1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, koʻplik, birlik ma’nolarida qoʻllangan.
Biz olmoshi koʻplik ma’nosida: Biz ham kishi yibәrdүk (BN).Biz ikki bolәk elmiz (Sh turk.). Biz ikkimizgoʻ musulmān bol tedi (SH tar.). Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qoʻllangan: B i z i ң bilә bolgʻan beglәrini ham faraxorlarigʻa yarasha berib shafqat qыldыm (BN). Bizni rasvai jahan etti yad oʻylәmәdiң (Nodira). Koʻplik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –lәr affiksi qoʻshilgan: Mavlānā Kabuliy bizlәrni tilәb vasiyat qыldы kim, bu kechә ālamdыn barur-men (Navoiy MN).Gul gʻunchasidur goya bizlәrgә achыlmaydur (Bobur). II shaxs koʻpligi: siz. Siz olmoshi koʻplik ma’noda qoʻllangan: Biz siziң uchun savrulduqq (SHN). Biz bu sarыdыn yetkoʻch, siz ichkәridin chыqыb elikiңizdin kelurini taqsir qqыlmaңlar (BN). Siz olmoshining koʻplik ma’nosini kuchaytirish uchun –lәr affiksi qoʻshilgan: S i z l әr kim qarыndashlar turur-siz biziң birlә ittifāq qыlың (SH tar). Shādmān sizlәrdin-u өlgүnchә minnatdār-men (Furqat). III shaxs koʻpligi: alar, ular, anlar, ba’zan unlar shakli qoʻllanilgan. Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan koʻpchilik yozma manbalarda keng qoʻllangan: Alarnың ikisin өltүrүb (Navoiy). Alar aydыlarki, өzbәkni bir masalы bardur (Gulxaniy). Ular varianti Lutfiy, Bobur, Abulgʻozi Bahodurxon asarlarida uchraydi: Ular mendin yashurub (BN). Ularnың kөңli (Sh.tar.). Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abulgʻozi Bahodirxon, Gulxaniy, Furqat asarlarida iste’molda boʻlgan: anlar ashyanы; Anlardыn өtүb havuzga sharbatlar tөkүlүr. Anlar kөp yыllargacha bu aytыlgʻan nimәrsәlәrni berүrlәr (Sh.tar.). III shaxs koʻpligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar koʻzga tashlanadi: XIII-XIV asrlarda ular, anlar varianti keng qoʻllangan boʻlsa, XV asrdan boshlab alar varianti faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda keyinchalik ular varianti III shaxs koʻpligida yagona boʻlib qoladi. Kishilik olmoshlarining turlanishida eski oʻzbek tilida oʻziga xos xususiyatlar koʻzga tashlanadi: Kishilik olmoshlarining turlanishi:
XIII-XIV asrlarda, XIX asrdan keyingi yodgorliklarda ham chiqish kelishigining –dәn/-dan, ba’zan –dүn/-dun varianti qoʻllangan. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling