1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


-mavzu: Qadimgi va o’rta asrlarda arxeologiya va arxeologik tekshiruvlar.(Janubiy Turkmaniston misolida) 2-soat


Download 235.97 Kb.
bet61/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Arxealogiya )

15-mavzu: Qadimgi va o’rta asrlarda arxeologiya va arxeologik tekshiruvlar.(Janubiy Turkmaniston misolida) 2-soat

Reja:

1.Marg‘iyona -O‘rta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat, Tohirboy- miloddan avvalgi 2 - ming yillikning 2 - yarmiga oid qishloq , CHo‘pontepa.

2. Anov, Anov madaniyati, O‘zbo‘y



Tayanch iboralar: Marv vohasi (Turkmaniston), Marg‘iyonani Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi, CHo‘pontepa, Ashxobod yaqinidagi Anov qishlog‘i, Qoplonqir, Uchtaganqum, CHilo‘ngqir, Takajik, CHilmamedqum kabi hududlar
MARG‘IYONA (yunoncha, qadimgi forscha Margush, Avestoda - Mouru, o‘rta forschada - Marv) - O‘rta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Murg‘ob daryosining o‘rta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston) dan iborat bo‘lgan. Marg‘iyona hududida - eneolit davrida ibtidoiy odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida Murg‘obning yuqori havzasida qadimgi dehqonchilik markazi (Kallali vohasi) vujudga kelgan, bu erda atrofi minorali mudofaa devori bilan o‘ralgan yirik qishloqlar paydo bo‘lgan. Ilk temir davri (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida viloyatni o‘zlashtirish davom etgan. Yirik sug‘orish tizimlari barpo qilingan, sun’iy baland tepaliklar ustiga qurilgan qo‘rg‘on (qal’a) li qishloqlar paydo bo‘lgan (YOztepa, Arvalitepa), ular kichik mulklarning markazi sanalgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtasida viloyat markazi janubga, Erk-qal’a va Gabr qal’a o‘rniga ko‘chgan, bu erda M.ning poytaxt shahri - qadimgi Marv bunyod etilgan. Marg‘iyonani Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi (miloddan avvalgi 6 - asr 2-yarmi) Frada boshchiligidagi Marg‘iyona qo‘zg‘olonini keltirib chiqargan. Qo‘zg‘olon Doro 1 hukmronligi (miloddan avvalgi 521 - 486) ning dastlabki yillarida ayovsiz bostirilgan. Marg‘iyona Baktriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Miloddan avvalgi taxminan 329 yilda M.Aleksandr tomonidan bosib olingan. Aleksandr bu erda (Gabr qal’a o‘rnida) Aleksandriya shahriga asos solgan. Miloddan avvalgi 4 - asr oxiridan miloddan avvalgi 3 - asr o‘rtalarigacha Marg‘iyona Salavkiylar davlatiga tobe bo‘lgan. Viloyat markazi qilib Marg‘iyonadagi Antioxiya shahri olingan. YUnon-Baqtriya podsholigi barpo etilgach, Marg‘iyona ma’lum vaqt uning satrapiyalaridan biri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 2 - asr ning 2-yarmida Marg‘iyona Parfiya tarkibiga kirgan. Milodiy 1 - asrning 2-yarmidan - 3 - asr boshigacha bu erda mahalliy shoh Sanobarning avlodlari sulolasi qaror topgan. Milodiy 3 - asr 2-choragidan - 4 - asr o‘rtasigacha M. Sosoniylar davlatita bo‘ysungan. 651 yilda Marg‘iyonani arablar fath etgan.
CHO‘PONDEPE, CHo‘pontepa - miloddan avvalgi 6 – 5 - ming yilliklar (neolit davri) ga oid arxeologik yodgorlik. U ilk sug‘orma dehqonchilik madaniyatiga mansub CHo‘pondepe Ashxobod viloyatining Go‘kdepe tumani markazidan 7 - 8 km sharkda joylashgan. 1957 - 1958 yillarda qayd etilib, qazishmalar o‘tkazilgan. CHo‘pondepe uzunchoq shaklda bo‘lib, balandligi 5 m, maydoni 2 ga dan iborat. Bir necha ming yilliklar davomida CHo‘pondepeda kechgan o‘troq hayot izlari yodgorlik sahni ostida 6 m li qalinlikdagi madaniy qatlamda saqlanib qolgan. Qazish jarayonida uning yuqori va ostki qatlamlaridan turar joy xarobalari kavlab ochilgan. Murabba’ shakldagi uylar yirik guvala (diametri 20 - 25 sm, uzunligi 60 - 70 sm li) lardan somonli loy bilan bino qilingan. Xona devorlari sahni somonli loy bilan suvalgan. Xonaga torgina eshik orqali kirilib, ichkarisida guvaladan barpo etilgan ulkan o‘choq, tashqarisida esa, hovli, xo‘jalik o‘rasi va kataklari joylashgan. Qazishmalardan 2 mingdan ortiq mikrolit tosh qurollar (qadama o‘roq, qirg‘ich, o‘roqranda, teshgich, parma), qo‘lda yasalgan sopol idish (kosa, tovoq va xumchalar), turli hayvonlarning suyaklari (echki, qo‘y, buqa, jayran, it, tulki va boshqalar) va ko‘mirga aylangan don qoldiqlari (asosan, arpa, bug‘doy) topilgan. Sirti silliqlangan sopol idishlarning ayrimlariga to‘q jigarrang yoki och malla rangli to‘lqinsimon yoki yarim doira shakllardagi naqshlar berilgan. Topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, CHo‘pondepeliklar, asosan, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar-da, ovchilik ham ular hayotida muhim o‘rin tutgan.

TOHIRBOY - 3 - miloddan avvalgi 2 - ming yillikning 2 - yarmiga oid qishloq xarobasi. Mari viloyati (Turkmaniston) dagi Bayramali shahridan 12 km shim.da joylashgan. Tohirboy - 3 madaniy qatlamining qalinligi 2,5 m gacha bo‘lib, 20 ga yaqin hududni egallagan. 1954 - 1956 yillarda V.M.Massoy rahbarligidagi arxeologik guruh qazish ishlari olib borgan. Natijada xom g‘ishtdan qilingan ko‘p xonali uylar ochilib, har xil shakldagi sopol idishlar, guldonlar, qadahlar, xumchalar, tovalar, shuningdek, paykonlar, suyakdan ishlangan ma’buda haykalchalari, ko‘mirga aylangan bug‘doy donalari va b. ashyolar topilgan. Tohirboy - 3 dan topilgan sopol buyumlar, Namozgoh 6 sopol idishlariga o‘xshaydi. Sopol idishlar kulollik charxida mahorat bilanyasalgan bo‘lib, xumdonlarda yaxshi pishirilgan. Xonalar tagidan va yaqinidan bir necha qabrlar ochilgan. Marhumlar qabrlarga 2 shaklda: g‘ujanak qilib chap yonboshi bilan yoki chalqancha yotqizilgan holda; jasad yarim kuydirilib, chalqancha yotqizib ko‘milgan. Marhumlarning bosh va oyoq qismidan sopol idishlar, bezak buyumlari topilgan. Murgob vodiysidagi ilk dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilarning o‘troqlashishini o‘rganishda Tohirboy – 3 ni tekshirish katta ahamiyatga ega.



ANOV MADANIYATI - Ashxobod yaqinidagi Anov qishlog‘i atrofida joylashgan ilk eneolit va so‘nggi jez davrlariga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohlari va shahar xarobalari. Eneolit va jez davri manzilgohlari saqlanib qolgan shimoliy va janubiy Anov tepaliklari ayniqsa dunyoga mashhur. Anov madaniyatini dastlab amerikalik geolog R.Pompelli va angliyalik arxeolog SHmidt tekshirgan. Anov madaniyati qatlamlaridan xom g‘ishtdan qurilgan binolar qoldiqlari, turli mis buyum va zeb-ziynatlar, tosh yorg‘uchoqlar, sirtiga rang-barang naqshlar ishlangan sopol idishlar hamda jamiki borliqni vujudga keltiruvchi qudrat timsoli hisoblangan ayol haykalchalari topilgan. Arxeologik qazishlar va aerofotosuratlar eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneolitdan jez davriga o‘tish bosqichida sopol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida jez davrida, miloddan avvalgi 3 - 2 ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk shahar madaniyati, qadimgi sharq tipidagi mahalliy madaniyat vujudga kelgan deb hisoblanadi.

ANOV - Ashxobod (Turkmaniston) yaqinidagi Anov qishlog‘i atrofidan topilgan qadimgi dehqonchilik manzilgohlari (miloddan avvalgi 4-ming yillik - miloddan avvalgi 1-asr). Eneolit, jez va ilk temir davrlariga oid arxeologik madaniyat shundan olingan (q. Anov madaniyati). Xom g‘ishtdan qurilgan turar joy qoldiqlari, rangli naqshli sopol idishlar, metall qurollar va boshqalar topilgan.

O‘ZBO‘Y (Uzbo‘y, G‘arbiy O‘zbo‘y) - Turkmanistonning shimoliy-g‘arbidagi cho‘lda joylashgan qadimgi daryo vodiysi. Sariqamish cho‘kmasining janubiy chekkasidan boshlanib Kaspiy dengizining Bolxon qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan. Unda sho‘rxok, botiq va ko‘llar ko‘p. Vodiyning tubida shakllangan eski o‘zan meandrlar hosil qilgan. SHimoliy - g‘arbda Qoraqum cho‘liga tutashgan. O‘zbo‘yning uzunligi 550 km, barcha tirsaklari bilan 775 km. Eni har erda har xil. Ba’zi joylarining eni 4 - 6 km, chuqurligi 20 - 30 m. Ayrim joylarda vodiy 100 - 200 m gacha torayib, yon bag‘irlari tik tushgan dara ko‘rinishida. Bunday joylarda uning chuqurligi 40 - 50 m. O‘zbo‘yning chap qirg‘oq tomoni qadimgi (pliotsen va quyi to‘rtlamchi davr) Amudaryoning qumgilli yotqiziqlari ustida shakllangan Pastqam Qoraqumga to‘g‘ri keladi. O‘ng qirg‘oq tomoni esa bu jihatdan murakkabroq tuzilgan. Bu erda oqim bo‘ylab, o‘zining geologik va relef tuzilishi bilan farqlanadigan Qoplonqir, Uchtaganqum, CHilo‘ngqir, Takajik, CHilmamedqum kabi hududlar bor. Ulardan janubiy-g‘arbda O‘zbo‘y Katta Bolxon va Kichik Bolxon tizmalari oralig‘idagi Bolxon yo‘lagidan o‘tadi va Kelkor sho‘rxogiga kelib tutashadi. Bu sho‘rxoklik Oqtom quruq o‘zani orqali Kaspiy dengizining Bolxon qo‘ltig‘i o‘rnida hosil bo‘lgan sho‘rxoklar bilanqo‘shilib ketadi. Vodiyning o‘zani Sariqamish botig‘idan Kaspiy dengizitomon 75 m ga pasayadi. O‘. qadimda daryo o‘zani bo‘lib, unda Amudaryo suvining bir qismi oqib turgan. O‘zanda pog‘onalar - eski sharsharalarning qoldiqlari bor; o‘zan bo‘ylab terrasa (qo‘hna qayir) lar cho‘zilgan. O‘zbo‘yda saksovul, ko‘llar yaqinida yulg‘un, qamish o‘sadi. YAsxan ko‘li atrofida yirik chuchuk er osti suvi havzasi topilgan, undan Bolxonobod (avvalgi Nebitdog‘) ga suv quvuri o‘tkazilgan.

Antik davr (Gerodot) va o‘rta asr mualliflari (Muqaddasiy, Hamdallah Qazviniy, Hofizi Abru, Abulg‘oziy) O‘zbo‘yni Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyiladigan tarmog‘i deb hisoblaganlar. 19 - asr oxiri - 20 - asr» boshlari va 2 - yarmida O‘zbo‘yning paydo bo‘lishi masalasi bilangeograf, geolog va tarixchilar shug‘ullanganlar (V.V.Bartold, A.S. Kes, S.P.Tolstov va b.). 1947, 1950 - 1954, 1956 yillarda O‘zbo‘yning arxeologiyasi o‘rganilgan. Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan 1-ming yillikning 1 - yarmigacha O‘zbo‘y bo‘ylab Sariqamish ko‘li orqali Kaspiy dengiziga suv oqqanligi aniqlangan. Arxeologik tekshirishlar natijasida O‘zbo‘y qirg‘oqlaridan ko‘plab neolit manzilgohlari, bronza davriga xos sopol idishlar, shuningdek, miloddan avvalgi 7 - 5 - asr larga oid manzilgohlar topilgan.

Miloddan avvalgi 1 - ming yillikning o‘rtalarida O‘zbo‘y bo‘ylab suv oqmay qo‘ygan. Arxeologik va tarixiy ma’lumotlar o‘rta asrlarda ham O‘zbo‘yda 2 - 3 marta, garchi qisqa muddatli bo‘lsa ham, suv oqqanligidan darak beradi. 10 - 13 - asrlarda O‘zbo‘yda Xorazmdan Xurosonga o‘tgan karvon yo‘li va ko‘p karvonsaroylar, sardobalar bo‘lgan. O‘rta Osiyoning cho‘lli hududlarida faqatgina qisqa davr mobaynida suv oqqan yoki umuman suv oqimi to‘xtagan quruq o‘zanlar ham O‘zbo‘y deb ataladi.

Eshov B.J. Qadimgi O‘rta Osiyo shaharlari. Toshkent 1986 y.

Kabirov J, Sagdullaev A.S. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. T. 1990.

O‘zbekiston tarixi. T: 1997.

SHamsuddinov R. Vatan tarixi. T: 2010.

Asqarov A. O‘zbekiston xalqlari tarixi. 2 – jildlik. T: 1993.



Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. T: 1990.
Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling