1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

13-mashq 
1. Qo’zgalmas platformada gishtlar bilan bnrgalikda 
massasi 3 t bo’lgan yashik turibdi. Yashik og’irligini va 
og’irlik kuchini hisoblang. 
29. BIR TO’G’RI CHIZIQ BO”YICHA YO’NALGAN 
IKKI KUCHNI QO”SHISH. KUCHLARNING TENG 
TA’SIR ETUVCHISI 
Jismga bir emas, bir necha kuchning bir vaqtda ta’sir 
qilishi kundalik hayotimizda ko’p uchrab turadi. Masalan, 
taxtani arralayotganda arraga og’irlik kuchi, odamning 
muskul kuchi va taxtaning qarshilik kuchi ta’sir qiladi. 
Harakatlanayotgan ke-maga aylanayotgan vintning 
tortish kuchi, suvning va havoning qarshilik kuchlari, 
og’irlik kuchi va suvning itarib chiqarish kuchi ta’sir 
qiladi. Prujinada osilib turgan jismga ikki kuch ta’sir 
qiladi: og’irlik kuchi va prujinaning elastiklik kuchi. 
Shunga o’xshash har bir holda haqiqatan jismga 
qo’yilgan bir necha kuchni o’z ta’siri bo’yicha bu 
kuchlarga teng qiymatli bo’lgan bitta kuch bilan 
almashtirish mumkin. 
Jismga bir necha kuch bir vaqtda ta’sir qilganda-gidek 
ta’sir qiladigan kuch bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi 
deyiladi. 
Bir necha kuchning teng ta’sir etuvchisini topish bu 
kuchlarni qo’shish yoki ularning yigindisini topish 
deyiladi. Qo’shiluvchi kuchlarni boshqacha tashkil 
etuvchi kuchlar ham deyiladi. 
Jismga bir to’g’ri chiziq bo’yicha bir tomonga ta’sir 
qiladigan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisini topamiz.
Tajribaga murojaat qilamiz. Prujinaga og’irligi 1N va 2 
N bo’lgan ikki yukni ustma-ust qilib osamiz (quyidagi 
rasm). Prujina cho’zilgan uzunlikni belgilaymiz. Bu
yuklarni olib, ular o’rniga prjninani o’shancha 
uzunlikka cho’zadigan bitta yuk bilan almashtiramiz
(qyudagi rasm). Bu yukning og’iriligi 3 N ga teng bo’lib 
chiqdi.


17 
Tajribaga asoslanib xulosa chiqaramiz: bir to’g’ri
chiziq bo’yicha bir tomonga yo’nalgan kuchlarning teng 
ta’sir etuvchisi ham o’sha tomonga yo’nalgan bo’lib, uning 
moduli esa tashkil etuvchi kuchlar modullarining yig’indisiga 
teng ya’ni
2
1
F
F
F



Endi bir to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi 
tomonlarga yo’nalgan ikkita kuchning teng ta’sir 
etuvchisini qanday topish kerakligini tushuntiramiz. 
Buning uchun dinamometr stolchasiga og’irligi 5 N 
bo’lgan yuk qo’yamiz (quyidagi rasm). Stolchaga ip 
bog’lab va ipga boshqa dinamometr ilib, yuqoriga 2 N 
kuch bilan tortamiz (quyidagi rasm). 
Bu holda stolchasida yuk bo’lgan dinamometr 3 N 
kuchni ko’rsatadi, bu kuch 5 N va 2 N kuchlarning teng 
ta’sir etuvchisidir, uning moduli tashkil etuvchi kuchlar 
modullarining ayirmasiga teng (3 N = 5 N- 2 N) va katta 
kuch tomonga yo’nalgan. 
Shunday qilib, bir to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi 
tomonga yo’nalgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi 
moduli bo’yicha katta kuch tomonga yo’nal-gan, uning 
moduli esa tashkil etuvchi kuchlar modullarining ayirmasiga 
teng (yuqoridagi rasm). 
1
2
F
F
F


Agar jismga bir-biriga teng va qarama-qarshi tomonga 
yo’nalgan kuchlar qo’yilsa, u holda ularning teng ta’sir 
etuvchisi nolga teng. Masalan, agar biz ko’rgan tajribada 
ipning uchidan 5 N kuch bilan tortilsa, u holda 
dinamometr stryelkasi nolinchi bo’limda turib qoladi. Bu 
holda ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi nolga teng (5 N 
— 5 N = 0). 
Bir-biriga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar ta’siri 
ostida jism tinch turadi yoki to’g’ri chiziadi tekis harakat 
qiladi. 
1. Jismga bir necha kuch ta’sir qilishiga doir misollar 
keltiring. 2. Bir necha kuchning teng ta’sir etuvchisi deb 
qanday kuchga aytiladi? 3. Bir to’g’ri c h i z i q bo’yicha 
bir tomonga yo’nalgan ikki kuchning teng ta’sir 
etuvchisini aniqlash tajribasini aytib bering. Bu teng 
ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? 4. Bir to’g’ri chiziq 
bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikki 
kuchning teng ta’sir etuvchisi nimaga teng? 5. Bir-biriga 
teng va qarama-qarshi yo’nalgan ikki kuch ta’siri ostida 
jism qanday harakatlanadi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling