1. Steroid birikmalar. Ularni o


Download 58.55 Kb.
bet2/6
Sana16.11.2023
Hajmi58.55 Kb.
#1777723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil

Garmonlar. Gormonlar endokrin bezlarda ishlab chiqariladigan, to‘qima,. organlar va butun organizmda boradigan moddalar almashinuvi protsesslari va funksional holati boshqarilishida muhim rol-o‘ynaydigan, yuqori biologik aktivlikka ega bo‘lgan organik mod-dalardir. Hozirgi vaqtda gormonlar haqidagi ta’limot mustaqil endokrinologiya faniga aylangan. Bu fan gormonlarning ximiya-viy tabiatini, strukturasi bilan funksiyasi orasidagi bog‘liq-likni, ta’sir mexanizma hamda endokrin bezlarning fiziolo-giyasi va patologiyasini o‘rganadi.
Endokrinologiya fanining kelib chiqishi 1849 yilda Addison tomonidan bronza kasalligining ochilishi bilan bog‘liq. Ichki sekretsiya bezlari to‘g‘risidagi tushunchani fanga birinchi marta Klod Bernar kiritgan. Ichki sekretsiya bezlari mahsulotini gormonlar deb (yunoncha hormao — qo‘zg‘otaman, uyg‘otaman degan ma’noni anglatadi) atashni birinchi marta 1905 yilda Beylis va Star-linglar taklif etishgan.
Gormonlar odamlar va hayvonlarning maxsus organlarida ■— ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarshshb, bevosita qon oqi-miga quyiladi. Oshqozon osti bezi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar (urug‘don va tuxumdonlar), paratireoid bezlar va gipofiz eng muhim ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi. Lekii keyingi yillardagi tekshirishlarda bosh miya qismlari,. ayniqsa gipotalamus ham yuqori gormonal aktivlikka ega bo‘lgan moddalar ishlab chiqarishi va ular ham qrn orqali butun tanaga tarqalishi aniqlanmoqda. Ular faqat ichki sekretsiya bezlari faoliyatini boshqarmasdan, boshqa organ va tuqimalarga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, organizmdagi gormonal boshqaruv evolyusion nuqtai nazardan qaraganda qadimgi bo‘lib,. u hali nerv sistemasi shakllanmasdan oldin ham mavjud bo‘lgan. Lekin gormonal boshqaruv, boshqa barcha hayotiy protsesslar sin-gari, hamma vaqt nerv sistemasi impulslari1 «azoratida bo‘-ladi.
Hozirgi vaqtda deyarli hamma gormonlarning ximiyaviy tuzi-lishi aniqlangan bo‘lishiga qaramasdan, ularning nomenklatu-rasi va klassifikatsiyasining umumiy prinsiplari ishlab chiqilmagan. Quyida gormonlarning molekulyar tabiatiga ko‘ra klassifikatsiyasi keltirilgan.

Download 58.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling