1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

ISH VA QUVVAT. ENYERGIYA 
52. MEXANIK ISH. ISH BIRLIKLARI 
Kunalik hayotda «ish» deb ishchi, injener, olim, 
o’quvchining har qanday foydali mehnatiga aytiladi. 
Fizikada ish tushunchasi birmuncha boshqacha - aniq 
fizik kattalik bo’lib, uni o’lchash uchun maxsus birliklar 
qo’llaniladi. Fizikada hammadan oldin mexanik ish 
o’rganiladi. 
Mexanik ishga misollar ko’rib o’tamiz. 
Toshni qo’lda ko’tarishda qo’lning muskul kuchlari 
mexanik ish bajaradi. Poyezd elektrovozning tortish 
kuchi ta’siri ostida harakatlanadi, bunda mexanik ish 
bajariladi. Miltiqdan o’q otilganda porox gazlarining 
bosim kuchi ish bajaradi -o’qni stvol bo’ylab harakatga 
keltiradi, bunda o’qning tezligi ortadi.
Bu misollardan, agar kuch ta’siri ostida jism 
harakatlansa, mexanik ish bajarilishi ko’rinib turibdi.
Kuch jismga ta’sir qilib (masalan, ishqalanish kuchi), 
uning harakat tezligini kamaytirgan holda ham mexanik 
ish bajariladi. 
Ipga osilib turgan qo’zgalmas yukka og’irlik kuchi 
ta’sir qiladi, ammo yuk siljimaidi, shuning uchun bu 
holda mexanik ish bajarilmaydi. Shkafni joyidan 
qo’zgatish uchun qancha zo’r bermaylik uni joyidan 
siljita olmasak bunda mexanik ish bajarmaymiz. Agar 
kuch bo’lib, siljish bo’lmasa, bu holda ish ham 
bo’lmaydi 
Jism kuch ta’sir qilmasdan (inertsiyasi bilan) harakat 
qilgan holni tasavvur qilishimiz mumkin, bu holda ham 
mexanik ish bajarilmaydi. Jismga kuchning ta’sirisiz ish 
ham bo’lishi mumkin emas. 
Shunday qilib, jismga kuch ta’sir qilganda u 
harakatlansagina mexanik ish bajariladi. 
Bundan buyon biz mexanik ish to’g’risida so’z 
yuritganda uni to’g’ridan-to’g’ri qisqacha ish deb 
aytaveramiz. 
Ishni hisoblay bilish juda muhimdir. Bajarilgan ish 
kuchga va yo’l uzunligiga bog’liq ekaniga tushunib olish
qiyin emas. 
Massasi 1 kg bo’lgan- yukni 1 m balandlikka ko’tardik 
deb faraz qilaylik. Buning uchun biz 9,8 N kuch 
qo’yishimiz kerak bo’ladi. Bunda biz ma’lum miqdorda 
ish bajardik. Xuddi shu balandlikka massasi 5 kg bo’lgan 
yukni ko’tarish uchun 5 marta ortik kuch quyishimiz 
lozim. Bu holda bajarilgan ish ham 5 marta ortik bo’ladi. 
Haqikatan ham, massasi 5 kg bo’lgan yukni 1 m 
balandlikka ko’tarishda bajarilgan ishni massasi 1 kg 
bo’lgan yukni 1 m balandlikka 5 marta ko’tarishda 
bajarilgan ishga teng deb qarash mumkin. 
Endi massasi 1 kg yukni 1 m emas, balki, masalan, 3 m 
balandlikka ko’taraylik. Ravshanki, birinchi, ikkinchi va 
uchinchi metrlar davomida bajarilgan ish bir xil bo’ladi. 
Shu sababli, massasi 1 kg yukni 3 m balandlikka 
ko’targanda bajarilgan ish shu yukni 1 m balandlikka 
ko’targanda bajarilgan ishdan 3 marta katta bo’ladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan misollar mexanik ish kuchga va 
yo’l uzunligiga to’g’ri proporstional ekanligini ko’rsatadi. 
Shuning uchun mexanik ish kuch bilan shu kuch 
yo’nalishida bosib o’tilgan yo’l ko’paytmasi orqali 
o’lchanadi 


33 
l
yo
kuch
ish
'


yoki 
FS
A

, bunda A – ish, F-kuch, s-
o’tilgan yo’l.
Ish birligi uchun 1 N kuchning 1 m ga teng yo’lda bajarilgan 
ishi qabul qilinadi. Ish birligi ishni o’lchash sohasida fan 
uchun muhim tajribalar o’tkazgan ingliz olimi J o u l
sharafiga joul (J deb belgilanadi) deb ataladi . 
1 joul = 1 nyuton 

1 metr yoki 1 J = 1N ∙m. 
1000 J= 1 kJ. 
1-mi sol. Traktor yer haydash vaqtida plugni 10000 N 
kuch bilan tortadi. Bunda 200 m yo’lda qancha ish 
bajariladi? 
A=FS=
2000000
200
10000


J. 
2 - m i s o l . Hajmi 0,5 m
3
bo’lgan granit plitani 20 m 
balandlikka ko’tarishda bajarilgan ishni hisoblang. 
Granitning zichligi 2500
3
m
kg

A=FS, bunda F - plitani bir tekisda ko’tarish uchun 
qo’yilishi kerak bo’lgan kuch. Bu kuch modul ji-hatdan 
plitaga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi F ga teng. 
Og’irlyk kuchini plita massasiga qarab aniqlash 
mumkin: 
mg
F

. Plitaning hajmini va granitning 
zichligini bilgan holda plitaning massasini aniqlaymiz: 
m=
kg
V
1250
5
,
0
2500





S=h, ya’ni ko’tarilish balandligi 
.
245
245000
20
1250
kJ
J
A




1. Mexanik ish bajarish uchun qanday ikkita shart zarur? 
2. Bajarilgan ish qanday ikki kattalikka bog’liq.? 3. Ish 
birligi qilib nima qabul qilingan? 4. Ish birligi 1 joul 
ta’rifini ayting. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling