1. Telefon aloqa vositalarida poyezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan du-50 blankasi


Download 72.67 Kb.
bet2/13
Sana09.06.2023
Hajmi72.67 Kb.
#1475172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-laboratoriya (1)

5. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) peregonni boshqa poyezd band etib turgan paytda poyezdni jo‘natish to‘g‘risida so‘rov yuborish;
b) qo‘shni stansiyadan poyezdni qabul qilishga roziligi to‘g‘risida (1 yo‘llik peregonlarda) yoki avval jo‘natilgan poyezd yetib borganligi to‘g‘risida (2 yo‘llik peregonlarda) poyezd telefonogrammalarini qabul qilmasdan turib, DU-50 blankalarini to‘ldirish;
v) jo‘natilayotgan telefonogrammalarini poyezd telefonogrammalari jurnaliga yozishdan oldin va DSP ning imzoisiz uzatish.


6. DU-50 blankasi mashinistga qo‘shni stansiyaning kirish signaligacha, poyezd noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilganda va kirish signali mavjud bo‘lmaganda - "Stansiyaning chegarasi" signal belgisigacha harakatlanish xuquqini beradi.
Poyezdlarning to‘xtovsiz harakatida DU-50 blankalari lokomotivga qo‘lda uzatkichga solinib va odatda, stansiya navbatchisi xonasi tomonidan uzatilishi mumkin.


7. Poyezd chiqish signali mavjud yo‘ldan jo‘natilganda, DU-50 blankasi bo‘lgan taqdirda, yopiq signalni o‘tishga yozma ruxsatnoma berish talab qilinmaydi.


8. Poyezd 2 lokomotiv yoki peregonning boshdan oxirigacha suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, DU-50 blankasi yetakchi lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi.
Poyezd peregonning 1 qismida suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, DU-50 blankasi suruvchi mashinistiga ham taqdim etiladi.

ПОЕЗД ТЕЛЕФОНОГРАММАЛАРИ ЖУРНАЛИНИ ЮРИТИШ ТАРТИБИ



1. Poyezdlar telefon aloqasi bo‘yicha harakatlanganda, har bir stansiyada poyezd telefonogrammalari jurnali yuritiladi.
Poyezd telefonogrammalari jurnali bo‘yicha istalgan har bir paytda tegishli peregonning (yoki peregonning yo‘li) bo‘sh yoki band ekanligi yaqqol ko‘rinishi kerak.


2. Bir yo‘llik peregonlarni chegaralovchi stansiyalarda bitta jurnal tutiladi. Jurnalning chap betlarida bir peregonga, o‘ng betlarida esa - ikkinchi peregonga taalluqli bo‘lgan telefonogrammalar yoziladi.
Bir yo‘llik peregonlarni chegaralovchi berk yo‘ldagi stansiyalarda poyezd telefonogrammalari betlarga bo‘linmasdan ketma-ket tartibda yoziladi.



Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling