1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

12-mashq 
1. Massasi 2,5 kg, 800 g, 1,2 t, 50 g bo’lgan jismga ta’sir 
qiladigan og’irlik kuchi qanchaga teng? 
2. Massasi 10 kg; 200 g bo’lgan jismning og’irligi necha 
nyutonga teng? 
3. Odamning og’irligi 800 N. Uning massasi qancha? 
27. DINAMOMETR 
Kuch o’lchanadigan asboblar dinamometrlar deyiladi. 
Prujinali eng oddiy dinamometr quyidagicha yasaladi. Oq 
qog’oz yopishtirilgan taxtachaga ilgakli sterjeni bo’lgan prujina 
mahkamlanadi (quyidagi rasm). 
Sterjenning yuqorigi qismiga ko’rsatkich biriktiri-ladi. 
Ko’rsatkichning prujina cho’zilmagandagi vaziyati qog’ozga 
belgilanadi. Bu nolinchi chiziqcha bo’ladi. So’ng ra 
ilgakka massasi
8
,
9
1
kg, ya’ni 102 g bo’lgan yuk 
osiladi,. Bu yukka 1 N og’irlik kuchi ta’sir qiladi. 1 N kuch 


16 
ta’sirida prujina cho’zi-ladi, ko’rsatkich pastga to’shadi. 
Uning yangi vaziyati qog’ozga belgilanadi va bu 
chiziqcha yoniga 1 raqami qo’yiladi (yuqoridagi rasm). 
So’ngra massasi 204 g bo’lgan yo’q osiladi va 2 raqami 
quyiladi. Bu raqam shunday vaziyatda prujinaning elastiklik 
kuchi 2 N ekanini bildiradi. 306 g yuk yordamida 3 N 
belgisi, 408 g yo’q yordamida 4 N belgisi qo’yiladi va 
hokazo. 
Nyutonning o’ndan bir ulushlariga mos kelgan 0,1; 
0,2; 0,3 N va hokazo bo’limlarni belgilash mumkin. 
Buni prujinaning deformastiyasi qancha ortsa, uning 
elastiklik kuchi shuncha marta ortishiga asoslanib qilish 
mumkin. Buning uchun 0 va 1; 1 va 2; 2 va 3 hokazo 
belgilar orasidagi oralikni 10 ta teng bo’lakka bo’lish 
kerak. 
Darajalangan prujina oddiy dinamometr bo’ladi 
(asbobni darajalash unga bo’limli shkala o’rnatish 
demakdir). Dinamometr yordamida og’irlik kuchinigina 
emas, balki boshqa kuchlarni: ishqalanish kuchini
elastiklik kuchini va hokazolarni o’lchashmumkin.
Kaftni musht qilib qisganda qo’lning mus qo’l kuchini 
o’lchash uchun qo’l dinamometri — kuch o’lchagich 
(quyidagi rasm) qo’llaniladi. 
1. Kuchlar qanday asbob bilan o’lchanadi? Uning 
tuzilishi nimaga asoslangan? 2. Oddiy dinamometr 
qanday qilib yasaladi? 3. 0,1 N ga mos kelgan bo’limlar 
dinamometr shkalasida qanday belgilanadi? 4. Kuch 
o’lchagich nimani o’lchashda qo’llaniladi?
28. KUCH - VEKTOR KATTALIK 
Kuchning jismga ta’siri uning son qiymatiga bog’liq. 
Prujina qanchalik ko’p kuch bilan cho’-zilsa, u 
shunchalik ko’p uzayadi. Ammo kuchning ta’siri 
kuchning yo’nalishiga ham bog’liq bo’ladi. Kuchning 
yo’nalishiga qarab prujina cho’ziladi yoki qisiladi, eshik 
ochiladi yoki yopiladi. 
Son qiymatidan (modulidan) tashqari yo’nalishga ham 
ega bo’lgan kattaliklar vektor kattaliklar deyiladi. 
Kuch — vektor kattalik. 
Vektor kattaliklar ustiga stryelka quyilgan harflar, masa-
lan, 
F

bilan, modul esa ustiga stryelka quyilmagan 
o’sha harflar bilan belgilanadi. 
Jismga ta’sir qiluvchi kuch uning qaysi nuqtasiga 
quyilganligi ham katta ahamiyatga ega. Eshik 
dastasining iloji boricha oshiq-moshiqlardan uzoqroqqa 
mahkamlanishi bejiz emas. Oshiq.-moshiqqa yaqin 
joydagi nuqtadan eshikni itarib ochib ko’ringchi. Bunday 
qilish eshikning dastasidan ushlab ochganga qaraganda 
qiyinroq bo’ladi. 
Yuqorida keltirilgan misollardan quyidagicha xulosa 
chiqarish mumkin: kuchning jismga ko’rsata-digan ta’siri 
uning moduliga, yo’nalishiga va kuch quyilgan nuqtaga 
bog’liq. 
Mi sol. Polda massa si 50 kg bo’lgan unli qop turibdi. 
Qopning og’irlik kuchini va uning og’irligini hisoblaymiz. 
Bu kuchlarni chizmada tasvirlaimiz. Og’irlik kuchi 
jismning o’ziga ta’sir qilishini, og’irlik esa tayanchga 
ta’sir qilishini bilamiz 
N
kg
kg
N
gm
P
F
500
50
8
,
9





1. Kuchning ta’siri uning moduliga, yo’nalishiga va 
qo’yilish nuqtasiga bog’liqligini ko’rsatuvchi misollar 
keltiring. 2. Nima uchun kuch vektor kattalik bo’ladi? 3. 
Kuchlar chizmada qanday tasvirlanadi? 4. Og’irlik kuchi 
va jismning og’irligi chizmada tasvirlanganda nima bilan 
farq qiladi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling