1a-Shakl ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi mavzucini shakllantirish bo‘yicha asosnoma


Ishlarni topshirish va qabul qilish tartibi


Download 144 Kb.
bet20/22
Sana09.06.2023
Hajmi144 Kb.
#1472767
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
GAT YOZISH KK uz-assistant.uz

4. Ishlarni topshirish va qabul qilish tartibi
4.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlarni qabul qilish-topshirish, ishni yoki bosqichni yopish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
4.2. «Ijrochi” loyihani bajarish kalendar rejasiga asosan tayyorlangan yillik (oraliq) ilmiy hisobotni loyiha boshlangan kundan boshlab bir yil (12 oy) o‘tgandan so‘ng keyingi keyingi hisobot oyining 15 sanasiga qadar, yakuniy ilmiy hisobotni esa loyiha tugagandan keyingi hisobot oyining 15 sanasiga qadar «Buyurtmachi”ga toshiradi. Agar ilmiy hisobot ko‘rsatilgan muddatda «Buyurtmachi”ga topshirilmasa yoki ushbu shartnomaning 2.3-bandida keltirilgan shartlar bajarilmasa ajratilgan mablag‘ning 5 foizi «Buyurtmachi” ko‘rsatmasiga binoan ushlab qolinadi.
4.3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi 182-son buyrug‘iga muvofiq choraklik, 6 oylik, 9 oylik va yillik moliyaviy hisobotlar «Ijrochi” tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasigacha topshiriladi.
4.4. Ish bosqichlarini qabul qilish jarayonida ushbu shartnomaning kalendar rejasida ko‘rsatilgan talablariga mos kelmasligi aniqlansa, «Ijrochi” belgilangan ishlar hajmini o‘z hisobidan kelishilgan muddatda to‘liq bajarishga majbur.
4.5. Agar ishni bajarish jarayonida salbiy natija olish holati yoki ishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlansa, «Ijrochi” ishni to‘xtatishi va bu haqda bir hafta muddatda «Buyurtmachi”ni rasmiy xabardor qilishi zarur. Ushbu hollarda tomonlar ishni keyinchalik davom ettirish maqsadga muvofiq yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
4.6. «Ijrochi” tomonidan loyiha «Buyurtmachi” bilan kelishilgan kalendar reja doirasida bajarilmaganligi aniqlansa, oraliq bosqich hujjatlari va hisobotlar belgilangan talablar darajasida rasmiylashtirilmasa hamda o‘z muddatlarida topshirilmasa, bunday holatlarda «Buyurtmachi” qarori bilan moliyalashtirish to‘xtatiladi va shartnoma bekor qilinadi.


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling