11-Mavzu: Gaz-qattiq tizimlarni ajratish uchun apparatlar Reja


Elektr maydon kuchlanganligining sxemasi


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana24.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1796636
1   2   3
Bog'liq
11 mavzu

Elektr maydon kuchlanganligining sxemasi
Agar elektr maydon kuchlanganligini 10000V dan oshirsaq ion va elektronlar kinetik energiyasi shunchalik kattalashadiki, xarakat yo‘lida uchragan gazning barcha neytral molekulalarini musbat ion va erkin elektronlarga parchalaydi. Yangidan xosil bo‘lgan zaryadlar xam o‘z xarakat yo‘nalishida gazlarni ionizatsiyaga duchor qiladi. Natijada to‘xtovsiz ravishda ion xosil bo‘ladi va xamma gaz ionizatsiyalanadi. Bunday jarayon zarbali ionizatsiya deb nomlanadi.
Gaz to‘liq ionizatsiyaga uchraganda, elektrodlar orasida elektr razryadi paydo bo‘lishi uchun sharoitlar yaratiladi. Agar, elektr maydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, uchqun sakrab o‘tishi, keyin esa elektr o‘tishi va elektrodlar qisqa tutashuvi bo‘lishi mumkin. Bunday xodisalar oldini olish uchun turli jinsli elektr maydoni hosil qilinadi.
Buning uchun, truba o‘qidan yoki ikki parallel plastinalar orasida tortilgan ingichka simlar ko‘rinishida elektrod yasaladi.
Sim oldida elektr maydon kuchlanganligi juda yuqori bo‘lib, truba yoki plastina tomonga yaqinlashgan sari kamayib boradi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, truba yoki plastina oldidagi maydon kuchlanganligi shundayki, uchqun va elektr o‘tish xodisalari ro‘y bermaydi. To‘liq ionizatsiyaga oid maydon kuchlanganligida elektrodlar orasida "tojli" razryad xosil bo‘ladi. Bunda butunlay ionizatsiyaga uchragan gaz qatlami cho‘g’lanib, nur va charsillangan ovoz chiqaradi. "Toj" xosil qiladi gan elektrod "tojli" elektrod deb nomlanadi. Truba yoki plastina ko‘rinishidagi qarama - qarshi zaryadlangan elektrod - cho‘ktiruvchi elektrod deb ataladi.
"Tojli" elektrod manfiy, cho‘ktiruvchi esa - musbat qutbga ulanadi.
Bunday xolatlarda elektrodlarga juda yuqori kuchlanish berish mumkin. "Toj" xosil bo‘lishi bilan ikkala ishorali ion va erkin elektronlar paydo bo‘ladi. Elektr maydon kuchlanganligi ta’sirida ionlar "tojli" elektrod tomon xarakat qiladi va unda neytrallanadi.
Manfiy ion va erkin elektronlar cho‘ktiruvchi elektrod tomon yo‘naladi. Yo‘l-yo‘lakay chang va tomchilar bilan to‘qnashib, ularga o‘z zaryadini o‘tkazadi va cho‘ktiruvchi elektrod tomon olib ketadi. Natijada chang yoki tuman zarrachalari shu elektrodda cho‘kadi. Gazdagi chang zarrachalarining asosiy qismi manfiy zaryadlanadi, chunki musbat ionlarga qaraganda xarakatchan manfiy elektron va ionlar cho‘ktiruvchi elektrodga yetguncha katta masofani bosib o‘tadi. Shuning uchun xam, gazdagi zarrachalar bilan ularning to‘qnashish extimoli katta. Faqat "tojli" elektrod atrofidagi musbat zaryadlangan ionlar bilan to‘qnashganda, chang yoki tuman zarrachalarining kichik bir qismi "tojli" elektrodda cho‘kadi. Manfiy zaryadlangan ionlar, chang yoki tuman zarrachalari cho‘ktiruvchi elektrodga yetganda, unga o‘z zaryadini beradi va og’irlik kuchi ta’sirida cho‘kadi. Bunday cho‘ktirish jarayoni elektrofiltrda olib boriladi.
Elektrodlarga o‘tirib qolgan chang zarrachalarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida, vaqgi-vaqgi bilan elektrodlarga o‘tirib qolgan zarrachalar silkitib tushiriladi yoki elektrofiltrga kiritilishdan avval changli gaz namlanadi (o‘tkazuvchanligini oshirish uchun). Lekin, gazning temperaturasi shudring nuqtasidan pasayib ketishi mumkin emas.Changli gazlar tarkibidagi qattiq zarrachalarni elekgr maydoni ta’sirida tozalash, boshqa usullarga qaraganda ko‘pgina afzalliklarga ega. Cho‘ktirish qurilmalarida, ya’ni siklon, engli filtr, skrubberlarda og’irlik va markazdan qochma kuch ta’sirida mayda zarrachalarni ajratib bo‘lmaydi.
Turli jinsli gaz aralashmalarini elektr maydon ta’sirida ajratish elektrodlarda amalga oshiriladi. Chang va tutunlarni tozalash uchun quruq, tumanlarni tozalash uchun esa - xo‘l elektrofiltrlar qo‘llaniladi.
Oddiy elektrofiltr - ikkita elektroddan iborat bo‘lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod - sim ko‘rinishida tayyorlanadi. Katod - sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar xar doim yerga ulanadi.
Elektrodlar o‘zgarmas tok manbasiga ulanganda 4...6 kV/sm ga teng potensiallar farqi xosil bo‘ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05...0,5 mA tok zichligini ta’minlaydi.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling