1. Turkiy tillarda sonning ma’no turlari. Tartib sonlar Miqdor son va ularning turlari. Hisob so‘zlar


Oltmish ( 60 ) soni turkiy tillarda: ozarb., turkm., qr.tat., tat., boshq. altmïsh


Download 50.54 Kb.
bet8/11
Sana21.11.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1792955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiy tillarda son so‘z turkumi

Oltmish ( 60 ) soni turkiy tillarda: ozarb., turkm., qr.tat., tat., boshq. altmïsh, qum. altmush, uyg‘. altmish, qirg‘. altumïsh, qoz., q.qalp., no‘g‘. alpïs, chuv. ultäl, xak., shor. alton, yoq. altaon, olt. altan, tof. artlon, tuv. aldan kabi.
Qadimgi bobotilda altïmïsh shaklida edi. Oltmish sonining bobotilning keyingi turkiy til davridagi ikkinchi shakli altï o:n ~ alta o:n. Analogiya bo‘yicha altïo:ndagi o:n ( 10 ), mïsh//mäl elementini esa tadqiqotchilar o‘n bilan bog‘laydular. M. Ryasyanen fikricha, oltmish sonidagi alt - o‘tgan zamon shakli bo‘lib, olmoq, olishga majbur qilmoq, degan ma’noni bildiradi. B. Munkachi esa -mïsh elementini avestacha va pahlaviycha mas ( ko‘p ) bilan bog‘laydi. 15
Etmish soni turkiy tillarda: tur., ozarb., turkm., qar., qum. yetmish, uyg‘. yätmish, boshq. yetmesh, no‘g‘. yetpes, tat. jitmish, q.balq., yetmish, qirg‘. jetimish, qoz., q.qalp. jetpis, chuv. sitmäl, xak. cheton, shor. chetton, tuv. chedon, tof. chedän kabi. Etmish sonining arxetipi yätimish bo‘lgan. Bu sonning ikkinchi arxetipi bobotil davrida yätäo:n tarzida bo‘lgan. Keyinchalik bobotilda yäteo:n ~ yätio:n shakliga ega edi. M. Ryasyanen yetmish sonini yet ( yetmoq ) fe’lining o‘tgan zamonlaridan birining otlashgan formasi deb hisoblaydi. Sakson sonining turkiy tillardagi shakllari: o‘rx.en., q.uyg‘., säkir on, uyg‘., ozarb. säksän, tur., qar., q.balq., qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘. seksen, tat. siksän, boshq. hikhän, olt. sigezen, xak. sigezon, shor. segizon, tuv. sezen, tof. seъhezon kabidir.
Turkiy bobotil davri uchun säkiz o:n arxetipi xosdir. Demak, sakson so‘zi etimologiyasi sakkiz+o‘n. To‘qson sonining turkiy tillarda ifodalanishi quyidagicha: o‘rx., q.uyg‘. toquzon, qum., q.balq., qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘., uyg‘. toqsan, tat. tuqsan, boshq. tuqhan, olt., shor., xak., tog‘uzon, yoq. tog‘uzuon, tuv. tozan, tof. toъozon. Qadimgi bobotilning oldingi davrida toqozo:n, keyinchalik doqozo:n shaklida bo‘lgan. Yuz ( 1000 ) sonining turkiy tillarda ifodalanishi: o‘rx.en, q.uyg‘., tur., ozarb., turkm., uyg‘. yuz, tat., no‘g‘. yoz, q.balq., qirg‘., qoz., q.qalp. jüz, olt. düs, tuva., xak., shor., tof. chüs, yoq. sü:s, chuv. sär kabi. G. Ramsted yuz sonini yü- yuklamasi fe’li bilan bog‘laydi.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling