1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

29-mashq 
1. Balandligi 22 m bo’lgan to’g’ondan 10 minut ichida 
500 t suv oqib tushadi. Bunda qanday quvvat hosil 
bo’ladi? 
2. Yurib ketayotgan kishi 2 soat ichida.10000 qadam 
bosib, har kadamida 40 J ish bajarsa, uning quvvati 
qancha bo’ladi? 
3. Quvvati 100 kVt bo’lgan dvigatel 20 minutda qancha 


34 
ish bajaradi? 
4. Transportyor 1 soat ichida 30 m
3
qumni 6 m 
balandlikka ko’taradi. Bu ishni bajarish uchun zarur 
bo’lgan dvigatel quvvatini aniqlang. Qumning zichligi 
1500
3
m
kg
54. ODDIY MEXANIZMLAR 
Qadim zamonlardan beri odamlar mexanik ish bajarish 
uchun turli moslamalardan foydalanib keladilar. 
Bevosita qo’l bilan siljitib qo’yish mumkin bo’l-magan 
og’ir buyumlarni (tosh, shkaf, stanok) yetar-licha uzun 
va mustahkam tayoq - richag yordamida joyidan 
qo’zg’atish oson ekani hammaga ma’lum. 
Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda 
piramidalar qurilishida og’ir tosh plitalarni richaglar 
bilan joydan-joyga siljitishgan va ancha balandga 
ko’tarishgan. 
Ko’p hollarda og’ir yukni biror balandlikka ko’tarish 
o’rniga uni shu balandlikka qiya tekislik bo’yicha 
dumalatib yoki sudrab olib chiqadilar blok yordamida 
ko’taradilar.
Kuchni o’zgartirishga xizmat qiladigan moslamalar 
mexanizmlar deb ataladi. Richag va uning turlaridan - b l 
o k, cig’iriq; qiya tekislik va uning turlaridan - pona va 
vint oddiy mexa-nizmlardir. Ko’p hollarda oddiy 
mexanizmlar kuchdan yutishda, ya’ni jismga ta’sir 
etayotgan kuchni bir necha marta orttirishda qo’llaniladi. 
Turmushda, shuningdek zavod va fabrikadagi katta-
katta po’lat taxtalarni kesadigan, buraydigan va 
shtamplaydigan yoki juda ingichka iplarni cho’zib, 
undan mato tayorlaydigan hamma murakkab 
mashinalarda ham oddiy mexanizmlar bor. Bu 
mexanizmlarni zamonaviy murakkab avtomatlarda 
bosma va hisoblash mashinalarida ham uchratish 
mumkin
Oddiy mexanizmlar ishi bilan tanishgach, murakkab 
mashinalar tuzilishini bilib olish ham oson bo’ladi. 
1.Oddiy mexanizm deb nimaga aytiladi? 2. Oddiy 
mexanizmlar nima maqsadda qo’llaniladi?

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling