1. Aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash doirasida davlat maqsadli jamg’armalarning o’rni
-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining muhim maqsadi10
Download 155.47 Kb.
|
Marufjon course work2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2013-2018 yillarda Pensiya jamg‘armasi daromadlari (mlrd. so‘m) 15 1-jadval
- Ko’rsatkichlar 2013 y 2014 y 2015 y
- Jami mablag’lar 10527,5 13255 15098,7
- 2013-2018 yillarda Pensiya jamg‘armasi xarajatlari (mlrd.so‘m) 16 2-jadval
- Пенсия жамғармаси фаолияти назорати
- 2015-2017 yillarda Ozbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalariga tushumlar haqida malumot 18 4-jadval
- Bandlikka komaklashish davlat jamgarmasi daromadlarining tarkibiy tahlili (foizda) 19 5-jadval
- Korsatkichlar 2012 -yil 2013 -yil
- 20 13 -201 8 yillarda ijtimo i y t o’lov stavkalarining o’zgarishi dinamikasi (foizda) 20 6-jadval
- T o’lov nomi 20 13-yil 20 14-yil 201 5-yil
- Ko’rsatkichlar
- 2015-2017 yillarda Ozbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari mablaglari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar 25 7-jadval
2-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining muhim maqsadi10 Pensiya tizimi ta’minot asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan pul mablag’lari jamg’armasidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg’armalari uchun daromad manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi, aholi ijtimoiy tabaqalashuvini yumshatishga yo’naltirilganligi, mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit tashkiloti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’arma ekanligi hamda ijtimoiy ta’minotinng muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir. Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadilar.Pensiya bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqishda siyosatning eng asosiy masalasi pul mablag’larini jamg’arish vazifalari bilan, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalari bilan, shuningdek ularning har birini amalga oshirishda davlatning roli bilan bog’liq. O’z navbatida bularni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy barqarorlik, jamg’arma institutlarini tashkil qilishni o’z ichiga olgan fond bozorlarining rivojlanishi va unga muvofiq keluvchi qonunchilik asoslarini yaratish, aholi jamg’armalarini rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish, aholining moliyaviy muassasalarga bo’lgan ishonchini ta’minlovchi davlat boshqaruv tizimi zarur. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Pensiya jamg’armasining barqarorligi ta’minlanmoqda, uning daromadlari bilan jamg’armadan amalga oshirilayotgan to’lovlar to’lig’icha moliyalashtirilmoqda. Lekin jamg’armaning davlaat byudjeti tomonidan qo’llab-quvvatlanayotganligini ham alohida qayd etish lozim. Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondashuv asos bolib hizmat qiladi: birinchi yondashuvga ko’ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondashuv bo’yicha – pensiya ish haqining zahiralanuvchi qismi bo’lib sug’urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta’minotga ega bo’lishini kafolatlaydi. Pensiya ta’minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg’unlashib ketdi, universal pensiya tizimlari sug’urtaviy tizimlar bilan to’ldirildi, sug’urtaviy tizimlar esa minimal kafolatlarni o’z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umummaqbul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Pensiyalarning ikkiyoqlama yozuvi shundan iborat bo’ladiki, birinchidan, pensiya fuqarolarni kambag’allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma’lum belgilangan sug’urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o’rnini bosadi, ya’ni yo’qotilgan daromadni yoki uning ko’p qismini kompensatsiyalaydi. Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari shakllangan bo’ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi11 Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta’minoti darajasi ustuvor ravishda ikkita omilga bog’liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta’minoti darajasi ta’minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Milliy pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish; pensiya yukini (og’irligini) pensiya tizimi subyektlari-ish beruvchilar va ishlovchilar o’rtasida adolatli taqsimlash; barcha sug’urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o’z xohishi bilan yoki majburan pensiyaga chiqishi natijasida yo’qotayotgan daromadining katta qismini qoplash orqali mablag’ bilan ta’minlash; talab qilingan yetarli mehnat stajiga ega bo’lmagan fuqaro toifalarini, shuningdek boquvchisini yo’qotgan fuqarolarni kambag’allikdan ijtimoiy himoya qilish; inflatsiya, ish haqilarining oshishi va hayot sifatining ko’tarilishi kabi omillarni hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish. Pensiya ta’minoti milliy g’oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat markazida turadi. Oxirgi o’n yilliklar mobaynida ko’p mamlakatlar o’zlarining amaldagi pensiya tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan isloh qilish zarurati bilan to’qnash kelmoqda. Bugungi kunga kelib pensiya ta’minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Ammo turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o’ziga xosliklari bilan ajralib turadi.O’zbekiston Respublikasida pensiya islohotlarini olib borishda xorijiy tajribani har tomonlama o’rganish, jahon mamlakatlarida aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolarga munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga mos bo’lgan, fuqarolarning o’z farovonligini ta’minlashdagi ma’sulyatini oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va uning iqtisodiy- moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari bugungi kunda mamlakatimizda pensiya tizimida olib borilayotgan islohotlarning diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida bo’lishi lozim12. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan eng muhim huquqi – pensiya ta’minoti huquqi bilan mustahkam bog’liq. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000-yil 15-noyabr kuni “O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida”gi qarorini qabul qildi. Unga binoan O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi Pensiya jamg’armasi 2001-yil 1- yanvardan O’zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o'tkazilib, bu tashkilot qaytadan tashkil etildi. Ushbu vaqtdan boshlab Pensiya jamg’armasining mablag’larning to’liq to’planishi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga kelib tushishi bo’yicha nazorat vazifalari O’zbekiston Respublikasi Soliq qo’mitasiga, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarish, nafaqa to’lovlarining tushum va harajatlarining yillik va chorak pragnoz balanslarini shakllantirish, aholiga nafaqa va to’lovlarni o’z vaqtida hisoblash va amlaga oshirish esa qaytadan tashkil etilga Mehnat va aholini ihtimoiy himoya qilish vaziri O’zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining mablag’larini bosh boshqaruvchisi, ushbu vazirlikning joylardagi hududiy idoralarining rahbarlari esa Pensiya jamg’armasining hududiy bo’limlarining mablag’larining boshqaruvchisiga ega bo’ldilar. Hozirgi kundagi Pensiya jamg’armasi haqiqatan batamom o’zgarib ketdi. Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslarga ko’plab imkoniyatlar taqdim etildi. 2.Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyatining amaliy tahlili Pensiya tizimi mukammal darajada ishlashi uning qonuniy-huquqiy asosini to’g’ri tashkil etilganligi va uning ijrosini qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq bo’lib, shu orqali Pensiya jamg’armasiga yig’ilgan mablag’lar xarajatlarga to’g’ri taqsimlanadi. Dunyo mamlakatlarida pensiya tizimida mablag’larni kelib tushishi va ularning xarajatlari pensiya turi bo’yicha turli tarmoqlarga mos ravishda taqsimlanadi13. Mamlakatimizda pensiya tizimiga yo’naltiriladigan mablag’lar, ya’ni majburiy ajratmalar, to’lovlar va boshqa mablag’larning miqdori har moliya yili boshida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Ushbu majburiy to’lovlar va badallar yuridik jihatdan davlat soliqlari va yig’imlariga tenglashtiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda pensiya tizimining rivojlanganligi sababli xususiy pensiya fondlarining va korporativ pensiya fondlarining mavjudligi sababli aholi o’z xohishi bilan mablag’ jamg’arib boradi. Balki bunga sabab, mamlakatlarda sug’urta tizimining rivojlanganligidir, chunki pensiyaga ham sug’urtaning bir turi sifatida qarash mumkin. Har bir davlat imkoniyatidan kelib chiqib, o’z pensiya tizimini va pensiya fondlarini tashkil etadi. Pensiya fondlari daromadlarini shakllantirishda turli bir-biriga o’xshash va farqli manbalarni ishlab chiqiladi. O’zbekistonda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari quyidagi asosiy va qo’shimcha manbalar hisobidan shakllanadi14. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga asosiy manbalar qatoriga yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari, fuqarolarning sug’urta badallari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar tushadi. Qo’shimcha manbalar tarkibiga mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to’lash xarajatlarining o’rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o’rni qoplanadigan mablag’lar tushumining bir qismi, O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari, majburiy to’lovlar, badallar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning o’rnini qoplash uchun to’lanadigan nazarda tutilgan mablag’lar, vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi. Bugungi kunda jahonning ko’pgina davlatlarida pensiya jamg’armasining daromadlari xarajatlarini qoplolmaslik holatlari kuzatilmoqda. Mazkur holatlarni mamlakatimizda yuz berishini oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bundan tashqari pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini ko’chaytirish, aholi turmush darajasini oshirish kabi bir qancha muammolar mavjud. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari yil davomida xarajatlarini qoplay olmasa davlat byudjetidan mablag’ ajratiladi. Pensiya jamg’armasiga kelib tushadigan mablag’lar yillik tahlil qiladigan bo’lsak, ularning yildan-yilga o’sib borishini ko’rish mumkin. Jamg’armaning umumiy daromadlari ham o’sgan, lekin jami daromadiga nisbatan foizlar ayrim manbalarda kamaygan. 2013-2018 yillarda Pensiya jamg‘armasi daromadlari (mlrd. so‘m)15 1-jadval
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari tarkibida yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratma hamda ishlovchilarning majburiy sug‘urta badallari yuqori ahamiyatga. Mazkur daromadlar jamg‘arma daromadlarini boshqarish xususiyatiga ega. Buni yillar kesimida tushgan mablag‘lar holatiga qarab aytish ham mumkin. Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari asosan davlat pensiyalari va ba'zi bir ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Jumladan, quyidagi keltirilgan javdal ma'lumotlariga ko‘ra asosan ishlaydigan va ishlamaydigan pensionerlar uchun pensiyalar to‘lashga sarflanadi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan Pensiya jamg’armasiga undiriladigan mablag’lar soliqlarga tenglashtirilgan bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy ravishda undirildi va mablag’larning o’z vaqtida to’liq undirilishi Davlat soliq qo’mitasi zimmasiga yuklatildi.
Pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilgan shaxsning yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga taqdim etiladi. Xodimga va uning oila a’zolariga pensiya (boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi) tayinlangan taqdirda, pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining (uning oila a’zolariga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda) oxirgi ish joyi bo’yicha tashkilotning ma’muriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga berilishi mumkin. Pensiya tayinlanadigan shaxs balog’atga etmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz bo’lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan taqdim etiladi. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so’rab murojaat etilgan kun hisoblanadi. Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo’lsa, ushbu arizani jo’natishning pochta shtempelida ko’rsatilgan sanasi pensiya so’rab murojaat etilgan kun hisoblanadi. Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda, Pensiya jamg’armasi bo’limi qo’shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot ma’muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma’lum qiladi. Agar ular qo’shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to’g’risida xabarnoma olingan kundan boshlab, uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi. 2013-2018 yillarda Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqa oluvchilar soni ( kishi)17 3-jadval
O‘zbekistonda jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2018 yilda 3,4mln. nafarni tashkil etmoqda. Bu 2013 yilga nisbatan 15 foizga ko‘p demakdir. Shuningdek, 2018 yilda jamg‘armadan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 2582790 nafarni tashkil qilib, jamiga nisbatan 75,3 foizga teng, nogironlik pensiyasini oluvchilar 366212 nafarni tashkil etib jamiga nisbatan 10,7 foizni tashkil etmoqda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar soni esa 168696 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, jamiga nisbatan 4,9 foizga teng bo‘lmoqda. Shuningdek, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 311611 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, jamiga nisbatan 9,1 foizni tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvaridan boshlab, fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilinishi, pensiya tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son Qarorining 4 ilovasiga asosan Pensiya jamg‘armasining 4700,0 mlrd.so‘m miqdordagi subsidiya olishiga sabab bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida mazkur holatlarni hisobga olib, jamg‘armaning moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida fuqaroning ish haqidan undiriladigan sug‘urta badalini 8 foiz miqdorida joriy etish taklifi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etish uchun tegishli ma'lumotnoma olindi. 2020- yil uchun budjet taqdimnomasida esa davlat subsidiyalari 8 trln so’mga chiqish kutilmoqda. Harakatlar strategiyasida Davlat pensiya tizimini yaxshilash borasidagi fikr mulohazalarga binoan, davlat – xususiy sherikchiligi asnosida ishlash ilgari surilgan.Chunki bilasizki, hozirgi pensiya tizimi 1956- yildan beri ishlatilib kelinadi va aynan u hozir eskirgan, inson manfatlariga boshqa xizmat qila olmasligi, umuman yangi konsepsiya yaratish maqsad qilinib olingan. Пенсия жамғармаси фаолияти назорати 3.Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larining shakllanishi va ishlatilishining amaldagi holati tahlili Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi maqsadiga ko’ra ijtimoiy, mablag’larga manbasiga ko’ra byudjet, shakllantirish usuliga ko’ra maxsus soliqlar vositasida shakllantiriladigan, markazlashgan, davriyligiga ko’ra doimiy, tegishliligiga ko’ra esa davlatning maqsadli jamg’armasidir. Shu nuqtai nazardan jamg’armaning hozirgi kunda mamlakatimizda markazlashtirilgan davlat jamg’armasi nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir 2015-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalariga tushumlar haqida ma'lumot18 4-jadval
2015-yilda Moliya vazirligi Yagona g’azna hisobvarag’i(YaG’H)ga jami 103795.98 mlrd.so’m tushum bolgan. Ularning 58105.19 milliardi yoki 55.98 foizi davlat byudjeti hisobiga, 45634.65 milliardi yoki 43.97 foizi davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga tushgan. Mazkur yilda Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga 56.14 milliard so’m tushum bo’lgan bo’lib, uning jamidagi ulushi 0.05 foizni tashkil etadi. 2017-yilga kelib, davlat byudjetiga tushumlar tushumlar 87415.64 milliard so’mni yoki 57.84 foizni, davlat maqsdli jamg’armalariga 63560.02 milliard so’mni yoki 42.05 foizni tashkil etgan bo’lsa, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga tushumlar 2015-yilga nisbatan deyarli 90 foizga ko’payib, 102.2 milliardni yoki jamida 0.07 foizni tashkil etgan. 2017-yilda aholini ish bilan bandligini yanada kengroq ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida Jamoat ishlari davlat jamg'armasi tashkil etilgan bo’lib, mazkur jamg’armaga 62.95 milliard so’m tushum bo’lgan, byudjet tizimi byudjetlaridagi ulushi 0.04 foizni tashkil etgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlarini umumlashtirgan holda shuni, takidlash mumkinki, Aholi bandligini ta’minlash sohasida davlatning rolini yanada oshirish va moliyaviy ta’minotni yaxshilash maqsadida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga tushumlar miqdorini ko’paytirish va daromadlar bazasini kengaytirsh ustida chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. 2017-yilda tashkil etilgan Jamoat ishlari jamg’armasi aholi bandligini ta’minlashdagi muhim qadamlardan biridir. Biz yuqoridagi birinchi bobda, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining daromadlari va manbalariga nazariy va huquqiy jihatdan to’xtatib o’tdik. Jamg’arma daromadlarini Byudjet Kodeksiga muvofiq uch manba: yagona ijtimoiy to’lovning belgilnagan qismi, jamg’armaning bo’sh turgan mablag’laridan foydalanishdan olingan daromadlar va boshqa manbalar hisobidan shakllanadi. 2-jadval jamg’arma daromadlarining manbalar bo’yicha shaklanishining tarkibiy tahlilini aks ettiradi. 5-jadvaldan 2012-2017 yillarda Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi daromadlari asosan yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar hisobiga shakllantirilganligini ko’rishimiz mumkin. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi daromadlarining tarkibiy tahlili (foizda)19 5-jadval
Xususan, yagona ijtimoiy to’lovning daromadlardagi ulushi 2012-yilda 55,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017-yilga kelib 80,4 foizni tashkil etgan hamda besh yil ichida +24,8 foiz punktga ortgan. Mazkur jadval ham yuqoridagi fikrimiz asosli ekanligining dalilidir, jamg’arma daromadlarini ko’paytirish uchun uning daromadlar bazasini kengaytirsh va qo’shimcha daromad manbalarini hosil qilish obyektiv zaruratdir. Bundan tashqari mazkur jadvallardan jamg’armaning mamlakatdagi bandlik siyosatidagi o’rni nisbatan past ekanligini ham ko’rish mumkin. Yagona ijtimoiy to’lov davlatning ijtimoiy jamg’armalari hisoblanuvchi Pensiya hamda Bandlikka ko’maklashish jamg’armalari hamda Kasaba uyushmalari Federsatsiyasining asosiy moliyaviy manbaidir. Shu sababli ham uning oxirgi yillardagi belgilangan stavkalari, hisoblash va undirish mexanizmlarining tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 2013-2018 yillarda ijtimoiy to’lov stavkalarining o’zgarishi dinamikasi (foizda)20 6-jadval
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi faoliyatini samaradorligini oshirish uchun unga biriktirilgan daromad turlarini ko’paytirish va o’z vaqtida shakllantirilishi fuqarolarning turmush darajasi va hayot tarzi sifatini oshirishga, jamg’arma vazifasini o’z vaqtida bajarishga va aholi bandligining barqarorligini ta’minlashga muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, aholi bandligini ta’minlash uchun uning daromad manbalarini ko’paytirish hamda xarajat yo’nalishlari aniq va ravshan yo’naltirilgan bo’lishi kerak. 2018-yilda ish beruvchilarning mehnatga haqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov stavkasi22
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondidan yagona ijtimoiy to’lov summasi davlat maqsadli Fondlari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o’rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
Korxonalar, tashkilotlar faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlariga yo’naltiriladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida mikroresurslar birlamchi bo’lib, ular ustuvorlikka ega. Iqtisodiy erkinlik sharoitida xo’jalikning dastlabki bo’g’ini - korxonalar, firmalar, kompaniyalarva boshqa yuridik shaxslar korxonalar moliyasining iqtisodiy tayanchi hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar quyidagilar hisoblanadi23: yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari; O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari; jismoniy shaxslar — O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ishlovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lovchilardir. Quyidagilar Bandlikka ko’maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod etiladilar: nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari; protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalar; tarbiya va ta’lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari; byudjet ta’minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining boshqa daromadlari qatoriga quyidagilar kiradi: korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi majburiy ajratmalari, ushbu xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi; tegishli budjet mablag‘larini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika va mahalliy budjet mablag‘laridan dotatsiyalar; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun joylardagi mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda solinadigan moliyaviy sanktsiyalar jarimalar va qo‘shilgan penyalar summasi; qo‘shimcha va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes sub’ektlarini kreditlash uchun tijorat banklari tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.24 O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi tadbirlarini moliyalashtirishtiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3001 sonli Qaroriga binoan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilardir. mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash; ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish; ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni mablag’ bilan ta’minlashdir. 2015-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari mablag'lari hisobidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar25 7-jadval
Download 155.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling