1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

31-mashq 
1. Ko’char blok yordamida yuk 1,5 m balandlikka 
ko’tarildi. Bunda arqonning bo’sh uchidan qancha 
uzunlikda tortilgan? 
2. Ko’char blok yordamida yuk 7 m balandlikka 
ko’tarildi. Yukni ko’tarishda ishchi arqonning uchidan 
160 N kuch bilan tortgan bo’lsa, bu yukni ko’tarishda u 
qancha ish bajargan? Agar ishchi bu yukni 7 m 
balandlikka bloksiz ko’tarsa, u qancha ish bajaradi? 
(Blokning og’irligini va ishqalanish kuchini hisobga 
olmang). 
3. Yo’ldan yutish uchun blokdan qanday foydalanish 
kerak? 
4. Kuchdan 4 marta, 6 marta yutish uchun kuchmas va 
ko’char bloklarni bir-biriga qanday birlashtirish 
mumkin? 
58MEXANIZMNING FOYDALI ISH 
KOEFFITSIYENTI 
Richagning tuzilishi va ishlashini ko’rib chiqqanda biz 
ishqalanishni, shuningdek richag og’irligini hisobga 
olmadik. Bu juda yaxshi (ideal) sharoitda qo’yilgan 
kuchning bajargan ishi (bu ishni butun ish deb ataymiz) 
yukni ko’tarishda yoki biror qarshilik-ni yengishda 
bajarilgan foydali ishga tengdir. 
Amalda mexanizm yordamida bajarilgan butun ish 
foydali ishdan hamma vaqt bir oz ortiq bo’ladi. Ishning bir 
qismi mexanizmdagi ishqalanishni yengish va uning ayrim 
qismlarini siljitishga sarf bo’ladi. Masalan, yukni 
ko’tarishda ko’char blok qo’llanil-ganda, blok va arqonni 
ko’tarish hamda blok o’qidagi ishqalanishni yengish 
uchun qo’shimcha ish bajarishga to’g’ri keladi. 
Biz qanday mexanizm olmaylik uning yordamida 
bajarilgan, foydali ish kamma vaqt butun ishning faqat 
bir qisminigina tashkil qiladi. Demak foydali ishni A
f
bilan, butun ishni A bilan belgilab, quyida-gini yozish 
mumkin: 
A
f
1

A
A
f

Foydali ishning butun ishga nisbati mexanizmning foydali 
ish koeffistiyenti deb ataladi. 
Foydali ish koeffistenti qisqacha FIK deb
belgilanadi:
A
A
FIK
f


FIK odatda prostent hisobida ifoda qilinadi: 
%
100


A
A
FIK
f

M i s o l. Richagning qisqa yelkasiga massasi 100 kg 
bo’lgan yuq osib qo’yilgan. Uni ko’tarish uchun uzun 
yelkasiga 250 N kuch quyildi. Yuk h
1
= 0,08 m 
balandlikka ko’tarildi, bunda harakatlantiruvchi kuch 
qo’yilgan nuqta h
2
=0,4 m qadar pasaydi. Richagning 
FIK ni toping. 
A
f
=100∙10∙0,08=80J A=100∙10∙10=100 J 
%
80
100
100
80
%
100





A
A
FIK
f

1.Qanday ish foydali ish deb, qaysi biri butun ish deb 
ataladi? 2. Og’ir yuklarni ko’tarish va boshqa 
qarshiliklarni yengishda mexanizmlardan 
foydalanganimizda nima uchun foydali ish butun ishga 
teng bo’lmaydi? 3. Mexanizmning foydali ish 
koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi? 4. FIK birdan katta 
bo’lishi mumkinmi? Javobingizni asoslab bering. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling