1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Samar (Samariya) madaniyati


Download 235.97 Kb.
bet53/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Samar (Samariya) madaniyati. Bu madaniyat Xassun madaniyatining so’nggi bosqichidan boshlab rivojlanib, Dajla daryosining o’rta oqimida (Samarr, Savvon yodgorliklari), undan sharqda Zagros tog’ oldi hududlarida (Matarra, Chogi Mami) va Furadan g’arbdagi (Boguz) hududlarda tarqalgan. Bu davrga oid imoratlar ko’p xonali uy-joylardan tashkil topgan. Sopol idishlari geometrik va zoomorf, xususan bir yoki bir guruh yirtqich hayvonlar va sudraluvchi jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Ayol haykalchalari tosh va terrokotadan yasalgan. Samarr davriga kelib xo’jalik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Suniy sug’orish joriy qilinadi badiiy madaniyat taraqqiyoti ommaviylashadi. Mazkur hududda yog’ingarchilik miqdorining kamligi dehqonchilikda suniy sug’orishdan foydalanishga sabab bo’lgan. Ular olti qator bug’doy ekishgan. Boshqa bir yodgorlik Chogi Mamidan qadimgi ariqning o’rni aniqlangan. Dehqonchilikdan tashqari chorvachilik va qisman ovchilik bilan ham shug’illanishgan. Savvan yodgorligining ilk bosqichiga oid ko’pxonali uylar madaniy qatlamlaridan to’g’ri to’rtburchak xom g’ishtdan qilingan. Atrofi xandak bilan o’ralgan. Uylardan birining tokchasidan alebastrdan ishlangan haykalcha topilgan. Uylar sathida bukchaytirib yon tomonga ko’milgan yosh bolalarga tegishli suyalar topilgan. Murda kamishga o’ralib, ustiga oxra sepilgan. Kuzatuv buyumlari toshdan ishlangan idishlar, alebastrdan o’yib (vыtogennыy) ishlangan haykalchalar va zeb-ziynat buyumlaridan iborat.

Savvana III yodgorligi ko’p xonali uy-joylarlar va xo’jalik imoratlaridan tashkil topgan. Hovlida o’choq va xo’jalik maqsadlarida foydalanilgan o’ralar joylashgan. Uylarning devorlari tashqi tomondan muntazam barpo qilingan “plyastr” bilan boyitilgan. Shuningdek, yirik hajmdagi alohida joylashgan imoratlar majmuasi, ko’rinishdan umumjamoaning ibodanxonasi vazifasini bajargan. Bu manzilgoh aylana devor bilan o’ralib, uning atrofi xandak bilan kuchaytirilgan.

Savvana II davriga kelib, sopol idishlarnining sirtiga geometrik naqshlar berish an’anasi paydo bo’ladi. Uchinchi bosqichga kelib yupqa sapol idishlar yasala boshlanadi. Naqshlar jigar yoki to’q sariq ranglarda berilgan. Idishlar sirti naqshlardan tashqari ayol, suvda yashovchi parrandalar, baliqlar, o’rmon ohulari, echkilar, “krabы”, chayonlar tasviri keltirilgan. Samarr madaniyati qadimgi dehqonchilik aholisi amaliy san’atining bezak, abstrakstiya va simvolizm alomatlarini o’zida namoyon qiladi.

Mesopotamiyaning chekka janubida (mil.av. VI ming yillikning oxiri–V ming yillikning boshlari) shumerliklarning eng qadimgi shahar markazi hisoblangan Erudu (hozirda tell Abu Shaxrayn) ning quyi qatlamidan Samarr madaniyatiga o’xshan kompleks aniqlangan. Xom g’ishtdan barpo qilingan aholi uy-joy imoratlari bilan to’q jigar yoki qizil bo’yoqlarda geometrik naqshlar berilgan sapollari aniqlangan. Xom g’ishtlar va sapollari naqshlarining dalolat berishicha bu madaniyat sohiblari Samarr madaniyati bilan ma’lum aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.Bu manzilgohning quyi madaniy qatlamidan ibodatxonaning o’rni aniqlangan.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling