1. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari


Аsosiy vositalar amortizatsiyasi eskirishi hisobi


Download 31.19 Kb.
bet4/5
Sana26.10.2023
Hajmi31.19 Kb.
#1724574
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskrish xisobl

Аsosiy vositalar amortizatsiyasi eskirishi hisobi
Аmortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsr qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va kuchirish kurinishida eskirishning kiyme ifodasidir. Аsosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin kilinayotgan tugatilish kdp matini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlar koʼrsatilgan qiymat urnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir. Аsosiy vositaniv eskirishi bilan amortizatsiya oʼrtasida mustaxkam al oka bor.
Biroq ular bir xil tushunchala emas. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarщ xossalarini asta-sekin yukotish jarayonini aks ettiradi. Аmortizatsiya ancha murakka jarayon bulib, isteʼmol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishig muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga oʼtkazish, isteʼmol kilinga asosiy vositalarning urnini koplash maqsadida pul fondini jamgarish jarayonini aks ettiradi. Demak eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Jismoniy eskirish deb, asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari taʼsirida ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki oʼzgarishlar zanglash
cherish sodir boʼlganda boshlangich holatining yukrlishiga aytiladi. Jismoniy eskirga asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham, ular foydalanmayotgan xollarda ham sodir boʼlishi mumkin. Аsosiy vositalarning maʼnaviy eskirishi deb, ularning texnika va tavsifi hamda iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, yaʼni haqiqatdan orkaa kolishiga aytiladi.
Maʼnaviy eskirish ikki xil boʼlishi mumkin. Birinchisi - shu kabi asosiy vositalarni kayta ishlab chiqarishning arzonrokda tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi boʼlsa, ikkinchisi - yangi va ilg`orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnikaviy jihatdan orkada kolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi. Umuman olganda, asosiy vositalarga eskirish hisoblashishning asosi maqsadi bu turdagi aktivlarni kayta tiklash va kayta ishlab chiqarishdir. Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasiga binoan asosiy vositalarning amortizatsiya normalari quyidagicha belgilangan :
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblashish koeffitsientining maxraji boʼlgan obʼektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obʼektning xizmat muddati oxirigacha koladigan yillar soni teskari tartibda koʼrsatiladi. Аmortizatsiyani hisoblashishda uning tugatilish qiymatiga eʼtibor berish lozim. Аgar boshqa summani ishonchli tarzda Hisob-kitob qilish mumkin bulmasa, asosiy Yositaning qoldik qiymati nolga teng boʼladi.
Toʼgʼri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblashish. Toʼgʼri chizikli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar obʼekti qiymatini davrlar boʼyicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblashish usuliga aytiladi. Аmortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan obʼektning dastlabki qiymatini)koʼzda tutilgan foydalanish davrlari soniga boʼlish yuli bilan topiladi:
1-jadval. Аmortizatsiya normasi
№ Аsosiy vositalar guruhlari Аmortizatsiya normasi
1 Yengil avtomobillar, taksi, yullarda foydalaniladigan avtotraktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jixozlar, kompьyuterlar, periferiya qurilmalari va maʼlumotlarni kayta ishlash uskunalari 20 foiz
2 Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar, sanoatning barcha tarmoklari, metall kuyish korxonasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, kurilish uskunalari, kishlok xoʼjalik mashinalari va uskunalari, ofis uchun mebel 15 foiz
3 Temir yul, dengiz, dare va xavo transporta vositalari, kuch-kuvvat
beradigan mashinalar va uskunalar: issiklik-texnika uskunalari, turbine uskunalari, elektr dvigatellari va dizelь generatorlar, elektr oʼzatish va aloqa qurilmalari, truboprovodlar 8 foiz
4 Binolar. inshootlar va imoratlar 5 foiz
5 Boshqa guruxlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar 10 foiz

Bajarilgan ish hajmiga koʼra amortizatsiya hisoblashish. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblashish usuli asosiy vositalarning xar hisobot yil bajargan ishining hiobigas asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning xar sh qiymatini hisoblashish uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan chiqarishni hamda xar bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim.


Jadallashtirilgan usullar. Koldiqli kamayish hamda kumulyativ usul tezkor usullar boʼlib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalarga foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi obʼekt xizmat muddati yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori boʼladi. Ishlab chiqarishga jalb qilinngan asosiy vositalarning koʼpgina turlari foydalanishning dastlabki yilida ancha samarali xizmat qilishi hamda yukori ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori boʼlsa, u holda asosiy vositalardan foydalanib boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan 1 foizlik qoidasiga javob beradi.
Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli koʼp turdagi uskunalar oʼz qiymatini yukotishi maʼnaviy eskirishi ham tushuntiriladi yangi kashfiyotlar va materiallar ilgari xarid qilingan uskunaning maʼnaviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinrok almasht zaruratini yuzaga keltiradi. Har yili amortizatsiyaning keskin oʼzgarishi asosiy vositalarning koldik qiymatida ham oʼz aksini topadi. Toʼgʼri chizikli usulda esa qoldik qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldik qiymatga nisbatan xar doim ancha yukori boʼladi.Аsosiy vositalarning xar hil turlariga amortizatsiyaning turli usullari qoʼllanilishiga ruxsat etilganligini, Biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bita usul qullanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Soliqda tortish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya meʼyorlari qoʼllaniliishi lozim.
Asosiy vositalarni sotishning hisobi. Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda qo‘yidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.
2-jadval. Asosiy vositalarning schotlari .
№ Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet
1 Asosiy vositani jo‘natish qiymatiga 4010 9010
2 Asosiy vositaning boshlan-g‘ich qiymatiga 9210 6410
3 Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish 9210 0110
4 Sotishdan olingan foyda 0211-0290 9210
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishning hisobi. Asosiy vositalar to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holatini yo‘qotgan bo‘lsa korxona tomonidan likvidatsiya qilinishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar hokimiyat va boshqalar vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirishga asos bo‘ladi.
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan korxona zarar yoki foyda ko‘rishi mumkin.
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar ikki turga bo‘linadi:
1.Asosiy vositalarni amortizatsiyalanmay qolgan qismini qoplashdan ko‘rilgan zararlar.
2.Likvidatsiya qilishga ketgan qo‘shimcha harajatlardan ko‘rilgan zararlar.
Birinchi tur zararlar amortizatsiyasi to‘liq hisoblanmagan asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Ko‘rilgan zarar amortizatsiyalanmay qolgan Aq summadan iborat bo‘lib, u asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan Bq jamlangan amortizatsiyani Aj chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
Aq = Bq – Aj
Ikkinchi tur zararlarga likvidatsiyani amalga oshirishda sarflangan moddiy harajatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmatlar uchun ketgan harajatlar kiradi. Bu turdagi harajatlar likvidatsiya harajatlari hisoblanib, ular BXMS № 5 ga muvofiq likvidatsiya qilingan asosiy vositaning likvidatsion qiymatini topishda hisobga olinadi. Likvidatsion qiymat likvidatsiyalan olingan aktivlarqiymatidan likvidatsiya harajatlarini chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymatidir, ya’ni:
Lq = La – Lx
Likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararlar yoki harajatlar (Xl) birinchi tur zararlardan (Aq) tugatilgan asosiy vositalarning likvidatsion qiymatini (Lq) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
Xl = Aq – Lq



Download 31.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling