1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

9-mashq 
1. Nima uchum uncha katta bo’lmagai qayiqdan odam 
sakraganda qayiq odamning tezligiga deyarli teng 
tezlikda orqaga kstadi? 
2. Miltiqdan o’q o’zganda uni yelkaga qattiq tirab turish 
kerak. Nima uchun bunda tepki tezligi kamayadi? 
3. Ov patronlarini tayorlashda miltiqning massasi 
x.isobga olinadi: yengil miltimar uchun pitra zaryadi 
kichikroq og’ir miltiqlar uchun esa kattaroq qilinadi. 
Buni tushuntirib bering. 
4. Ov patronlarini tayorlashda miltiqning massasi 
x.isobga olinadi: yengil miltimar uchun pitra zaryadi 
kichikroq og’ir miltiqlar uchun esa kattaroq qilinadi. 
Buni tushuntirib bering. 
21. MODDANING ZICHLIGI 
Turli moddalardan tayorlangan bir xil massali 
jismlarning hajmi turlicha bo’ladi. Biri qo’rg’oshin-dan, 
ikkinchisi alyuminiydan tayorlangan, mas-salari bir xil 
bo’lgan ikkita stilindr olinsa (quyidagi rasm), unda 
alyuminiy silindrning hajmi qo’rg’o-shin silindrning 
hajmidan deyarli to’rt marta katta ekanligini ko’rish 
mumkin. 
Massasi 1 t bo’lgan temir brus 0,13 m
3
hajmni, massasi 1 
t bo’lgan muz esa 1,1 m
3
hajmni egallaydi, ya’ni bu temir 
brus hajmidan deyarli 9 marta katta . Bu misollardan 
quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: turli moddalardan 
tayorlangan, hajmi 1 m

bo’lgan jismlarning massalari 
turlicha bo’ladi. Masalan, hajmi 1 m

bo’lgan temirning 
massasi 7800 kg, xuddi shunday hajmdagi 
qo’rg’oshinning massasi esa 13000 kg bo’ladi. Bunday 
farqni qanday tushuntirish mumkin? Bu turli moddalar 
turlicha zichlikka ega ekanliklari bilan tushuntiriladi. 
Zichlik 1 m
3
hajmda olingan moddaning massasi nimaga 
tengligini ko’rsatadi. 
Muayan moddaning zichligini qanday topish kerakligi 
quyidagi tajribada tushuntiriladi. 
M i s o l. Hajmi 8 m
3
bo’lgan muzning massasi 7200 kg. 
Muzning zichligini aniqlaymiz. 
Ma’lumki, hajmi 8 m
3
bo’lgan muzning massasi 7200 
kg. Unda hajmi 1 m
3
bo’lgan muzning massasi 8 marta 
kam bo’ladi, ya’ni 7200 kg: 8 = 900 kg. Demak hajmi 1 
m
3
bo’lgan muzning zichligi 900 kg ga teng. 
Bu misoldan ko’rinadiki, massa va hajmni bilgan 
holda zichlikni aniqlash mumkin ekan. 
Moddaning zichligini aniqlash uchun jismning 
massasini uning hajmiga bo’lish kerak. Binobarin
zichlik fizik kattalik bo’lib, jismning massasini uning 
hajmiga nisbatiga teng: 
hajm
massa
zichlik

Kattaliklarni harflar orqali belgilaymiz: 

— 
moddaning zichligi, m - jismning massasi, V — uning 
hajmi. U holda moddaning zichligini hisoblash 
formulasini olamiz: 
V
m



Modda zichligining birligi 1
3
m
kg
. Binobarin, temirning 
zichligi 7800 
3
m
kg
, muzning zichligi esa 900 
3
m
kg

Shuningdek moddaning zichligini kub san-timetrga 
grammlar bilan ham ifodalanadi 






3
sm
g
. Masalan, 
temirning zichligi 7800 
3
m
kg
ni 
3
sm
g
da hisoblab 
chiqaramiz. Buning uchun kilogram-larni grammlarga, 
kub metrni kub santimetrlarga o’tkazamiz: 7800 kg 
=7800 000 g; 1 m
3
= 1000000 sm
3

Massani hajmga bo’lib, temirning zichligini topamiz 
3
3
8
,
7
1000000
7800000
sm
g
sm
g




Bir moddaning qattiq, suyuq va gazsimon holatlari-dagi 
zichliklari turlicha bo’ladi. Masalan, muzning zichligi 900 
3
m
kg
, suvniki 1000
3
m
kg
, suv bug’iniki 0,590 
3
m
kg
gat eng.
1. Moddaning zichligi nimani ko’rsatadi? 2. Temir-ning 
zichligi qanchaga tengligini yozing. Bu nimani bildiradi? 
3. Moddaning zichligi qaanday hisoblab chiqariladi?
4. Siz qanday zichlik birliklarini bilasiz? 5. Agar 


13 
zichlik 
3
m
kg
da berilgan bo’lsa, u
3
sm
g
da qanday
ifodalanadi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling