1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

41. YERNING HAVO QATLAMINING
 MAVJUDLIGI 
Hamma jismlar singari Yerning havo qatlami tarkibiga 
kiruvchi gaz molekulalari ham Yerga tortiladi. 
Shunday bo’lsa nima uchun ularning hammasi Yer 
sirtiga tushib qolmaydi? Yerning havo qatlami, uning 
atmosferasi qanday qilib saqlanib turadi? Buni tushunib 
olish uchun atmosferani tashkil qiluvchi gaz molekulalari 
uzluksiz va tartibsiz harakatda bo’lishini hisobga olish 
kerak. Unda yana boshqa savol tugiladi: bu molekulalar 
nima chun olam bo’shlig’iga uchib ketmaydi?
Gap shundaki, molekula kosmik kema yoki raketa kabi 
Yerdan butunlay uchib chiqib ketishi uchun kamida 11,2 
s
km
tezlikka ega bo’lishi kerak. Bu ikkinchi kosmik tezlik 
deb ataladigan tezlikdir. Yerning havo qatlamidagi 
molekulalarlarning o’rtacha tezligi bu kosmik tezlikdan 
ancha kam. Shuning uchun havoning ko’pchilik 
molekulalari Yerga og’irlik kuchi ta’sirida “bog’langan” 
bo’ladi.
Molekulalarning tartibsiz harakati va ularga og’irlik 
kuchining ta’sir qilishi natijasida gaz molekulalari Yer 
atrofidagi fazoda erkin havo qatlamini yoki atmosferani 
hosil qilib “kezib” yuradilar.
O’lchashlarning ko’rsatishicha, balandlikning ortishi 
bilan havoning zichligi tez kamayadi. Masalan, Yer 
yuzidan 5,5 km balandlikda havo-ning zichligi uning Yer 
yuzidagi zichligidan 2 marta kichik 11 km balandlikda 4 
marta kichik bo’ladi va hokazo. Yuqorilashgan sari havo 
siyraklasha boradi. Nihoyat, eng yuqori qatlamlarda (Yer 
yuzidan yuzlab, minglab kilometr balandliklarda) 
atmosfera asta-sekin havosiz fazoga o’tadi. 
Atmosferaning aniq chegarasi yo’q.
Qat’iy qilib aytganda, og’irlik kuchi ta’siri ostida 
istalgan yopiq idish ichidagi gazning zichligi idish 
hajmining hamma joyida bir xil emas. Idishning pastki 
qismida gazning zichligi uning ustki qismlari-dagiga 
qaraganda katta, shuning uchun idishdagi bosim ham bir 
xil emas: ustki tomonidagiga qaraganda tubida bosim 
ko’p. Biroq idish ichidagi gazning zichligi va bosimidagi 
bu farq shu qadar ozki, uni ko’p hollarda butunlay 
hisobga olmasa ham bo’ladi. Ammo bir necha ming 
kilometrga tarqalgan atmosfera uchun bu farq ancha 
katta. 
1. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari 
og’irlik kuchi ta’siri ostida nima uchun Yerga tushib 
ketmaydi? 2. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning
molekulalari .hamma tomonga harakatlansa ham, nima 
uchun Yerdan butunlay uzoqlashib keta olmaydi? 3. 
Balandlikning ortishi bilan atmosfera qatlamining zichligi 
qanday o’z-garadi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling