1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

28-mashq 
1. Quyida keltirilgan hollardan qaysilarida mexanik ish 
bajariladi: bola daraxtga chiqmokda; qizcha pianino 
chalmoqda; kishi qopdagi donni yelkasida ko’tarib 
turibdi; ishchi yelkasi bilan eshikni itarib turibdi; suv 
idish devoriga bosmoqda. 
2. Sillik gorizontal muz ustida po’lat sharcha dumalab 
ketmoqda. Sharchaning harakatiga qarshilik (muzga 
ishqalanish, havoning qarshiligi) yo’q deylik. Bunda ish 
bajariladimi? 
3. Ko’tarish krani yordamida massasi 2500 kg bo’lgan yo’q 
12 m balandlikka ko’tarildi. Bunda qancha ish bajarilgan? 
4. Massasi 20 t bo’lgan gidravlik bolg’a 120 sm 
balandlikka ko’tarilganda qancha ish bajariladi? 
5. Elektrovoz massasi 3000 t bo’lgan sostavni uzunligi 5 
km bo’lgan gorizontal yo’lda bir tekisda harakatlantirib 
bormoqda. Agar ishqalanish kuchi sostav og’irligining 
0,003 qismini tashkil etsa, elektrovoz yo’lning shu 
qismida bajargan ishini aniqlang. 
53. QUVVAT. QUVVAT BIRLIKLARI 
Bir xil ishni turli dvigatellar bajarishi uchun turlicha vaqt 
talab qilinadi. Masalan, qurilishdagi ko’tarish krani 
binoning yuqorigi qavatiga bir necha yuz g’ishtni bir necha 
minutda ko’tarib chiqaradi. Agar shu g’ishtlarni ishchi 
ko’tarib chiqqanda edi, buning uchun butun bir ish kuni 
ishlashga to’g’ri kelardi. Ikkinchi misol. 1 gektar yerni ot 
10—12 soatda haydaydi. Ko’p lemexli plug tirkalgan 
traktor esa xuddi shu ishni 40—50 minutda bajaradi. 
Ko’tarish krani bir ishning o’zini ishchiga qaraganda 
tezroq traktor esa otga qaraganda tezroq bajarishi 
ko’rinib turibdi. Ish bajarish tezligi texnikada quvvat deb 
atalgan maxsus kattalik bilan xarakterlanadi. 
Quvvat ishni, uni bajarishga ketgan vaqtga nisbatiga 
teng. 
Quvvatni hisoblash uchun ishni bu ishni bajarish-ga 
ketgan vaqtga bo’lish kerak: 
vaqt
ish
quvvat

yoki 
t
A
N

, bunda N –quvvat, A-ish, 
t-ishning bajarilish vaqti.
Quvvat birligi 1 s da 1 J ish bajara oladigan quvvat 
qabul qilingan.
Bu birlikni, bug’ mashinasini kashf etgan ingliz olimi 
Yatt sharafiga vatt (Vt deb belgilanadi) deyiladi. 
Shunday qilib, 
sekund
joul
vatt
1
1
1

yoki 
s
j
Vt
1
1
1

Texnikada quvvatning bir muncha yirik birliklari 
kilovatt (kVt), megavatt (Vt) ko’p qo’llaniladi.
1kVt=1000 Vt; MVt=1000000 Vt
Misol. Tushish balandligi 25 m va minutiga 120 m
3
suv sarflanadigan to’g’on orqali tushayotgan suv oqimi 
quvvatini toping. 
Oldin ish ni topamiz. 




Vgh
mgh
FS
A

J
30000000
25
10
120
1000






MVt
Vt
t
A
N
5
,
0
500000
60
30000000




Turli dvigatellar kilovattning yuzdan va o’ndan bir 
ulushlaridan tortib (elektr ustara, tikuv mashinasi 
dvigatellari) bir necha yuz ming kilovatt (suv va bug’ 
turbinalari) quvvatga ega bo’ladi. Har bir dvigatelda 
jadvalcha (dvigatelning pasporti) bo’ladi, unda dvigatel 
haqida ayrim ma’lumotlar, jumladan, uning quvvati 
ko’rsatilgan bo’ladi. 
Normal sharoitda ishlab turgan odamning quvvati 
o’rtacha 70—80 Vt ga teng. Sakrayotganida, narvonga 
chopib chiqishda odam quvvatini 730 Vt gacha, ayrim 
hollarda esa bundan ham oshirishi mumkin. Dvigatel 
quvvatini bilgan holda biror vaqt oralig’ida bu dvigatel 
bajargan ishni hisoblash mumkin. 
M i s o l. Uy ventilyatorining dvigateli 35 Vt quvvatga 
ega. U 10 minutda qancha ish bajaradi? 
kJ
J
Nt
A
21
21000
600
35






1. Quvvat nimani ko’rsatadi? 2. Quvvatni ish va vaqtni 
bilgan holda qanday hisoblash mumkin? 3. Quvvat 
birligi deb nimaga aytiladi? 4. Texnikada quvvatning 
qanday birliklari qo’llaniladi? 5.Quvvatni va ish vaqtini 
bilgan holda ishni qanday hisoblash mumkin? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling