1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Download 50.54 Kb.
bet10/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Hisob so‘zlar ( numerativlar ).

Hisob so‘zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko‘rsatmay, shu narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun ishlatiladi. Hisob so‘zlari, asosan, ot turkumidagi so‘zlardan iborat bo‘ladi: dona, nusxa, tup, nafar, qisim. Qadimgi turkiy tilda faol ishlatilgan hisob so‘zlari: qadaq, jan, tanab, gaz, sarjin, batman, paysa, taxta, enlik, taš, pud, mahal ( vaqt ), yumalaq, yarmaq va h.k. Bu numerativlardan ayrimlari hozirgi turkiy tillarda, bir qator o‘zbek shevalarida ishlatiladi.27 Turkiy tillarda keyingi davrlarda boshqa tillardan kirib kelgan hisob so‘zlari qo‘llanmoqda: mehnat kuni, gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, metr, kilo, minut, gradus, sentner, ekzemplyar va h.k.
Shuningdek, hisob so‘zlarining tarixiy variantlari ham mavjud:28

T/r

O‘lchov turlari o‘lchov so‘zlar
( hozirgi )

Tarixiy o‘lchov so‘zlari


1.

Og‘irlik o‘lchovlari milligram, gramm, kilo
( gramm ), litr, tonna,
sentner

misqol, botmon, paysa, dahsar


2.

Uzunlik o‘lchovlari millimetr, santimetr,
ditsimetr, kilometr

chaqirim,qarich, yog‘och, gaz, qalam


3.

Donalik o‘lchovlari dona, bosh, nafar, tup

dona, bosh, nafar


4.

Maydon o‘lchovlari sotix, gektar

Tanob



Xulosa
Qadimda turkiy xalqlar soni jihatdan qariyb 65 taga yetgan bo‘lsa, bugungi kunda jahonda 30 dan ortiq o‘z yozuviga ega turkiy xalq borligi aniqlangan. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning ko‘pchiligi Osiyo qit’asida istiqomat qiladi. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy, balqar, qumiq, no‘g‘oy, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq kabilar. Turkiy tillarning agglyutinativ jihatdan bir xil bo‘lganligi uchun ham grammatikasi ham, leksikologiyasi hamda fonetikasi ham deyarli o‘xshash. Men turkiy tillarda son so‘z turkumini o‘rgandim. Ushbu so‘z turkumi deyarli barcha turkiy tillarda o‘xshash ekan, deyarli o‘xshash turlarga ajratilgan. Zamonaviy tilshunoslikda ham, qadimgi tilshunoslikda ham ushbu hodisani kuzatishimiz mumkin. Turkiy tillarning morfemikasi – ya’ni affikslar qo‘shish usuli ham deyarli bir xil. Shuningdek, fonetikasi ham deyarli o‘xshash. Men ushbu tillardagi sonlarni kuzatib, shu xulosaga keldimki, o‘zbek tiliga eng yaqinrog‘i bu - uyg‘ur tili ekan fonetik jihatdan. So‘z turkumining ko‘rinishi bo‘yicha tuva, oltoy, yoqut, xakas, chuvash tillari boshqa tillardan farq qilarkan son Ammo tartib sonlar deyarli barcha turkiy tillarda bir xil ekan. Ammo turk tili grammatikasi zamonaviy tilshunosligida o‘zbek tilidan farqli o‘laroq, tartib sonlar asliy sifat sifatida talqin qilinar ekan.
Ushbu kurs ishini yozish davomida son so‘z turkumining turkiy tillardagi farqi va o‘xshashliklarini ancha chuqur o‘rgandim va kuzatishlar davomida yuqoridagi bir nechta xulosalarga keldim.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling