14– mavzu: Sifat va son so‘z turkumlarining uslubiy xususiyatlari reja


-topshiriq. Quyidagi sifatlardan foydalanib matn tuzing, matndagi har bir sifat sinonimning qo‘shimcha emotsional-ta'sirchan bo‘yog‘ini izohlang


Download 59.85 Kb.
bet3/3
Sana20.01.2023
Hajmi59.85 Kb.
#1103891
1   2   3
Bog'liq
14-mavz.Sifat va son.4k.

4-topshiriq. Quyidagi sifatlardan foydalanib matn tuzing, matndagi har bir sifat sinonimning qo‘shimcha emotsional-ta'sirchan bo‘yog‘ini izohlang.
Chiroyli, go‘zal, barno, suluv, zebo, xushro‘y, latofatli, ko‘hli, dilbar, dildor, sanobar, kelishgan, oy yuzli, mohitobon, sarviravon, sarvqomat, sarvinoz, sarvixiromon, zulfirayhon.
Mustaqil ta’lim mashgulotlari




1-topshiriq. Klasterda berilgan qo‘shimchalarning uslubiy ma'nolarini izohlang.


2-topshiriq. Rang-tus bildiruvchi sifatlarni toping. Ularning majoziy, emotsional-ta'sirchan ma'nolarini aniqlang.
1. Kelin, darhaqiqat, yosh, lekin xuddi qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil ko‘ylak, boshida qushning tojiga o‘xshagan qizil shlyapa, qo‘lidagi sumkasi, oyog‘idagi poshnasi bir qarich tuflisi ham qizil. (A.Q.) 2. Ey, siz, bahodirlar, qizil merganlar. Shu ona hurmati turing oyoqqa. (U.) 3. Quying, qizilidan ichaman. (O.) 4. Ilk sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan. (M.Ismoiliy). 5. Bir qora qozonni amallab qaynatib turibmiz. (M.Ismoiliy). 6.Oq tangam qora kunimga yarar. 7. Qiz o‘jarlik bilan qorani oq deb isbot qilishga tirishar edi. (O.) 8. Erta bahorning serzavq kunlari. Yam-yashil adirlardagi giyohlardan taralgan xushbo‘y hidlar dimoqqa uriladi. Oftob charaqlaydi. Ko‘m-ko‘k osmon shishadek tiniq. Olaquroq paxtali to‘nlar yelkadan tushgan. Xushchaqchaq qizlarning qop-qora sochlarida tolbargdan sochpopuk.


Nazorat savollari:
1. Qaysi sifat yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro sinonim bo‘la oladi?
2. Qaysi qo‘shimchalar semantik sinonimiyani hosil qiladi?
3. -li va -lik qo‘shimchalari bir-biriga sinonim bo‘la oladimi?
4. Bir so‘zi (son) qanday ma'nolarni bildiradi?
5. Ko‘plikni bildiruvchi sonlar -lar qo‘shimchasini qabul qila oladimi?
6. Jamlash ma'nosini bildiradigan -ov, -ala qo‘shimchalarining qanday farqi bor?
7. Chama son hosil qiluvchi -cha, -lab qo‘shimchalarini sinonim sifatida qo‘llash mukinmi?
8. Badiiy adabiyot tilida eng ko‘p uchraydigan epitetlar hosil qilishda qaysi so‘z turkumi qo‘llaniladi?


Testlar:
1. Quyida berilgan qaysi sifat tarkibidagi -li qo‘shimchasini uning sinonimlari bilan almashtirib bo‘lmaydi?
a) go‘shtli
b) gunohli
s) kuchli
d) mazasiz
2. Quyida berilgan qaysi sifat tarkibidagi -siz qo‘shimchasini uning sinonimlari bilan almashtirib bo‘lmaydi?
a) umidsiz
v) unumsiz
s) rahmsiz
d) aqlsiz
3. Sinonim sifatlarni toping.
a) cheksiz, behad, bardoshli.
v) chopqir, chopag‘on, metin.
s) sekin, asta, astoydil, ohista.
d) sezgir, ziyrak, tuyg‘un
4. Quyidagi gapda bir so‘zining qaysi ma'nosi ifodalangan?
Qonun oldida hamma bir.
a) miqdor
v) noaniqlik
s) marta ma'nosi
d) teng
5. Quyida berilgan hisob so‘zi qanday ifoda uchun xizmat qilmoqda?
Bir qultum suvga zor bo‘lib...
a) butunning bo‘lagi
v) og‘irlik o‘lchovlari
s) masofa
d) predmetni yakkalab hisoblash
6. Qaysi qatordagi tartib son dastlabki, ilk ma'nosida kelgan?
a) Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi.
v) Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik.
s) Ikkinchi kattalarning so‘ziga aralashma.
d) Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi.
7. Qaysi javobda -ta qo‘shimchasi o‘rnida keladigan so‘z bunday vazifani bajarmagan?
a) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman, birgalashib choy ichamiz.
v) Nafis chayqaladi bir tup na'matak, Yuksakda shamolning belanchagida. Quyoshda ko‘tarib bir savat oq gul, Viqor-la o‘shshaygan qoya labida. (Oybek)
s) Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H.Olimjon)
d) Bir tup kessang, o‘n tup ek.
8. Quyidagi sonlarning qay biriga -ov qo‘shimchasini qo‘shib bo‘lmaydi.
a) bir
v) ikki
s) uch
d) besh
9. Sifat tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan sifatning qaysi darajasi hosil qilinadi?
a) oddiy daraja
v) ozaytirma va orttirma daraja
s) ozaytirma daraja
d) orttirma daraja
10. Qaysi qo‘shimchalar rang-tus sifatlarigagina qo‘shilib, belgining me'yoridan ozligini ifodalaydi?
a) -roq
v) -mtir (-imtir), -ish
s) -mtir (-imtir)
d) -mtir (-imtir), -roq
Download 59.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling