1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet108/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Yurtimiz allomalarining astronomiya sohasida olib borgan ishlari haqida gapirib bering
2) Teleskoplar haqida nimalarni bilasiz?
3) Nima sababdan astronomik tadqiqotlar sun’iy yo’ldoshlarda ham olib borilmoqda?
3. Yangi mavzu bayoni:
Olamning mexanik manzarasi
Olam manzarasi haqida qadimdan boshlab olimlar mulohaza yuritgan. Biroq ular faqat tafakkurgagina tayanib, tajriba va kuzatishdan kelib chiqadigan umumlashtirishni nazardan qochirganlar.
Tabiat hodisalarini o'rganishda tajriba natijalariga asoslanislini birinchi bo'lib G.Galiley boshlab berdi. Shuning uchun fizikaning fan sifatida shakllanishi Galileydan boshlangan deb qaraladi. Bunda u inersiya, nisbiylik prinsipi haqidagi g'oyalarni aytib, ularning tasdig'ini tajribada kuzatdi. Bu boradagi ishlar I. Nyuton tomonidan davom ettirildi. Shu tariqa XVII asrda tabiat- shunoslikdan mexanika ajralib chiqdi va olamning mexanik manzarasi yaratildi.
Olamning mexanik manzarasi materiya, harakat, fazo, vaqt, o'zaro ta'sir, sabab va oqibat qonuniyati kabi elementlardan tashkil topgan bo'lib, unda tabiatdagi turli jarayonlarni mexanika qonunlari asosida tushuntirish mumkin deb qaraladi. Olamning mexanik manzarasiga ko'ra, materiya zarralardan tashkil topgan modda deb tushunilgan; olam harakatlanuvchi materiyadan tashkil topgan va barcha ko'rinishda harakatlar mexanik harakatga keladi; fazo va vaqt absolut mohiyat bo'lib, materiya va harakatga bog'liq emas deb qaraladi (Nyuton), XX asrda bunday qarash inkor etildi (Eynshteyn); o'zaro ta'sir universal tortishish qonuni asosida bo'lib, u bir onda bo'ladi; oqibat albatta sabab bilan bog'liq (voqealar sababli bog'lanishga ega, bir holat ma'lum bo'lsa, keyingi holatni sabab-oqibat prinsipi asosida aniqlash mumkin); Nyuton tomonidan yaratilgan klassik mexanika tasawuriga ko'ra awal alohida-alohida bo'lgan hodisalar, jarayonlar, dalillar bir tizimga keltiriladi, ular bir-biri bilan mexanik qonuniyatlar asosida bog'lanishda umumiy yagona manzarani tashkil etadi.



Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling