1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

34. GAZNING BOSIMI 
Biz gazlarning suyuqlik va qattiq jismlardan farqli ularoq 
o’zlari turgan hajmni, masalan, gaz saqlana-digan po’lat 
ballonlarni, avtomobil shinalari yoki voleybol koptogi 
kameralarini butunlay egallashini bilamiz. Bunda gaz 
ballon kamera devorlariga yoki o’zi tegib turgan istalgan 
boshqa jism devorlariga bosim beradi. Gazning bosimi 
qattiq jismning tayanchga bosimiga qaraganda boshqacha.
Ma’lumki, gaz molekulalari katta tezlik bilan tartibsiz 
harakatlanadi. Molekulalar o’z harakatida boshqa 
molekulalarga, shuningdek gaz turgan idishning devor-
lariga uriladi. Gazda molekulalar juda ko’p bo’lgani 
uchun ularning urilishlar soni ham juda ko’p. Siqilmagan 
odatdagi gazda moleku-lalarning idish devorining 1 sm
2
yuziga 1 s da uri- lishlar soni yigirma uch xonali son 
bilan ifodalanishi hisoblab topilgan. Ayrim 
molekulalarning zarblari kuchsiz bo’lsa-da, lekin bunday 
sondagi barcha molekulalarning idish devorlariga zarbi 
ancha sezilarli, bu zarblar gaz bosimidan iborat. 
Shunday qilib, gazning idish devorlariga (va gaz 
joylashtirilgan jismga) bosimi gaz molekulalarining 
zarbidan hosil bo’ladi. Quyidagi tajribani ko’rib 
chiqamiz. Havo nasosi kalpog’ining
ichiga og’zi
bog’langan havo sharini qo’yamiz. Unda kam miqdorda 
havo bo’lib, u noto’g’ri shaklga ega. Qal-poq ostidagi 
havoni nasos bilan sorib olamiz. Shar atrofidagi havo 
siyraklashgan sari asta-sekin shishib, shar shaklini oladi 
(quyidagi rasm). 
Bu tajriba qanday tushuntiriladi? Bizning tajribada 
gazning harakatdagi molekulalari shar devorini 
ichkaridan va tashqaridan uzluksiz bombardimon qiladi. 
Havo so’rib olinganda qalpoqdagi havo shari atrofidagi 
molekulalar soni kamayadi. Lekin og’zi bog’langan 
havo shari ichidagi molekulalar soni o’zgarmaydi. 
Shuning uchun havo sharining ichki devoriga urilgan 
molekulalar soni sharning tashqi devoriga urilgan 
molekulalar sonidan ko’paya boshlaydi va natijada havo 
shari shishadi. Havo sharining shishishi uning rezinka 
qobig’ining elastiklik kuchi gazning bosim kuchiga 
tenglash-guncha davom etadi. Havo sharining shar 
shaklini olishi gaz havo shari devorlariga hamma 
yo’nalish-da bir xil bosishini ko’rsatadi, boshqacha qilib 
aytganda, havo shari sirtining birlik yuziga to’g’ri kelgan 
molekulalarning zarb soni hamma yo’nalish-da bir xil 
bo’ladi. Bosimning hamma yo’nalishlarda bir xil bo’lishi 
gaz uchun xarakterli bo’lib, juda ko’p molekulalarning 
tartibsiz harakatining oqiba-tidir. Ravshanki, gaz 
molekulalari idish devoriga qanchalik tez-tez urilsa, 
idish devoriga gazning bosimi shunchalik katta bo’ladi. 
Agar gazning massasini o’zgarishsiz saqlab, hajmi 
kichiklashtirilsa, u holda gazning har bir kub 
santimetridagi molekulalar ko’payadi, gazning zichligi 
ortadi. Bunda molekulalarning idish devoriga bo’lgan 
urilishlar soni ortadi, ya’ni gazning bosimi ortadi.
Aksincha, muayan gazning hajmi ortganda, bir kub 
santimetrdagi gazning molekulalari soni kama-yadi, 
bundan molekulalarning idish devoriga urilishlar soni 
kamayadi -gazning bosimi kamayadi. Demak gazning 
massasi o’zgarmas bo’lganda, gaz-ning hajmi 
kamayganda bosimi ortadi, hajmi ortganda esa bosimi 
kamayadi. 
Agar gaz o’zgarmas hajmda qizdirilsa, uning bosimi 
qanday o’zgaradi? Biz bilamizki, gaz qizdirilganda 
uning molekulalarining harakat tezligi ortadi. 
Molekulalar tez harakatlanib, idish devoriga tez-tez 
uriladi. Bundan tashqari, molekulaning idish devoriga 
har bir urilishi kuchliroq bo’ladi. Natijada idish devoriga 
katta bosim beriladi.
Binobarin, gazning massasi o’zgarmas bo’lganda, 


21 
uning temperaturasi qanchalik yuqori bo’lsa, berk 
idishdagi gazning bosimi shunchalik katta bo’ladi.
Saqlash va tashish uchun gazlar qattiq siqiladi, bunda 
ularning bosimi ortadi va ular po’latdan yasalgan 
maxsus ballonlarga solinadi. Masalan, suv osti 
kemalarida siqilgan havo, metallarni payvand-lashda 
ishlatiladigan kislorod va boshqa gazlar o’shanday 
ballonlarda saqlanadi. 
1. Molekulalarning harakati haqidagi ta’limotga asosan 
gaz bosimi qanday tushuntiriladi. 2. Gazning o’zi turgan 
idish devorlariga bosim ko’rsatishini tajribada qanday 
ko’rsatiladi? 3. Gazning hamma yo’nalishda bir xil 
bosim ko’rsatishini nimadan xulosa qilib aytish mumkin. 
4. Nima uchun gaz siqilganda uning bosimi ortadi, 
kengayganda esa kamayadi. 5. Gaz qanday holatda 
ko’proq bosim beradi: sovuq holatdami yoki
qizdirilgandami? Nima uchun, tushuntiring. 6. Nima
uchun siqilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi. 7. 
Ichida gaz bor ballon xuddi shunday bo’sh ballon bilan 
tutashtirilsa, gazning bosimi qanday o’zgaradi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling