1-mavzu Matnni lisoniy va nutqiy birliklarga ajratish mashqlari (2 soat)


Download 82.2 Kb.
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi82.2 Kb.
#1270273
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy 1

Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga ma’suliyat bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog’i lozim:

2-ilova
Guruhlar faoliyatini baholash mezonlari





Guruhlar

Ma’lumotning to`liqligi


(1,0)

Ma’lumot mazmunining aniq tushuntirilshi (0,5)

Taqdimotning ko`rgazmali berilishi
(0,5)

Umumiy ball



1-guruh













2-guruh













3-guruh













4-guruh















Guruhlar faoliyati natijalarining umumiy bahosi

Guruh



O`zaro baholash natijalari

Jami



1

2

3

4




1

*
















2




*













3







*










4










*







3-ilova

Tezkor so’rov uchun savol va topshiriqlar:

  1. 1. Lisoniy UMIS va YAHVOga izoh bering

  2. Til, lison va nutqning bir-biridan farqini tushuntiring.

  3. Tilning qanday sathlari ajratiladi?

  4. Lisoniy birliklar deb nimalar kiritiladi?

  5. Fonema va tovushning qanday farqi bor?

  6. Leksema va so‘zning bir-biridan farqi.

  7. Morfema va qo‘shimchaga izoh bering.

  8. Qolip va hosilaning munosabati.

4-ilova
«Zigzag» texnikasi


O`zaro o`qitish yagona tamoyilga asoslangandir: o`quv guruhi kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh a’zosi o`rganilayotgan mavzuning ma’lum sohasi bo`yicha ekspyert bo`ladi va boshqalarga o`rgatadi.
Har bir guruhning asosiy maqsadi: har bir talaba mavzuni to`liq o`zlashtirishi kerak.





















Ekspert varag’i №1
1. Lisoniy paradigma nima?
2.Lisoniy munosabat deganda nimani tushunasiz?


5-ilova

Ekspert varag’i №2
1.Hozirgi o`zbek tili lisoniy imkoniyat ekanligi va uning voqelanish shakllarini tushuntiring.
2.Hozirgi o`zbek adabiy tilining dialektal asoslari deganda nimalar nazarda tutiladi?



Ekspert varag’i №3

  1. Tilning moddiy (substansial) sathi deganda nimani tushunasiz?

  2. Fonetikaning birligi nima?



6-ilova
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


1. Jahon tilshunosligining rivojlanishiga turtki bo`lgan omillarni sanang.
2.Tilshunoslik taraqqiyoti tarixida qanday oqimlar paydo bo`lgan edi?
3.Tilshunoslik fanining tarkibiy qismlarini sanang. Ularning o`xshash va farqli tomonlari nimada?
4.”Hozirgi o`zbek tili” kursining vazifasi nimalardan iborat?
5. Nima uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi?
6. “Naturalistik oqim” haqida batafsil ma’lumot bering.
7. Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan asosiy farqi nimada? Misollar asosida tushuntiring.
8. Til bajaradigan asosiy funksiyalar haqida ma’lumot bering.
9. Tilning falsafiy masalalari nimalardan iborat?
10.Dialektik kategoriyalarning har biriga alohida tafsif yozing va ularni til birliklariga tatbiq etishga harakat qiling.
7-ilova


Tahlil uchun matn namunalari
1-matn
Til tizimining har bir uzvida dialektika qonunlari yotadi. Til tizimi va uning bevosita yuzaga chiqishida umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa dialektikasi namoyon bo`ladi. Lisoniy birliklarda namoyon bo`lgan umumiylik~xususiylik, mohiyat-hodisa zidlanishini ifodalash uchun tilshunoslikka ko`proq invariant va variant atamalaridan foydalaniladi.
Har qanday umumiylik xususiyliklar orqali namoyon bo`lganidek, har qanday invariant variantlar orqali moddiylashadi…
Invariant-variant tushunchalari til va nutq tushunchalari bilan uzviy bog`liq….
Muayyan til birligining turli makon va zamonda har xil moddiy o`zgarishlarga uchrashi invariant va variant tushunchalarining paydo bo`lishiga olib keladi. Masalan, [k] undoshi undosh tovushlar qurshovi yoki so`zning qaysi bo`g`inda kelishi yoki so`zlovchining qaysi hududga mansubligiga ko`ra turlicha talaffuz qilinadi. Bunday turlicha talaffuz qilingan tovushlar bir [k]ning turli vakillari sanaladi. Ana shu turli xil vakillar variant, variantlar umumlashmasi esa invariant hisoblanadi… Umumiylik, mohiyat-invariant, xususiyliklar variantlar orqali namoyon bo`ladi. (Prof. A.Nurmonov.)



Download 82.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling