1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

18-mashq 
1. Quyidagi rasmda artezian qudug’ining tuzilishi 
tasvirlangan. Yerning 2 qatlami suvni yaxshi 
o’tkazadigan g’ovak material yoki qumdan tashkil 
topgan. 1 va 3 qatlamlar esa, aksincha, suvni o’tkaz-
maydigan materiallardan tashkil topgan. Bunday 
quduqning ishlashini tushuntirib bering. 
3. Tutash idishlarning bir tirsagiga benzin ikkinchi 
tirsagiga kerosin quyigan. Agar benzin ustunining 
balandligi 70 sm bo’lsa, kerosin ustunining balandligini 
toping.
4. Tutash idishlarning bir tirsagiga sspirt ikkinchi 
tirsagiga simob quyigan. Agar suv ustunining balandligi 
1 m bo’lsa, simob ustunining balandligini toping.
5. Tutash idishlarning bir tirsagiga neft ikkinchi tirsagiga
suv quyigan. Agar neft ustunining balandligi 2 m bo’lsa, 
suv ustunining balandligini toping.
40. HAVONING OG’IRLIGI. ATMOSFERA 
BOSIMI 
Yer sirtidagi havoga, hamma jismlar singari og’irlik 
kuchi ta’sir qiladi, demak havo og’irlikka ega ekan. 
Havo massasini bilgan holda, uning og’irligini hisoblash 
oson.


25 
Havo massasi qanday aniqlanishini tajribada 
ko’rsatamiz. Buning uchun tininli va undan qisqichli 
rezinka nay o’tkazilgan mustahkam shisha shar olib, 
uning ichidagi havo nasos bilan so’rib olinadi va 
tarozida muvozanatga keltiriladi. So’ngra rezinka 
naydagi qisqichni ochib, sharga havo kiritiladi. Bunda 
tarozining muvozanati buziladi. Uni qaytadan 
muvozanatga keltirish uchun tarozining ikkinchi 
pallasiga toshlar qo’yishga to’g’ri keladi, bu toshlarning 
massasi shar hajmidagi havoning massasi ga teng 
bo’ladi. 
Aniq tajribalardan oddiy sharoitda 1 m
3
havoning 
massasi 1,3 kg ga teng ekanligi aniqlangan. Endi 1 m
3
havoning og’irligini aniqlaymiz. 
N
kg
kg
N
mg
P
13
3
,
1
10





Yerni qurshab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. 
Yer sun’iy yo’ldoshlarining uchishini kuzatish 
atmosferaning bir necha ming kilometr balandlikka 
cho’zilganligini ko’rsatadi. Biz ulkan havo okeanining 
tubida yashaymiz. Yer sirti bu oksanning tubidir. 
Og’irlik kuchi ta’sirida havoning yuqorigi qatlamlari 
okeandagi suv kabi pastki qatlamlarni siqadi. Yer sirtiga 
bevosita tegib turgan havo qatlami eng ko’p siqiladi va 
Paskal qonuniga asosan bu bosimni hamma yo’nalishda 
uzatadi. 
Natijada Yer sirti va undagi jismlarga butun havo 
qatlamining bosimi yoki odatda, aytilishicha, atmosfera 
bosimi ta’sir qiladi. 
Turmushda bo’ladigan ko’p hodisalar atmosfera 
bosimi borligi bilan izohlanishi mumkin. Bulardan 
ba’zilarini ko’rib chiqamiz
Quyidagi rasmda ichidagi porsheni devorlariga jips 
tegib turgan shisha nay tasvirlangan. Nayning uchi
suvga tushirib quyilgan. Agar porshen yuqori ko’tarilsa, 
uning ketidan suv ham ko’ tariladi.
Suvning ko’tarilishiga sabab, porshen ko’taril-ganda 
porshen bilan suv orasida havosiz fazoning yuzaga
kelishidir. Tashqi havo bosimi ta’sirida bu fazoga 
porshen ketidan suv kirishga intiladi. 
Yuqoridagi rasmda stilindrik idish tasvirlangan. Idish 
jo’mrakli naycha o’tkazilgan po’kak tiqin bilan 
berkitilgan. Idishdagi havo nasos bilan so’rib olinadi. 
So’ngra naychaning uchi suvga botiriladi. Shundan 
keyin jo’mrak ochilsa, idish ichiga suv fontan bo’lib otilib 
kiradi. Atmosfera bosimi idishdagi siyraklashgan havo 
bosimidan ortiq bo’lgani uchun idishga suv kiradi. 
1. Havo massasini qanday aniqlash mumkin? 2.
1 m

havoning og’irligi nimaga teng. 3. Yer atmosferasi 
deganda nima tushuniladi? 4. Atmosfera bosimi 
nimaning natijasida hosil bo’ladi? 5. Atmosfera bosimi 
mavjudligini tasdiqlovchi tajribalarni bayon eting. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling