashtirilgan. Val aylanganda ekstsentrisitet tufayli korobka va elak vertikal yo’nalishda tebranma harakat qiladi. Tarkibida dag’al mexanik aralashmalar mavjud bо’lgan moy elakga beriladi, filtrlanadi va taglikdan chiqariladi. Aralashmalarning yirik zarrachalari elakning tebranishi natijasida bir-biriga yopishadi, yiriklashadi va qurilmadan chiqariladi. Valning harakatlanishi elektrodvigatel yordamida tasmali uzatma orqali amalga oshiriladi. Vibratsion elakning texnik tavsifi Yuza maydoni, m 2 ...........................................2,4 Valning aylanish tezligi, min -1 ..........................2700 Elektrodvigatel quvvati, kVt.............................2,2 Gabarit o’lchamlari, mm..........................6000x1295x960 206 93-rasm. Vibratsion elak. 1-prujina, 2-truba, 3-korobka, 4-rama. Filtrlash - mayda dispers zarrachalarni moydan ajratishda keng qо’llaniladigan usuldir. Filtrash jarayonida tozalanayotgan mdda mayda g’ovakli tо’siqdan о’tkaziladi. Tо’siqda ushlanib qolgan zarrachalar ham filtrlovchi yuza sifatida xizmat qiladi. Ajratib olingan mexanik zarrachalar tarkibida fosfatidlar, oqsillar va boshqa moddalar bо’ladi. Filtrlovchi tо’siq sifatida filtmato - belting, mitkal, sintetik tolali gazlamalar (lavsan, kapron) ishlatiladi. Filtrlash jarayonini doimiy bosim ostida yoki о’zgarmas tezlikda olib borish mumkin. Odatda filtrlash о’zgarmas tezlikda va о’zgaruvchan bosimda olib boriladi. Bosimning kattaligi filtrlanayotgan moy tarkibidagi chо’kma miqdoriga, moyning harorati va filtrlovchi tо’siqning turiga bog’liq bо’ladi. Chо’kma miqdori kо’p, harorat past va filtrlovchi tо’siq zichligi yuqori bо’lganda ham bosim 0,15 – 0,2 MPa dan yuqori bо’lmasligi kerak. Sanoatda moylarni filtrlash uchun gorizontal yoki vertikal tо’siqli, hosil bо’lgan chо’kmani qо’l kuchi bilan yoki mexanik usulda bо’shatuvchi filtrlar ishlatiladi. Moylarni filtrlash uchun filtr-presslar (95-rasm) keng qо’llaniladi. Ular ketma- ket joylashtirilgan bir qator rama va plitalardan (94-rasm) iborat bо’lib, har bir plita filtrlovchi gazlama bilan qoplangan. Ikkita filtrlovchi gazlama qoplangan plita va ichi bо’sh rom mustaqil filtrlaydigan yacheykani tashkil qiladi. Yig’ilgan plastinalar ikkita 6 gorizontal balka yordamida qo’zg’almaydigan tayanch 5 ramada 207 mahkamlangan. Rama va plitalar 1 tirgak plita va 3 siqish plita yordamida 4 siquvchi moslama bilan qisib quyiladi. Filtr-pressni yig’ishda germetikligi ta’minlanishi shart. Filtrlash uchun moy nasos bilan bir me’yorda plita va romlar yig’ilganda hosil bо’lgan kanalga yuboriladi. Bu kanal orqali moy kirib romni tо’ldiradi va filtrlaydigan gazlama orqali о’tib, plitaning taram-taram sirtidan oqib uskunaning pastki qismidagi kanalcha orqali novga yig’iladi. 94-rasm. Filtr-press elementlari:I-plita, II-rom. 1-tayanch, 2- tuynuk, 3-kanal, 4-kran, 5-filtr mato . Filtrlash jarayonini boshlanishida chiqayotgan loyqa moylar alohida idishda yig’ilib qaytadan filtrlashga yuboriladi. Filtrlovchi tо’siqning sirtida chо’kma miqdori ko’payganda filtrlash bosimi oshadi. Ajratilgan chо’kmani qо’lda tozalanishi va о’rnatishda kо’p joy egallashi filtr- presslarning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. Bu jihatdan chо’kmani mexanik bo’shatuvchi moslamaga ega ФГДС rusumli vertikal filtr ancha mukammal yaratilgan. Filtr-presslarning texnik tavsifi Markasi Unumdorligi, kg/soat Filtrlash yuzasi, m 2 Filtrlash ramalar soni, dona Gabarit o’lchami, mm Og’irligi, kg ФПР-100 100 2 5 1020x700x950 303 ФПР-200 200 3,6 9 1210x700x950 400 ФПР-300 300 5,1 13 1402x700x950 497 ФПР-400 400 6,7 17 1595x700x950 595 208 ФПР-500 500 7,9 20 1738x700x950 668 ФПР-600 600 9,5 24 1930x700x950 779 ФПР-700 700 10,7 27 2074x700x950 853 ФПР-800 800 11,8 30 2218x700x950 927 95-rasm.Filtr-press. 1-tirgak plita, 2- rama va plitalar, 3-siqish plita, 4-siquvchi moslama, 5-qo’zg’almaydigan tayanch rama, 6-gorizontal balka . 96-rasm.Filtr-presslar. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling