1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

16-mashq 
1. Vodoprovodning brezent shlangi suvga
to’ldirilmagan vaqtda yassi lenta ko’rinishida bo’ladi. 
Shlangga suv tuldirilgandan so’ng uning shakli qanday 
bo’ladi? Nima uchun? 
3. Butilka yasashda nay orqali havo damlanadi va erigan 
shisha butilka shakliga keladi (quyidagi rasm). Bunda 
qanday fizik hodisadan foy-dalaniladi? 


22 
36. SUYUQLIKNING ERKIN SIRTI 
Suyuqlikning erkin sirti deb uning idish devorla-riga 
tegmay turgan sirtiga aytiladi. 
Idishga quyilgan suyuqlikka og’irlik kuchi ta’sir qiladi. 
Suyuqlikning erkin sirtini tashkil qiluvchi hamma 
molekulalar bu kuch ta’siri ostida bir xil balandlikda 
yoki bir xil sathda joilashmaguncha, suyuqlik yuqoriroq 
joilaridan pastroq joylariga siljiydi. 
Sath deb istalgan gorizontal sirtga aytiladi. Sirtning 
gorizontalligini aniqlashda ishlatiladigan asbob 
v a t e r p a s deb ataladi
Suyuqliklardan farqli o’laroq gazlarda erkin sirt yo’q. 
Buning sababi tushunarli. Gazlarda moleku-lalar 
suyuqliklarnikiga qaraganda bir-biridan ancha uzoq 
joylashgan. Gazlarda molekulalarning o’zaro tortishish 
kuchi juda kichik shuning uchun gaz molekulalari har 
tomonga uchib o’zlariga berilgan hajmni butunlay 
egallaydi. 
1. Suyuqlikning erkin sirti deb qanday sirtga aytiladi? 2. 
Anchagina keng idishlarda suyuqlikning erkin sirti 
gorizontal joylashishining sababini qanday tushuntirish 
mumkin? 3. Sirtning gorizontalligi tekshiriladigan asbob 
nima deb ataladi? 4. Gazlarda erkin sirtning bo’lmasligini 
qanday tushuntirish mumkin? 
37. SUYUQLIK VA GAZ ICHIDAGI BOSIM 
Yerdagi hamma jismlarga bosgani singari suyuq-likka 
ham og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Shuning uchun idishga 
quyilgan suyuqlik o’zining og’irligi bilan bosim hosil 
qilib, bu bosim Paskal qonuniga asosan hamma 
yo’nalish bo’yicha uzatiladi. Demak suyuq-lik ichida 
ham bosim mavjud ekan. Bunga tajribada ishonch hosil 
qilish mumkin. 
Pastki teshigi yupqa rezina parda bilan berkitilgan 
shisha nayga suv quyamiz. Suyuqlikning og’irligi 
ta’sirida nayning rezina pardali tubi qavarib chiqadi
(quyidagi ras). 
Rezina parda ustidagi suv ustuni qancha baland bo’lsa, 
pardaning shuncha ko’p kavarib chiqishini tajriba 
ko’rsatadi (yuqoridagi rasm). Ammo nayning rezina tubi 
qavarib chiqqandan so’ng har safar naydagi suv 
muvozanatga keladi (to’xtaydi), chunki suvga og’irlik 
kuchidan tashqari rezina pardaning elastiklik kuchi ham 
ta’sir qiladi. 
Ichiga suv quyilgan rezina tubli nayni birmuncha keng 
bo’lgan suvli boshqa idishga tushiramiz Nayni pastga 
chuqurroq tushirgan sari rezina parda asta-sekin 
to’g’rilana borishini ko’ramiz. Rezina pardaning 
butunlay to’g’rilanishi, unga yuqoridan va pastdan 
bo’lgan bosimlarning bir xil ekanini ko’rsatadi. Suvning 
naydagi va idishdagi sathi bir xil bo’lganda parda to’liq 
to’g’rilanadi. 
Rezina parda yon tomonidagi teshikni yuqoridagi 
rasmda ko’rsatilgandek bekitib turadigan nay bilan
ham xuddi shunday tajriba o’tkazish mumkin. Agar 
bu suvli nay suvli ikkinchi idishga tushirilsa, naydagi va 
idishdagi suvlarning sathlari tenglashishi bilan pardaning 
to’g’rilanib qolganini payqaymiz. Bu esa suyuqlikning 
rezina pardaga yon tomondan beradigan bosimi ham 
ikkala tomondan bir xil ekanini birdiradi. 
Tubi tushib ketadigan idish olamiz. Uni suvli bankaga 
tushiramiz. Bunda suvning pastdan yuqoriga berayotgan 
bosimi tufayli idish tubi idish chetlariga jips yopishib 
turadi
So’ngra idishga ehtiyotlik bilan suv quyamiz. 
Idishdagi suvning sathi bankadagi suvning sathi bilan 
tenglashganda idish tubi idishdan ajraladi. 
Ajralish paytida idish tubiga yuqoridan idishdagi 
suyuqik ustuni bosadi, pastdan yuqoriga esa banka 
ichidagi xuddi shunday suyuqlik ustuni bosadi. Bu ikkala 
bosim kattalik jihatidan bir-biriga teng, idish tubi esa 
og’irlik kuchi ta’sirida stilindrdan ajraladi. 
Yuqorida suv bilan o’tkazilgan tajribalar bayon etildi, 
ammo suv o’rnida boshqa biror suyuqlik olinganda ham 
xuddi shunday bo’lar edi deb, xulosaga kelish qiyin 
emas. Shunday qilib, suyuqlik ichida bosim mavjud va 
bu bosim ayni bir sathda hamma yo’nalishlar bo’yicha bir-
biriga teng ekanligini tajribalar tasdiqdaydi. Chuqurlik 
oshgan sari bosim ortadi. 
Gazlar bu jihatdan suyuqliklardan hech farq
qilmaydi, chunki ular ham og’irlikka ega. Ammo
shuni esda tushish kerakki, gazning zichligi suyuqlik 
zichligidan bir necha yuz marta kichik. Idishdagi 
gazning og’irligi juda oz va uning «og’irlikdan 
bo’ladigan» bosimini ko’pchilik hollarda hisobga
olmasa ham bo’ladi. 
1. Suyuqlik ichida turli sathlarda bosimning har xil 
bo’lishini, ayni bir sathning hamma yo’nalishlarida esa 
bir xil bo’lishini tajribada qanday qilib ko’rsatish 
mumkin? 2. Gazning og’irligi tufayli hosil bo’lgan 
bosim ko’pchilik hollarda nima uchun e’tiborga 
olinmaydi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling