1. Steroid birikmalar. Ularni o


Oqsil va peptid tabiatli gormonlar


Download 58.55 Kb.
bet3/6
Sana16.11.2023
Hajmi58.55 Kb.
#1777723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil

Oqsil va peptid tabiatli gormonlar. Bu gruppaga gipota
lamus gormonlari (tiroliberin, lyuliberin, somatostatin va boshqalar), gipofiz gormonlari (o‘suv gormoni, follikulalarni stimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, prolaktin, tireotrop
gormoni, adrenokortikotrop gormoni, gonadotrop gormoni, melanotrop gormoni, vazopressin, oksitotsin), oshqozon osti bezining gormonlari (insulin, glyukagon), qalqonsimon oldi bezning gormoni (paratgormon), qalqonsimon bez gormoni (kalsitotsin) kiradi.
Aminokislotalar xarakteridagi gormonlar. Bularga buy-rak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari (adrenalin va norad-renalin) va qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin va triyod-tironin) kiradi.
Steroid gormonlar. Bularga buyrak usti bezi pust qismi-ning gormonlari, hasharotlarning va jinsiy bez gormonlari kiradi.
STEROID GORMONLAR
Buyrak usti bezining pust qismi gormonlari. Steroid gormonlar molekulasi asosini siklopentanpergidro-fenantren halqasi tashkil etuvchi sterollarning hosilalaridir. Ular asosan buyrak usti bezlarining pust qavatida va jinsiy bezlarda ishlab chiqariladi. Ularning miqdori juda ko‘p bo‘lib, faqat ayrimlari yuqori gormonal aktivlikka ega. Buyrak usti bezlarining pust qavatidan 46 dan ortiq steroid moddalar aj-ratib olingan, ularni umumlashtirib kortikosteroidlar deb nom berilgan. Lekin undan sakkiztasi gormonal aktivlikka ega bo‘lib, eng ahamiyatlisi kortikosteron, dezoksikortikosteron, 17-ok-sikortikosteron (gidrokortizon), kortizon va aldosterondir. Ular pregnanning hosilalari bo‘lib, strukturasi quyidagicha:









Ular umumiy kortikosteroidlarning 80% «i tashkil etadi. Shuningdek, buyrak usti bezlarining pust qavatida jinsiy gormon xarakteridagi steroidlar ham ishlanib chiqadi, lekin ular organizmning normal holatida yuqoridagi gormonlarga aylanadi.
Kortikosteron sof holda 182° da suyuqlanadigan kristall modda, eritmasi optik aktivlikka ega. Normal holatda odam buyrak usti bezlarida bir sutkada 0,84—4,0 mg hosil bo‘ladi. Uning asosiy metabolitik funksiyasi uglevod, oqsil va lipidlar almashinuvida ishtirok etishdir. Uning miqdori normadan kam bo‘lganda qonda glyukoza, jigar va muskullarda glikogen miqdori kamayib, oqsillarniig aminokislotalarga parchalanishi va lipolitik protsesslar kuchayadi. Shuningdek, buyrakda ioyalarning qayta so‘rilishi buziladi. Bularning hammasi tanada shish paydo bo‘lishiga, muskullarning zaiflanishiga, qon bosimining pasa-yishiga va teridagi pigmentlar buzilishiga va boshqalarga sabab bo‘ladi. Kortikosteron normadan ortiq ishlab chiqarilsa, ana-bolitik protsesslarni kuchaytirib, o‘z navbatida boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Gidrokortizon yoki kortizol 220° S da suyuqlanadigan kristall modda, eritmasi optik aktivlikka ega. Uning buyrak usti bezidan sutkalik ajralishi boshqa kortikosteroidlardan ancha ko‘p, ya’ni 4,9—27,9 mg dan iborat. Agar uning miqdori normadan kam bo‘lsa, moddalar almashinuvida (mineral moddalardan tashqari) xuddi yuqoridagidek o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lekin bunda, ayniqsa gormonning miqdori meyoridan ko‘p bo‘lsa, ugle-vodlar almashinuvi kuchli darajada buziladi: aminokislota-larning uglevodlarga aylanishi kuchayib, qonda glyukoza miqdori ortadi. («Steroid diabeta».) Shuning uchun ham bu gormon tipik diabetogen gormon deb ataladi. U qonda glyukoza miqdori ortib, glikogen va yog‘lar sintezi kuchayishiga va muskullar atrofiyala-nishiga sabab bo‘ladi. Uning rivojlanishi natijasida, gavda qo‘-pollashib, beso‘naqay bo‘lib ketadi. Odamning yuzi yumaloq qip-qizil bo‘lib qoladi.

Download 58.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling