1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja


Mehmonxonalarda yuzaga keladigan nizolar xususiyati


Download 87.58 Kb.
bet28/33
Sana28.09.2023
Hajmi87.58 Kb.
#1688744
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
maruza matn

Mehmonxonalarda yuzaga keladigan nizolar xususiyati
Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o‘zaro munosabati ikki
tarkibiy doirada formal (yoki rasmiy) va noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi. Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma‘muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko‘rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o‘zaro munosabatlariga ko‘ra belgilanadi.
Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidagi norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligIni, xarakterlarning o‘xshashligini, o‘zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi. Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta‘sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi.Ichki shaxsiy nizo bir kishining o‘ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo‘lgan hollarda vujudga keladi. Masalan, universal magazinda bo‘lim boshlig‘i sotuvchidan ish joyidan bir qadam ham jilmay, xaridorlarga xizmat qilishni talab qildi, deylik. Keyinroq esa u sotuvchidan bu ishga nihoyat ko‘p vaqt sarflagani va natijada bo‘limni yangi tovarlar bilan to‘ldirmaganidan shikoyat qilsa, bunday talab oldingi talabga zid bo‘lib chiqadi. Natijada sotuvchi nima qilishni bilmay xunobi oshadi. Mana sizga nizoli vaziyat.
Tadqiqotlar va kuzatishlar bunday vaziyatlar: ishchining o‘z ishidan
qoniqmaganlik, o‘ziga va korxonaga ishonchsizlik, shuningdek, xodimda asab buzilishi holatlarining tez-tez sodir bo‘lib turishi natijasida vujudga kelishini ko‘rsatadi. Shaxslararo nizo hayotda eng tarqalgan nizolardir.
Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo‘llari
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularniquyidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin.
Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari:

  1. Tarkibiy-tashkiliy usullar

-ishga bo‘lgan talabni tushuntirish
-muvofiqlashtirish va integratsiyalash
-umumtashkiliy kompleks maqsadlar
- mukofotlashning tarkibiy tizimini takomillashtirish
2. Strategik usullar
-Uzoqlashish
-Silliqlashish
-Majburlash
-Kelishuv
-Muammoni hal qilish



Download 87.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling