1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

33. BOSIM. BOSIM BIRLIKLARI 
Yumshoq qor ustida kishi har qadamda qorga botib, 
yurishi qiyinlashadi. Ammo kishi oyog’iga chang’i 
bog’lasa, qorga botmay bemalol yurishi mumkin. Nima 
uchun? Kishi chang’ida yoki chang’isiz turganida qorga 
o’z og’irligiga teng bo’lgan bir xil kuch bilan bosadi. 
Ammo bu kuchning ta’siri bu ikki holda boshqa-boshqa 
bo’ladi, chunki kishi bosib. turgan maydon yuzi 
turlichadir. Chang’i tagining yuzi oyoq kiyimimiz tag 
charmi yuzidan taxminan yigirma marta kattadir. 
Binobarin, kishi chang’ida turganda qorning har bir birlik 
yuziga chang’isiz turgandagiga Qaraganda yigirma marta 
kam kuch bilan bosadi. 
Doskaga gazeta osayotgan o’quvchi har bir knopkani 
bir xil kuch bilan bosadi. Ammo uchi o’tkir bo’lgan 
knopka yog’ochga oson kiradi. 
Shunday qilib, bosim kuchining ta’siri natijasi bu 
kuchning moduligagina emas, balki kuch perpendikulyar ta’sir 
qiladigan sirt yuziga ham bog’liqdir. 
Bunday xulosani tajribalar tasdiqlaydi. 
Kuchning ta’sir natijasi sirtning birlik yuziga qanday 
kuch ta’sir qilishiga bog’liq. 
Ko’rib chiqilgan misollarda kuchlar jism sirtiga 
perpendikulyar ravishda ta’sir qildi. Odamning og’irligi 
qor sirtiga perpendikulyar; knopkaga ta’sir qilgan kuch 
uning sirtiga pyerpendikulyar edi. 
Sirtga perpendikulyar ta’sir qiluvchi kuchning shu sirt yuziga 
nisbatiga teng bo’lgan kattalik bosim deyiladi. 
Binobarin, bosimni aniqlash uchun sirtga perpendi-kulyar 
ta’sir qilayotgan kuchni sirt yuziga bo’lish kerak 


20 
yuz
kuch
bosim

yoki 
S
F
p

, bunda p-bosim, F-
sirtga ta’sir qiyaotgan kuch, S-sirtning yuzi. 
Bosim birligi qilib, 1 N kuch ning 1 m
2
ga bosimi qabul 
qilingan. Bu birlik qisqacha 1
2
m
N
shaklida yoziladi.
Fransiya olimi Paskal sharafiga 1
2
m
N
bosim birligi 
paskal deb atasladi (qisqacha Pa).
Shunday qilib, 
2
1
1
m
N
Pa


Shuningdek, bosim birligi 1 gPa=100 Pa; 1 kPa=1000 
Pa. 
Mi sol. Bolaning massasi 45 kg, botinkasi tag 
charmining yuzi 300 sm
2
. Uning polga beradigan 
bosimini hisoblaymiz. 
kPa
Pa
S
mg
S
F
p
15
15000
03
,
0
8
,
9
45







1.Ta’sir kuchi shu kuch ta’sir etadigan tayanch yuziga 
bog’liq bo’lishini ko’rsatadigan misollar keltiring. 2. 
Nima uchun chang’ida yurgan kishi qorga botib 
ketmaydi? 3. Nima uchun o’tkir uchli knopka o’tmas 
uchli knopkaga qaraganda daraxtga oson kiradi? 4. Ta’sir 
kuchi sirtning yuziga bog’liq bo’lishini qanday tajribada 
ko’rsatish mumkin? 5. Bosim deb nimaga aytiladi? 6. 
Bosim qanday aniqlanadi? 7. Qanday bosim birliklarini 
bilasiz? 
15-mashq 
1. Massasi 6610 kg bo’ l gan gusenistali DT-75M traktori 
ikkala gusenitsasining tayanch yuzi 1,4 m
2
. Shu 
traktorning yerga beradigan bosimini aniqlang. 
2. Odam belkurakka yuqoridan 600 N kuch bilan bosadi. 
Agar belkurakning eni 20 sm, kesuvchi uchining 
qalinligi 0,5 mm bo’lsa u tuproqqa qanday bosim 
ko’rsatadi? 
3. Massasi 45 kg bo’lgan bola changida turibdi. Har 
qaysi chang’ining uzunligi 1,5 m eni 10 sm. Bola qorga 
qanday bosim ko’rsatadi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling