01 умичт ўқув қул
О‘simlik moylarini birlamchi tozalash usullari va texnikasi
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tindirish
13.1.О‘simlik moylarini birlamchi tozalash usullari va texnikasi
О‘simlik moylarini tozalash uchun qо‘llaniladigan texnologiyalar va uskunalarni tanlashda ajratilayotgan murakkab suspenziyaning xususiyatlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun tozalash ketma-ket ikki bosqichda olib boriladi: birinchi - dastlabki tozalash jarayonida yirik zarrachalar ajratiladi, ikkinchi - nafis tozalash, bunda mayda zarrachalar ajratiladi. Moylarni mexanik qо‘shimchalardan tozalash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: tindirish, sentrifugalash, inertsion tozalash (vibroelaklarda) va filtrlash. Dastlabki ikkita usulda dispers faza zarrachalari dispersion muhitda harakatlanadi. Shu sababli chо‘kish natijasida suspenziyaning ajralishi gravitatsion va markazdan qochma kuch maydonida, elektrostatik va magnit maydonida borishi mumkin. Filtrlashda dispersion muhit harakatlanadi, dispers faza zarrachalari esa qо‘zg‘almaydi. Tindirish - tozalashning dastlabki bosqichi hisoblanib, moydan yirik zarrachalarni ajratish uchun qо’llaniladi. Moy haroratini oshirish hisobiga uning qovushqoqligini kamaytirib, tindirish jarayonini tezlatish mumkin. Lekin haroratning oshib ketishi moydagi ayrim hamroh moddalarning qaytadan erishiga olib keladi. Moylar sovitilganda ular yana ajralib chiqadi. Shuning uchun harorat chegaralangan bо’ladi. Dag’al, qattiq aralashmalarni ajratish uchun bir sektsiyali yoki ikki sektsiyali quyqa tutqich qо‘llaniladi. Ikki sektsiyali mexanizatsiyalashgan quyqa tutqichning 203 birinchi sektsiya dastlabki tindirish uchun, ikkinchi sektsiya esa tugal tindirish uchun xizmat qiladi. Ikki sektsiyali quyqa tutqich (91-rasm) quyidagicha ishlaydi. Tarkibida dag’al mexanik aralashmalar mavjud bо’lgan moy 1 chо’ntak orqali birinchi sektsiyaga tushadi va 2 tо’siq orqali quyqa tutqichning ostki qismiga yо’naltiriladi, shu sababli tindirilgan moy bilan aralashmaydi va zarrachalarni tо’liq tindirish uchun sharoit yaratiladi. Mexanik aralashmalar dastlab tutqich tubiga chо’kadi, keyin 5 uzluksiz harakatlanuvchi zanjirga mahkamlangan 4 kurakchalar bilan 6 tо’rga beriladi. Bu yerda zarrachalar moydan ajratiladi va 3 shnekka tushadi. Birinchi sektsiyadagi 7 tо’siq vertikal yо‘nalishda harakatlanayotgan kurakchalar ustida chо’kmani ushlab turish uchun xizmat qiladi. Moy 15 tirqish orqali ikkinchi sektsiyaga о’tadi. Tushayotgan moy 13 tо’rda ajratilgan loyqa moy bilan aralashib ketmasligi uchun himoyalaydigan 14 to’siq o’rnatilgan. Moy 16 nov bо’ylab sektsiyaning pastki qismiga yо’naltiriladi. Yig’ilgan chо’kma 11 harakatlanuvchi zanjirga mahkamlangan 10 kurakchalar yordamida sektsiya ostidan chiqariladi va 13 tо’rga, keyin 12 tekis metall yuzadan 9 shnekka tushiriladi. Chо’kmani vertikal yо’nalishda kurakchalar ustida ushlab turish uchun 17 tо’siq о’rnatilgan. Tozalangan moy 8 va 18 patrubkalar orqali quyqa tutqichdan chiqariladi. Apparatning unumdorligi 8...10 t/soatiga (moy bo’yicha), har bir sektsiyaning ishchi sig’imi 2m 3 , moyning apparatda bо’lish vaqti 15-20min, moy bо’lmagan aralashmalar miqdori: tozalashdan oldin 10% gacha, tozalashdan keyin – 0,3-0,5% tashkil etadi. 204 91– rasm. Ikki sektsiyali quyqa tutqich:a-birinchi sektsiya; b-ikkinchi sektsiya. 1-chо‘ntak; 2-, 7-, 17-tо‘siq; 3-, 9-shnek; 4-, 10-qirg‘ich; 5-, 11-zanjir; 6-, 13-tо‘rli yuza; 8-, 18- patrubka; 12-tekis metall yuza; 14-soyabon; 15-tirqish; 16-nov. Ikki sektsiyali quyqa tutqichning texnik tavsifi Unumdorligi, t/soat................................................................8...9 Tozalangan moy tarkibida aralashmalar miqdori,%.................0,3 cha Elektrodvigatel quvvati, kVt..................................................1,7 Vallarning aylanish tezligi, min -1 kuraklarning...................................................................3,46 shnekning.......................................................................21,6 Gabarit o’lchamlari, mm...............................................2510x1615x1510 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling