1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 345.5 Kb.
bet31/41
Sana08.05.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1446690
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
KIMYO REFERATLAR

Ca tuzlari. Calsiy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ularning barchasi suvda yaxshi eriydi hamda ulardan eng muhimlari–CaCO3 va CaSO4 hisoblanadi.
CaCO3 eng ko`p uchraydigan foydali qazilmalar qatoriga kiradi. Binokorlik toshi sifatida, shuningdek, ohak, CO2 va sement ishlab chiqarishda, metallurgiyada, qishloq xo`jaligida tuproqlarni ohaklash (kislotaliligini kamaytirish va tuproq strukturasini yaxshilash maqsadida) ishlatiladi.
CaSO4•2H2O ko`p uchraydi. Gipsni 150-1800C da kuydirish orqali oq kukun–kuydirilgan gips yoki alebastr CaSO4•0,5H2O olinadi. Agar alebastr suvga qorilsa, u tez orada qotib, yana qaytadan gipsga aylanadi:
CaSO4•0,5H2O + 1,5H2O = CaSO4•2H2O
Gips ana shu xossasi tufayli binokorlikda to`siq plita va panellar tayyorlash, turli xil buyumlardan quyma shakl va nusxalar olishda, tibbiyotda gipsli bog`lam, suvoqchilikda ohak-gipsli qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu binokorlik mahsulotining kamchiligi suvda oz bo`lsa-da, erishidir.
3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.
Tabiatda toza suv uchramaydi: uning tarkibida doimo biror moddalar aralashgan bo`ladi. Jumladan, suv yer qobig`idagi tuzlar bilan o`zaro ta`sirlashib, muayyan qattiqlikka ega bo`lib qoladi.
Suvning qattiqligi–suvda kalsiy kationlari Ca2+ va magniy kationlari Mg2+ borligidan kelib chiqadigan xossalari to`plamidir.
Agar suvda bu kationlarning konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u holda suv qattiq, agar kam bo`lsa–suv yumshoq deyiladi.
Kalsiy kationlari Ca2+ kalsiyli qattiqlikni, magniy kationlari Mg2+ magniyli qattiqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy qattiqlik kalsiy va magniyli qattiqliklardan, ya`ni suvdagi Ca2+ va Mg2+ kationlarining konsentratsiyalari yig`indisidan hosil bo`ladi.
Suvni yumshatish jarayonlariga nisbatan olganda karbonatli va karbonatsiz qattiqliklar bo`ladi. Ca2+ va Mg2+ kationlarining suvdagi gidrokarbonat ionlari HCO3- ga ekvivalent bo`lgan qismi keltirib chiqargan qattiqlik karbonatli qattiqlik yoki muvaqqat qattiqlik deyiladi. Qaynatilganda Ca2+ CaCO3 holida cho`kmaga tushadi:
Ca2+ + 2HCO3- = CaCO3↓ + H2O + CO2
Mg2+ esa gidroksikarbonat yoki Mg(OH)2 (pH>10,3 bo`lganda) holida cho`kmaga tushadi:
Mg2+ + 2HCO3- + 2OH- = (MgOH)2CO3↓ + H2O + CO2
Qattiqlikning suv qaynatilgandan keyin ham qoladigan qismi karbonatsiz qattiqlik deyiladi. U suvda kuchli kislotalarning, asosan sulfatlar va xloridlarning kalsiyli va magniyli tuzlarining miqdori bilan aniqlanadi.
K = Ca2+/20,04 + Mg2+/12,16
Bunda [Ca2+] va [Mg2+] - Ca2+ va Mg2+ ionlarining konsentratsiyasi, mg/l.
Odatda suvning qattiqligini yo`qotish uchun suvga turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan, karbonatli qattiqlikni so`ndirilgan ohak qo`shish yo`li bilan yo`qotish mumkin:
Ca2+ + 2HCO3- + Ca2+ + 2OH- = 2CaCO3↓ + 2H2O
Mg2+ + 2HCO3- + 2Ca2+ + 4OH- = Mg(OH)2↓ + 2CaCO3↓ + 2H2O
Ohak bilan soda bir vaqtning o`zida qo`shilganda karbonatli va karbonatsiz qattiqlikdan xalos bo`lish mumkin (ohak-sodali usul). Bunda karbonatli qattiqlikni ohak, karbonatsiz qattiqlikni soda yo`qotadi:
Ca2+ + CO3- = CaCO3↓; Mg2+ + CO3- = MgCO3
MgCO3 + Ca2+ + 2OH- = Mg(OH)2 + CaCO3
Suvning qattiqligini yo`qotishning boshqa usullari ham qo`llaniladi, ulardan hozirgi vaqtda eng ko`p foydalaniladigani kationitlar ishlatishga asoslangan (kationitli usul). Tarkibida tashqi muhit ionlariga almashina oladigan harakatchan ionlar bor qattiq moddalar ionitlar deyiladi.
Ionitlar ikki guruhga bo`linadi. Ulardan biri o`z kationlarini muhit kationlariga almashtiradi va kationitlar deyiladi, boshqalari o`zining anionlarini almashtiradi va anionitlar deyiladi.
Ca2+ + Na2R = 2Na+ + CaR; Mg2+ + Na2R = 2Na+ + MgR
CaR + 2Na+ = Na2R + Ca2+; MgR + 2Na+ = Na2R + Mg2+

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling