1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Markaziy Farg’ona neolit yodgorliklari


Download 235.97 Kb.
bet42/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Markaziy Farg’ona neolit yodgorliklari. Markaziy Farg’ona cho’llaridan ham so’nggi vaqtlarda 80 dan ortiq neolit davri makonlari topilgan bo’lib, ular fanda Markaziy Farg’ona madaniyati deb nomlanadi.

Markaziy Farg’ona neolit yodgorliklari jumlasiga Zambar 1,3, Yangiqadam 12, 14, 16, 19, 23, 35, Dorozko’l 1, 2, Sariqsuv, Mingbuloq, Uzunko’l 1,5, Toypoq 2,4, 6, 7, 8,9, 10, 11, 12, Uzunko’l 1,5, Yangisuv, Go’rtepa, Sigirchilik, Damko’l, Mader 1, 2, 3, 4, 8, 16, Boskum I—IV kabi joy-makonlarni kiritish mumkin.

Mazkur joy-makondan uchrindi va mayda parrakchalar olish uchun mo’ljalangan nukleuslar, har xil qirg’ichlar, teshkichlar, parrak va parrakchalar, o’roq-randalar, tosh cho’qmorlar-ushatgichlar, tosh pichoqlar, simmetrik trapestiyalar topilgan. Ayni vaqtda joy-makonlardan uchli tosh qurollar, siniqlar, toshdan yasalgan taqinchoqlar va yorg’uchoqlar ham terilgan.

Ularning aksariyati har xil rangdagi chaqmoqtosh, slanest va daryo toshlaridan yasalgan bo’lib, ba’zi qurollarga ikki bor ishlov berilgan.

Shuni ham aytib o’tish kerakki, ba’zi joy-makonlardan bir necha qurolni o’zida mujassamlashtirgan qurollar va nihoyat ikki tomoniga ishlov berilgan kamon o’qlarining uchlari — paykonlar topilganligi diqqatga sazovordir.

Uchrindi va qurollarning aksariyatiga ishlov berilib, retushlangan. Markaziy Farg’onaning turli hududlaridan topilgan tosh buyumlar va qurollar, shuningdek, bezak-taqinchoqlar bir-biriga o’xshashligi bilan diqqatga sazovordir Mazkur joy-makonlarda qadamalar sifatida foydalanilgan mayda parrakchalar keng tarqalgan. Neolit davri kishilari o’z qurollarning chaqmoqtosh, xalstedon va loyli chaqmoqtoshdan yasaganlar ular har xil toshlardan xilma-xil bezak buyumlari — taqinchoqlar yasaganlar. Ammo bu erlardan negadir sopol idishlar va ularning parchalari topilmagan



Markaziy Farg’ona madaniyati yodgorliklarining hammasi bir davrga mansub emas, albatta. Mazkur madaniyat yodgorliklarining aksariyati o’tish davriga — mezolitning oxirgi va neolit boshlariga mansub bo’lib, miloddan avvalgi VI mingyillikning oxiri va V mingyilliklarga mansub bo’lishi mumkin. Ammo Markaziy Farg’onaning shimoliy chekkasidan, ya’ni Madyor 3,4 va boshqalardan topilgan qurollarning aksariyati so’nggi neolit davriga, ya’ni miloddan avvalgi IV—III mingyilliklarga mansub bo’lishi mumkin.

Markaziy Farg’ona ko’llari yoqasida yashagan ibtidoiy qabilalarning xo’jaligi o’zlaridan oldin yashagan mezolit qabilalari xo’jaligidan katta farq qilmay, ular ham ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan bo’lishi mumkin.

Tuyabo’g’iz suv ombori zonasidan neolit davriga oid tosh buyumlar va ko’plab mehnat qurollari topilgan. Bu qurollar vohaning to’rt joyidan terilgan. Qurollarning xili va soni orta borib, ularning sifati so’nggi tosh asri qurollariga nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Joylardagi ieolit kompleksidan qalamsimon nukleuslar va ularning bo’laklari, nukleus-qirg’ichlar, nukleusdan ko’chirib olingan parcha-toshlar, plastinkalar va ularning siniq bo’laklari, qirg’ich va kurakchalarning bir necha xili, keskichlar, sigmentlar, geometrik qurollar, qadamalar, randalar, retushli va retushsiz uchrindi va chaqmoqtosh parchalaridan iborat juda ko’p mehnat qurollari topilgan. Qurollarning ko’pchiligi so’nggi paleolit qurollariga nisbatan ancha nozik qilib ishlangan.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling