130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?


Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish shakli qanday namoyon bo'ladi?


Download 64.92 Kb.
bet5/27
Sana15.03.2023
Hajmi64.92 Kb.
#1268831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
moliya

141. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish shakli qanday namoyon bo'ladi?
Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: • bevosita umumdavlat soliqlarini undirish yordamida; • taraqqiyot byudjetidagi xarajatlami moliyalashtirish jarayonida; • byudjet va markazlashtirilgan byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va to‘lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo‘llash yo‘li bilan; • davlat xarajatlarining normativlari o ‘lchamini o ‘zgartirish orqali; • moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarim alar, penyalarni undirish natijasida. Bularning barchasi, o‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’ektlari daromadlari darajasini va bozor kon’yunkturasini bevosita o ‘zgartiradi.

142. Tartibga solishning egri shakllari o‘z ichiga nimalarni oladi?
Tartibga solishning bilvosita shakllari o ‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1. davlat tomonidan bilvosita soliqqa tortish; 2. davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish.

143. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllari orasidan qaysilarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin?
Moliyaviy ta ’sir ko‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: • mahalliy soliqlar;
• byudjetga soliqdan tashqari to ‘lovlar tizimi;
• faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli moliyalashtirish;
• davlat korx on alari va ta sh k ilo tla ri fo n d lari ham da markazlashtirilmagan byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari.

144. Nega moliyaviy nazoratda ikki yo‘nalish (aspekt)da qaraladi?
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda qaraladi:
• barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta ’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi bir-biri bilan o ‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tom onlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning tahliliy tomoniga katta e’tibor beriladi.

Download 64.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling