1. tabiat va inson


 TINCH HOLATDAGI ISHQALANISH


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

31. TINCH HOLATDAGI ISHQALANISH 
Biz bir jismning ikkinchi jism sirtida harakatlan-ganida 
hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi bilan tanishdik. Qattiq 
jismlar tinch holatda turganda ularning tegib turgan 
sirtlari orasidagi ishqalanish kuchi haqida gapirish 
mumkinmi? Jism qiya tekislikda tinch holatda turganida, 
uni tekislik ustida ishqalanish kuchi tutib turadi. 
Haqiqatan ham, agar ishqalanish bo’lmaganda edi, jism 
og’irlik kuchi ta’siri ostida qiya tekislikdan pastga 
sirpanib tushar edi. Bu masalani jism gorizontal sirtda 
tinch holatda turgan hol uchun ham qarab chiqamiz. 
Masalan, pol ustida stol turibdi, deylik. Uni surib 
ko’raylik: Agar stolni sekinroq itarsak stol joyidan 
qo’zg’almaydi. Nimi uchun? Bu holda ta’sir etuvchi kuch 
pol va stol oyoqlari orasidagi ishqalanish kuchi bilan 
muvoza-natlashadi: Bu kuch bir-biriga nisbatan tinch 
turgan jismlar orasida mavjud bo’lgani uchun uni tinch 
holatdagi ishqalanish kuchi deb atash qabul qilingan. 
Tinch holatdagi ishqalanish kuchi bo’ladigan harakatga 
doim qarshi yo’nalgan bo’ladi. Jismni tinch holatdan 
chiqarish uchun urinilganda tinch holatdagi ishqalanish 
kuchi hosil bo’ladi. Tinch holatdagi eng katta ishqalanish 
kuchi jismni tinch holatdan chiqaradigan kuchga teng 
bo’ladi. 
Tinch holatdagi ishqalanish taxtaga qoqilgan mixni 
tutib turadi, ikki bo’lak gazmolni tikkanda iplarni to’tib 
turadi va hokazo. 
Tinch holatdagi ishqalanish kuchi qanday sharoitlarda 
paydo bo’ladi? 2. Tinch holatdagi ishqalanish kuchidan 
amalda foydalanishga misollar keltiring 
32. MOLEKULALARNING O’ZARO TA’SIR 
KUCHLARI 
Molekulalar orasida tortishish kuchlari va itari-shish 
kuchlari ta’sir qiladi. Ipni uzganda, tayoqni sindirganda, 
muzni yorganda, suvni sachratganda molekulalarning 
tortishish kuchini yengamiz.
Masalan, kesim yuzi 1 mm
2
bo’lgan ipak ipni uzish 
uchun unga 250 N ga yaqin kuch quyish (25 kg massali 
tosh osish, quyidagi rasm) kerak. Bu kuch ip uziladigan 
joydagi juda ko’p sonli molekulalarning tortishish 
kuchini yengish uchun kerak. 


19 
Jismlar siqilganda molekulalarning itarishish 
kuchlarini yengamiz. Tortishish kuchlari ta’sir qila-digan 
masofalardan yanada kichikroq masofalarda itarishish 
kuchlari ancha sezilarli bo’ladi. 
O’z o’lchamlariga qaraganda bir-biridan ancha katta 
masofada turgan ikki molekulani tasavvur qilaylik
Bunday masofada molekulalarning tortishish kuchi juda 
kichik itarishish kuchi esa tortishish kuchidan ham kichik. 
Molekulalar yaqinlashgan sari ikkala kuch ham ortib 
boradi, lekin itarishish kuchi tezroq ortadi. 
Molekulalarning bundan keyin yaqinlashi-shida 
itarishish kuchi modul jihatidan tortishish kuchi bilan 
tenglashadi. Agar molekulalar yaqinla-sha borsa, u holda 
ikkala kuch yana ortadi. Ammo itarishish kuchi tezroq 
ortadi, endi uning moduli tortishish kuchi modulidan katta 
bo’lib qoladi va molekulalar bir-biridan itariladi. 
Masalan, po’lat trosni cho’zganda uning molekulalari 
tarqalib ketadi, molekulalarning tortishish kuchi 
itarishish kuchidan. katta bo’lib qoladi, agar trosni 
cho’zishni to’xtatsak u yana qisqaradi. Trosni siqqanda 
esa molekulalar yaqinlashadi, itarishish kuchi tortishish 
kuchidan katta bo’lib qoladi, agar trosni siqishni
to’xtatsak u cho’ziladi. Demak trosda elastiklik 
kuchining hosil bo’lish sababi uning molekulalari-ning 
o’zaro ta’siridir. Amalda ko’p kuzatiladigan hodisa, 
ya’ni qattiq jismni suyuqlik ho’llashi hodisasini 
molekulalarning bir-biriga tortishishi asosida tushuntirish 
mumkin. Bu hodisa bilan tajribada tanishamiz. Ingichka 
prujinaga gorizontal ravishda shisha plastinka osiladi. 
Plastinka ostiga suvli idish shunday keltiriladiki, bunda 
plastinka idishdagi suv yuzida yotadigan bo’lsin 
(quyidagi rasm). Bundan keyin plastinka asta-sekin 
yuqoriga ko’tariladi. Bunda dastlab plastinka suvdan 
ajral-maydi va prujina yanada kuchli-roq cho’ziladi 
(quyidagi rasm). Prujinaning cho’zilish kattaligiga qarab 
plastinkani suv yuzida to’tib turuvchi moleku-lalar 
orasidagi tortishish kuchlari haqida fikr yuritish mumkin. 
Nihoyat shisha plastinka suvdan ajraladi (quyidagi rasm) , 
bunda u suv bilan ho’llangan bo’ladi. Demak plastinka 
suv molekulalari shisha molekulalariga tekkan joyda 
ajralmay, suv molekulalari bir-biriga tekkan joyda aj-
raladi. Suv shishani, shuningdek yog’ochni, terini va boshqa 
ko’pgina moddalarni ho’llaydi. 
Agar mum yoki parafindan qilingan plastinka suvga 
botirib olinsa, plastinka quruqligicha qoladi. Demak suv 
mum va parafinni ho’llamaydi. Suv moyli sirt-larni ham 
ho’llamaydi. Simob cho’yanni ho’llamaydi (shuning uchun 
simob cho’yan idishlarda saqla'nadi), lekin oltinni, ruxni 
va boshqa moddalarni ho’llaydi. Suyuqlik qattiq jismni 
ho’llaganda uning molekulalari jism molekulalariga 
qaraganda bir-biriga kuchsizroq tortiladi. Suyuqlik 
molekulalari-ning qattiq jism molekulalariga qaraganda 
bir-biriga kuchliroq tortilishi esa ho’llamaslikni 
tushuntiradi. 
Ho’llash va ho’llamaslik hodisalari amalda hisobga 
olinadi va ulardan foydalaniladi. Biz suv bilan 
ho’llanadigan mata sochiqqa artinamiz, siyoh bilan 
ho’llanadigan qog’ozga yozamiz. 
Shu narsa qiziqki, suvda suzadigan parrandalar 
alohida bezlaridan ajraladigan yog’ bilan patlarini 
yog’laydi. Shuning uchun qush patlari suvga 
ho’llanmaydi. Qush patlari ostida par bo’lib, u 
quruqligicha qoladi va qushning tanasi atrofida havo 
qatlami saqlanadi, shu tufayli qush hatto sovuq suvda 
ham sovuq qotmaydi, bundan tashqari suvda choo’kmay 
turadi.
1. Molekulalarning tortishish kuchnni yengishga misol 
ksltiring. 2. Nima uchun jismlarning molekulalari tig’iz
yaqinlashmaydi?. 3. Molekulalar bir-biriga asta-sekin 
yaqinlashganda tortishish kuchi va. itarishish kuchi 
qanday o’zgaradi? 4. Nima uchun ta’sir kuchi 
to’xtagandan keyin cho’zilgan po’lat tros siqiladi? 5. 
Shishaning suv bilan, ho’llanishi kuzatiladigan tajribani 
bayon qilib bering. 6. Qattiq jismlarni suyuqlik bilan 
ho’llanish va ho’llanmasligiga doir misollar keltiring. 7. 
Ho’llanish va ho’llanmaslik molekulalarning o’zaro 
ta’siri asosida qanday tushuntiriladi? 8. Amalda 
ho’llanish qanday hisobga olinadi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling