1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

32-mashq 
1. Massasi 100 kg bo’lib, 10 m balandlikda turgan jism 
Yerga nisbatan qanday potensial enyergiyaga ega 
bo’ladi? 
2. Qoziq qoqishda qo’llaniladigan kopyor to’qmog’-
ining massasi 500 kg bo’lib, 10 m balandlikdan 
tushmoqda. 4 m balandlikda bolg’aning potensial 
enyergiyasi qancha bo’ladi? Uning bajargan ishi 
nimaga teng? 
3. Har bir kub metr suv daryoning qaysi yerida- uning 
boshidami yoki quyilishidami-ko’proq potensial 
enyergiyaga ega bo’ladi? Javobingiz-ni asoslab bering. 
4. Qaysi daryoda –tog’lik joydagi daryodami yoki 
tekislikdagi daryodami-har bir kub metr oqar suv 
ko’proq kinetik enyergiyaga ega bo’ladi? 
5. Nurek GES dagi suvning tushish balandligi 275 metrga 
teng. GESning bitta turbinasi orqali har sekundda 155 m
3
suv o’tadi. Turbinada 1 s da qancha enyergiya sarf 
bo’ladi? Agar uning elektr quvvati 300 MVt ga teng 
bo’lsa, turbinaning FIKi qanchaga teng? 
61. MEXANIK ENYERGIYANING BIR TURINING 
IKKINChI TURIGA AYLANISHI 
Tabiatda, texnikada va turmushda hamisha mexanik 
enyergiyaning bir turining boshqa turga: potensial 
enyergiyaning kinetik enyergiyaga va kinetik 
enyergiyaning potensial enyergiyaga aylanishini 
kuzatish mumkin.
Mexanik enyergiyaning bir turini ikkinchisiga aylanish 
hodisasasini quyidagi rasmda tasvirlangan asbobda 
kuzatish juda qulay. Ipni o’qqa o’rab, asbobdagi diska 
yuqori ko’tariladi. Yuqori ko’tarilgan diska ma’lum 
miqdorda potensial enyergiyaga ega bo’ladi. Agar u 
qo’yib yuborilsa, aylanib pastga tusha boshlaydi. 
Tushgan sari diskaning potensial enyergiyasi kamaya 
boradi, ammo shu bilan bir vaqtda uning kinetik 
enyergiyasi ortadi. Tushishning oxirida diska shunday 
kinetik enyergiya zahirasiga ega bo’ladiki, buning 
natijasida u yana qaytadan deyarli dastlabki balandligiga 
ko’tarilishi mumkin. Diska yuqori ko’tarilgach yana 
tushadi, so’ngra yana ko’tariladi. Bu tajribada diskaning 
pastga tomon harakatida uning potensial enyergiyasi 
kinetik enyergiyaga aylanadi, yuqoriga tomon harakat 
qilganda uning kinetik enyergiyasi potensial enyergiyaga 
aylanadi. 
Enyergiyaning bir turining ikkinchi turiga o’tishi biror 
ikkita elastik jismning bir-biriga urilishida, masalan, 
rezinka koptokning polga yoki po’lat sharchaning po’lat 
plitaga urilishida yuz beradi. 
Agar po’lat plita ustida po’lat sharchani ko’tarib turib 
qo’yib yuborsak (yuqoridagi rasm), sharcha pastga tusha 
boshlaydi. Sharcha tushgan sari uning potensial 
enyergiyasi kamaya boradi, kinetik enyergiyasi ortadi, 
chunki sharchaning harakat tezligi ortadi. Sharcha 
plitaga kelib urilganda sharcha ham, plita ham siqiladi, 
bunda sharchaning kinetik enyergiyasi siqilgan plita va 
siqilgan sharchaning potensial enyergiyasiga aylanadi. 
So’ngra elastiklik kuchlari ta’siri natijasida plita va 
sharcha o’zining dastlabki shakliga keladi, sharcha 
plitadan sakrab ketadi, ularning potensial enyer-giyasi 
qaytadan sharchaning kinetik enyergiyasiga aylanadi: 
bunda sharcha plitaga urilish paytida qanday tezlikka ega 
bo’lgan bo’lsa, shunga teng tezlik bilan yuqoriga sakrab 
ketadi. Yuqoriga ko’tarilish vaqtida sharchaning tezligi, 
demak uning kinetik enyergiyasi kamayadi, potensial 
enyergiyasi esa ortadi. Sharcha plitadan sakrab ketganda
avval qanday balandlikdan tushgan bo’lsa, deyarli o’sha 
balandlikka ko’tariladi. Ko’tarilishning eng yuqori 
nuqtasida uning butun kinetik enyergiyasi yana qaytadan 
potensial enyergiyaga aylanadi. 
Tabiat hodisalarida, odatda, enyergiyaning bir turining 
ikkinchisiga aylanishi yuz beradi.
Enyergiya bir jismdan ikkinchisiga ham o’tishi 
mumkin. Masalan, kamalakdan o’q otilganda tarang 


39 
tortilgan kamalak ipining potensial enyergiyasi, uchib 
ketayotgan kamalak o’qining kinetik enyergiyasiga 
o’tadi.
1. Mexanik enyergiyaning bir turining ikkinchi turiga 
aylanishini tajribada qanday ko’rsatish mumkin? 2. 
Suvning to’g’ondan tushishida enyergiyaning qanday 
aylanishlari yuz beradi? 3. Po’lat sharchaning po’lat 
plitaga urilishida enyergiyaning qanday aylanishlari yuz 
beradi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling