61
Masofaning
bir oy deb aytilishi,
bu masofa u zot va
dushmanlari oʻrtasidagi eng uzoq masofa boʻlgani sabablidir.
Bu xususiyat u zotda mutlaq namoyondir. Garchi askarlarsiz
yolgʻiz oʻzlari boʻlsalar ham shunday boʻlgan. Bu xususiyat u
zotdan keyin ummatlarida ham boʻladimi
degan masalada
ehtimol bor
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mendan
avvalgilarga berilmagan besh narsa menga berildi:
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi.
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi.
Ummatimdan qaysi bir
kishiga namoz vaqti yetsa
(oʻsha yerda) oʻqiyversin.
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi.
Mendan avval hech
kimga halol boʻlmagandi.
- Shafoat berildi.
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa,
barcha insonlarga joʻnatildim”
2
.
Kitoblari saqlangandir
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu
alayhi vasallamga
bergan
xususiyatlaridan yana biri, u zotning mo’jizalaridan
hisoblangan Qurʻoni Karim qiyomatga qadar boqiy qolishidir.
Boshqa paygʻambarlarning moʻjizalari
esa tugab bitgandir
3
.
1
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 1/437.
2
Buxoriy, 335. Muslim, 521.
3
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 35.