1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet45/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Qadimi tepa. Bu edgorlik Joytun singari neolit davriga mansubdir. Qadimi tepa Ashxobod viloyatining Qaaxqa tumanidagi Chaach qishlog’idan 7 km janubda joylashgan. Bu yodgorlikda 100 m2 joy ochilgan. Undan o’choqlari bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli uy va xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan xonalar topilgan. Uylarning devorlari paxsadan ko’tarilgan bo’lib, ularning poli ohaklangan, ularda qizil oxra izlari ham uchraydi. Ularning yaoli hatto ganch bilan suvalgan. Madaniy qatlamlardan o’roq-randa, retushli parrak, hovoncha va uning dastasi, bigiz, yorma tosh, odam va hayvon haykalchalari va boshqa buyumlar topilgan. Qadimi tepa yaqinidagi Chag’illi tepadan xam donga ishlov beradigan har xil tosh qurollar topilgan

Qadimi tepaning 3 xonasidan tosh qurollar bilan birga qo’lda yasab pishirilgan sopol idishlar va ularning parchalari topilgan. Qadimi tepadagi 2 xonadan ham sopol idishlarning parchalari, uchrindilar, nukleuslar, teshgichlar, o’roq qadamalari, qirg’ich, bigiz, tosh pichoq, hovoncha dastasi va boshqa narsalar topilgan. Shuningdek Qadimi tepadan yana loydan, sopoldan ishlangan shaxmat donasini eslatuvchi buyum, suyak igna, so’zan ohakli marmardan tayyorlangan taqiichoqlar ham topilgan.

Qadimi tepadan kosalar, tog’arachalar ham topilib, uning bezaklari, Joytundan topilgan idishlar bezagiga o’xshab ketadi.

Qadimi tepadan topilgan shaxmat toshari, sopol buyumlar, tosh qurollar va boshqalar o’z xarakteri jihatidan Joytun, Chopontepa, Pamajtepa, To’g’odoqtepa, Shanidar B—1 va Yaqin Sharqdagi boshqa joylardan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Shu jihatdan Qadimi tepa yodgorligi neolit davriga mansub bo’lib, Joytun madaniyatining o’rta bosqichiga to’g’ri keladi.

Uy-joy, topilgan buyumlarning xususiyatiga qarab, qadimi tepaliklar o’troq hayot kechirib, ilk dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, chorva boqqanlar, degan xulosaga kelish mumkin.



Shunday qilib, Turkmanistonning janubidagi Joytun, Qadimi tepa, To’g’oloqtepa kabi yodgorliklar O’rta Osiyodagi, hatto jahondagi eng qadimiy dehqonchilik madaniyatining dastlabki markazlaridan biri hisoblanadi.

Qozog’istonda mezolit va neolit davri yodgorliklari ham ancha keng tarqalgan bo’lib, ularning umumiy soni 400 dan oshadi. Neolit davri makonlari o’z xususiyatiga ko’ra 4 xildir: ular buloqbo’yi, daryobo’yi, ko’lbo’yi va g’or makonlaridir.

Qozog’istondagi neolit davri yodgorliklarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularniig ochiq holda bo’lishidir. Qozog’istondagi, xususan uning janubidagi neolit davri makonlarinint eng mashhuri Qoratog’ janubidagi Burgutli, Uchbuloq, Qoraungur, Inkardaryo, Jalpoq, Saksovul I, Agispe, Kosmala va boshqalardir; mazkur joylar atrofidan juda ko’p neolit maskanlari topib o’rganilgan.

Bu maskanlardan ko’plab kamon o’qlari va nayza uchlari, tosh boltalar, pichoqlar. qirg’ichlar, nukleuslar, parraklar, teshgich va boshqa qurollar topilgan.

Ayni vaqtda Qoraungur kabi maskanlardan qo’lda yasalgan tagi yumaloq sodda sopol idishlarning parchalari ham topilgan bo’lib, ular chizma usulda har xil bezaklar bilan naqshlangan. Janubiy Qozog’iston, Orol bo’yi neolit davri kishilari miloddan avvalgi V—III mingyilliklarda yashab, asosan ovchilik, termachilik, balikchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Makonlardan topilgan tosh qurollar, yovvoyi va uy hay-vonlarining suyak qoldiqlari, shuningdek baliq qiltanoqlari fikrimizning dalilidir.

Keyingi 35—40 yil ichida Tojikistonning neolit davri yodgorliklarini o’rganish sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Respublikaning daryo vodiylari, tog’oldi va tog’lik tumanlaridan 200 dan ortiq neolit davri makonlari topib o’rganilgan va o’rganilmoqda. Bular Tutqovul, Soy Sayyod, Darai sho’r, Gaziyontepa, Ko’hna Boy, Tangi Tavri, Guyoni Poyon kabilar bo’-lib, ular Tojikiston uchun xos bo’lgan Hisor madaniyati nomi bilan ataladi.

Hisor madaniyatiga mansub neolit, makonlari ochilganda ularning madaniy qatlamlaridan ko’plab tosh qurollar, hayvon suyaklari va boshqa buyumlar topilganki, ular ko’p jihatdan o’zaro o’xshashdir.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling