1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


U zotning ummati eng yaxshi ummatdir


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana01.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1418618
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
Muhammad mustafo vasfi

U zotning ummati eng yaxshi ummatdir 
Alloh u zot sollallohu alayhi vasallamga bergan 
xususiyatlaridan yana biri, u zotning ummatini insonlarga 
chiqarilgan eng yaxshi ummat qilib berganligidir
1

Alloh taolo aytadi: “
U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu 
dinda hech tanglik qilmadi”
2

Yana bir oyatda: “Siz odamlar uchun chiqarilgan eng 
yaxshi ummat bo`ldingiz”
3

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu oyat tafsirida 
shunday deydilar: “Sizlar bilan yetmish ummat toʻliq boʻladi. 
Ularning eng yaxshisi va Allohga eng karamlisi sizlarsiz
4

Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: 
“Allohning paygʻambarlariga berilmagan toʻrt narsa menga 
berildi: 
- Yer kalitlari berildi. 
- Ahmad deb nomlandim 
- Tuproq menga poklovchi qilib berildi 
- Ummatim eng yaxshi ummat qilindi”
5

Yer kalitlaridan murod yer xazinalaridir. Bugungi kunda 
musulmon yerlaridan chiqayotgan boyliklarni koʻrib 
turibmiz. 
1
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/361. 
2
Haj surasi, 78-oyat. 
3
Oli Imron surasi, 110-oyat. 
4
Termiziy, 3001. 
5
Ahmad, 1361. 


69 
U zotga va ummatiga gʻanimatning halolligi 
Alloh u zot sollallohu alayhi vasallamga va ummatlariga 
kofir qavmlarga gʻolib boʻlganlarida oladigan oʻljalarini halol 
qilib berishligi bilan boshqa paygʻambar va ummatlaridan 
xosladi
1

U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mendan 
avvalgilarga berilmagan besh narsa menga berildi: 
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi. 
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi. 
Ummatimdan qaysi bir kishiga namoz vaqti yetsa 
(oʻsha yerda) oʻqiyversin. 
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi. Mendan avval hech 
kimga halol boʻlmagandi. 
- Shafoat berildi. 
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa, 
barcha insonlarga joʻnatildim”
2

U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Sizlardan avval 
qora boshlilardan birortasiga oʻljalar halol boʻlmagan. 
Osmondan bir olov tushib uni yer edi”. Badr kuni 
musulmonlar oʻljalar ularga halol qilinmay turib tashlangan 
paytlari, Alloh ushbu oyatni nozil qildi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling