1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Download 50.54 Kb.
bet2/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi mundarija, kirish, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar

O‘zbek tilida esa sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son; 2) tartib son.3 Turkiy tillarda tartib sonlarning asosiy modellari oldindan orqaga qarab hosil qilinadi. Qadimgi turkiy til va uyg‘ur tilida orqadan oldinga ( 13 - üč yigirmi), qirg‘iz tili shevasida ( 39- bir kam qirq ) o‘ziga xos ko‘rinishlarda uchraydi. Chuvash tilida tartib sonlar miqdor sonlarning to‘liq shakliga -meš(-leš) - affiksini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi, masalan, perremeš “birinchi”, ikkeleš “ikkinchi” va h.k. Tartib sonlar sanoq sonlar singari mavhum miqdor ma’nosini emas, balki aniq miqdor ma’nosini anglatadi, chunki ular doim ma’lum bir predmet bilan bog‘lanib kelib, shu predmet va shu predmet sirasiga kiradigan boshqa predmetlarning tartibini, joylanish o‘rnini anglatadi.4
Hozirgi turkiy tillarda tartib son hosil qiluvchi bir necha shakllar mavjud:
1) tartib son hosil qiluvchi eng faol qo‘shimcha o‘zbek tilidagi - ichi//-inchi qo‘shimchalarining turli shakllari ( -ichi//-unchi, -iji//-unji, -inshi//-unshu, -ichi//-inchu bo‘lib, bu qo‘shimchalar deyarli hamma turkey tillarda son negizlariga qo‘shilib tartib sonlar hosil qiladi: ozarb. uchunju, oltoy. ekinchi, boshqird. osonso, gagauz ilkinji (birinchi), qozoq. ortanshi, turk. bashinji kabi;
2) -mesh//-mas faqat Chuvash tilidagina uchraydi: sekkermesh – sakkizinchi, toxxermash –to‘qqizinchi kabi; 3) –lamchi va uning turli shakllari turli turkiy tillarda mavjud: uchlamchi, beshlamchi kabi; 4) –ku//-ki, -gu//-gi qo‘shimchasi faqat tuva tilidagina ma’lum: birchi- birinchi, usku- uchinchi, beshki – beshinchi, aldugu - oltinchi kabi; 5) - dugar ( mo‘g‘ul tilida “nomer” ma’nosidagi dugar so‘zining affikslashgan shakli) qo‘shimchasi orqali tartib son hosil qilinishi ham faqat tuva tilida uchraydi: bir dugar -birinchi, uc dugar – uchinchi, aldu dugar - oltinchi kabi.
Turkiy tillarda tartib sonlarni hosil qilishning yana bir nechta affiksal usullari mavjud.
Grammatik son kategoriyasi odatda, birlik va ko‘nlik shakllarining oppozitsiyasidan tashkil topadi. Turkiy tillarda ko‘plik -lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin bu shakl chuvash tilida yo‘q. Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi. Masalan, kitob, daraxt so‘zlari yakka kitob, daraxtni ham, kitob, daraxtlar yig‘indisini ham ifoda eta oladi. Shunga asoslanib, ba'zi tadqiqotchilar -lar affiksi qo‘shilmagan shaklni noaniq son shakli deb hisoblaydilar (36:80). Ko‘plik shakli -lar faqat ot turkumidagi so‘zlarga emas, balki barcha mustaqil so‘z turkumlariga ham qo‘shilib keladi. Ko‘plikning takror vositasida ifoda etilishi ham turkiy tillarda keng tarqalgan: o‘zbekcha: dasta-dasta gul, no‘g‘oycha shay-pay (choy-poy).
Shuni aytish kerakki, turkiy bobo til davridan mavjud bo‘lgan jamlikni bildiruvchi ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:26 -z,-l,-m,-n,-r,-s,-ch,-sh ko‘rsatkichlari qo‘llanilgan. -lar affiksi nihoyatda kam ishlatilgan. Jamlik ko‘plikni ifodalovchi

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling