1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


aniqlik mayli: hozirgi(hozirgi-kelasi), o‘tgan va kelasi zamon


Download 224.54 Kb.
bet74/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

aniqlik mayli: hozirgi(hozirgi-kelasi), o‘tgan va kelasi zamon

Eski o'zbek tilida ham aniqlik maylida uchala gram- matik zamon mavjud: o‘tgan zamon, hozirgi zamon (hozirgi-ke- lasi zamon), kelasi zamon. Aniqlik maylidagi har bir zamon bir necha shaklga ega bo'lib, bu shakllar shu zamon doirasida turli ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi.
0 (tgan zamon
172-§. 0 ‘tgan zamon fe’li eski o‘zbek tilida ham ko‘p shaklli bo‘lib, bu shakllaming har biri ma’nosi va qollanishiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 0 ‘tgan zamon shakllari tuzilishiga ko‘ra dastawal ikki guruhga boMinadi: 1) o'tgan zamon fe’lining sodda shakllari; 2) o‘tgan zamon fe’lining murakkab shakllari.
1. O'tgan zamon fe ’lining sodda shakllari
173-§. Eski o'zbek tilida o‘tgan zamon fe’Iining -di/-di //-ti /-îi, -mish/-mish, -g(an/-gàn / / -qan /-kan, -b (~ib /-ib / / -ub / -üb) aifikslari bilan hosil bo‘luvchi sodda shakllari amalda boMib, oldingi davrlarga oid ayrim manbalarda -duq /-duk affîksi bilan hosil bo‘luvchi shakl ham qo‘llangan. 174-§. 0 ‘tgan zamon fe’lining -di/-di //-ti /-ti affiksli shakli barcha turkiy tillar uchun umumiy boMib, bu shaklning ma’nosi bo‘yicha ham turkiy tillar o'rtasida deyarli farq yo‘q. Eski o'zbek tilida bu shaklning tuslanishida shaxs-son affiks- larining -m, -rj, -q /-k, ~ yiz/-yîz (-yizlar /-nizJâr); -lar /-tàr ko‘rinishidagi shakllar qo'shilgan: bardim, bardiy, barduq, bardiyiz (bardirjizlar), bardilar kabi. Tarkibida (oxirgi bo‘g‘inida) lab unlisi bo'lgan fe’llarga qo‘shilganda I va II shaxslarda -di /-d i//-ti /-ti affîksi tarkibidagi (0, (i) unlilari lab uyg'unligi talabiga muvofiq ravishda (u) yoki (ü) unlisiga o‘tadi: sordum (2. Ta yüzüynüy vasfim Lutfiy biiidi, da/tan Boldi rangin-u nasimi gul keliir avraqdin. (Lutfiy). 3. Kim ki bir shiddat ara sabr-u tahammul äylädi, Baxt anu7 nishini nosh-u xanm gul äylädi. (Navoiy, MQ). 4. Dost Muhammad Baqir andaq mast edi kim, Amin Muhammad tarxan-u Mastiy Chuhra bashhqlar har nechä sa’y qildilar, atlanduralmadilar (BN). Misollarning birinchisida o'tgan zamon fe’li shaklidagi ne boldi fe’li shart ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi bosh gapning kesimi vazifasida kelgan boMib, kelasi zamon ma’nosini ifodalaydi, ya’ni bu gapda ne boldi fe’li “nima bo'ladi” ma’nosida qoMlangan bo‘lib, kelasi zamon ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilgan. Ikkinchi misoldagi bitidi fe’li payt ergash gapning kesimi vazifasida kelgan boMib, “bitiganda (yozganda)” ma’nosini, uchinchi misoldagi sabr-u tahammul äylädi fe’li shart ergash gapning kesimi vazifasida kelgan boMib, “sabr-u tahammul aylagan bo‘Isa” ma’nosini, to'rtinchi misoldagi sa \'y qildilar fe’li to‘liqsiz ergash gapning kesimi vazifasida kelgan boMib, “harakat qilsalar ham” yoki “qancha harakat qilmasinlar” ma’nosini ifodalaydi. 175-§. -mish/-mish afïîksli shakl. Bu fe’lning bo'Iishsiz shakli quyidagi uch xil ko‘rinishga ega: a) -ma/-mâ affiksi bilan hosil bo‘luvchi shakl: barmamish (bar+ma+mish), kelmämish (kel+mä+mish). Bu shakl eski o‘zbek tili taraqqiyotining hamma davrlari uchun umumiy bo‘lgan; b) egalik affiksi +yoq inkor so‘zi yordamida hosil boMuvchi shakl: barmishi yoq (barmish+i yoq), kelmishi yoq (Icelmish+i yoq). Bu shakl XIII—XIV asrlarga oid manbalar tiliga xos bo‘lib, keyingi davrlarga oid yodgorliklaming ayrimlarida uchraydi; d) er- to‘liqsiz fe’lining bo‘lishsiz shakli ermäs (ermäz) yordamida hosil bo‘luvchi shakl: barmish ermäs / / barmish ermäz, kelmish ermäs / / kelmish ermäz. Bu shakl XIII—XIV asrlarga oid “Tafsir”, “Qissasi Rabg'uziy” kabi ayrim asarlarda qoMlangan. -mish/-mish affiksli o‘tgan zamon fe’liga shaxs-son affikslari- ning -men, -sen, -biz (-miz), -siz (-sizlär) ko‘rinishidagi to‘la shakllari qo‘shiladi: barmish-men (barmamish-men), barmish-sen (barmamish-sen), barmish-biz / / barmish-miz (barmamish-biz / / barmamish-miz), barmish-siz / / barmish-sizlär (barmamish-siz / / barmamish -sizlär). XV asrdan boshlab she’riy asarfarda I shaxs birlik affiksi -men qisqargan -m shaklida ham qo‘shilgan, ya’ni barmish-men tarzi- dagi shakl o‘rnida barmisham tarzidagi shakl qo‘llangan. Bu davrdagi she’riy asarlarda I shaxs birligi uchun asosan shu shakl amalda bo'lgan. Masalan: Furqatxndin bolmisham zär-u zaif (Lutfiy). Dayr arä bu nav kim, zär olmisham / / ishq bandig‘a giriftar olmisham (Navoiy, LT). Rozg'anm tiyra-yu zär-u parishan olmisham / / saya-dek aftaädahg‘da nätavän jän olmisham (Muqi- miy). -mish/-mish affiksli o‘tgan zamon fe’lining III shaxs birligi odatda ko‘rsatkichsiz bo‘lib, ba’zan unga turur(durur) holat fe’li yoki uning qisqargan shakllari tur // tiir, ¿/wr//i/wrqo‘shilgan. XV asrdan oldingi davrlarda holat fe’li turur shaklida qo‘shil- gan: Muhammad bizni ne iichiin oqimish turur? Kun’ang'a... pay- g‘ambar turur taqi ulqaymish turur (QK). Bu nedin tokiilmish turur? (N F/ Mundin ozgä og‘lum bolmishi yoq turur (Saroyi). XV asr va undan keyingi davrlarda ko‘pincha qisqargan tu r// tiir yoki dur/diir shakllari, she’riy asarlarda ba’zan durur shakli qo‘shilgan: Chun yashunmishtur qamishlar ichrä shakkar elkidin (Lutfiy). Hamma imäratlan arästa bolmishdur (Furqat). Guluzänmm chaman arä kormishdür (Munis). Kelib xän alhda arz etti Bahram / / ki bu yaqhg‘ xabar bolmish durur ’am (Navoiy, FSH). XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklaming ayrimlarida holat fe’li ba’zan I, II shaxslarga va III shaxsning ko‘plik shakliga ham qo‘shilgan: Men... birägüni eldürmish turur men (Tafsir). Sen ganj bulmish turursen (Tafsir). VI taijrigä kim, sizlär butmish turur sizlär, men yemä butmish turur men (Tafsir). Koni yol bulmish tururlar (Tafsir). -mish/-mish affiksli o‘tgan zamon fe’li ham -di/-di ff-ti/-ti affiksli shakl kabi ish-harakatning nutq paytiga qadar aniq boMganligini (yoki bo‘lmaganligini) bildiradi. Lekin -mish/-mish affiksli shakl -di/-di¡/-ti/-ti affiksli shakldan farq qilib, ish-hara- katning o‘zini emas, balki uning nutq paytida mavjud bo‘lgan natijasini ko‘rsatadi. Masalan: Bu yanda taxti shdfwna urulmish / / turub xush saqiylar, majlis qurulmish (XSH). Emdi kim íupraq bolmishdur eshikhjda tamm / / qaydadur hasid ki, korgáy davlat-u jámm menii7 (Lutfiy). Jánvafá erdi biriniij áti kim vafádin yaratiimish zati (SHN). Kop ádamidin Beshariq / / bágUarda ekmishlár tanq (Muqimiy). Bundan tashqari, -mish/-mish affiksli o‘tgan zamon fe’li eshitilganlik, gumon, noaniqlik kabi ma’nolarda ham qo'llangan, ya’ni ish-harakatning bajarilgani so‘zlovchiga aniq bolmasdan, bu haqda u boshqalardan eshitgani asosida m a’íumot bcradi. -mish/-mish affiksli o‘tgan zamon fe’li bu m a’noda II yoki III shaxsda qo‘llanib, hozirgi o‘zbek tilidagi -b affiksli o‘tgan zamon fe’liga yaqin turadi. Masalan: ¡smáil aydi: ul átam turur. Sen am ag'irlamish-sen. Eviq eshikin ketürgil teb seni aymish (QR). Eshitíim kim, ati yabanda qachmish / / Humáym ketitritb anqá-íek uchmish (XSH). Atoiy qul gadáyimdur demish-sen (Atoiy). -g^n/^gán //-qan/-kán affiksli shakl. Bu shaklning
www.ziyouz.com kutubxonasi
yozuv yodgorliklarda qo‘Uanishi XL asrdan boshlab kuzatiladi. Lekin shu davr yodgorliklari “Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘atit- turk”da bu shakl sifatdosh shaklini tashkil etib, asosan aniqlovchi vazifasida qo‘llangan (qarang: 127-§). Yozuv yodgorliklarda bu shaklning o‘tgan zamon fe’li vazifasida qo‘llanishi XLLL—XLV asr- lardan boshlab kuzatiladi. -g‘an/-gàn//-qan/-kan affiksli o‘tgan zamon fe’iining bo‘lishsiz shakli quyidagicha uch xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi: a) fe’lning -ma/-ma affiksli bo‘lishsiz shakli asosida: barmag'an (bar+m a+g‘an), kelmàgàn (kel+mâ+gân) kabi; b) er- to ‘Iiqsiz fe’Iining ermàs (emâs) shakli yordamida: barg'an ermàs, kelgàn ermàs kabi; d) egalik affiksi+yoç inkor so‘zi ishtirokida: barg‘an yoq (barg‘ani yoq), kelgàn yoq (kelgàni yoq) kabi. Yozuv yodgorliklarda asosan -ma/-mà affiksi bilan hosil bo‘luv- chi barmagan tarzidagi shakl qoMIangan bo‘lib, barg'an ermàs, barg‘an yoq (barg'am yoq) tarzidagi shakllar kam uchraydi. -g‘an/-gàn //-qan/-kàn affiksli o‘tgan zamon fe’Iiga shaxs- son afTikslariningto‘Ia shakllari qo‘shiladi: barg‘an-meti, barg‘an- sen, barg‘an-biz/ / barg‘an-miz, barg‘an-siz/ / barg‘an-sizlàr. -g(an/-gàn //-qan/-kàn affiksli o'tgan zamon fe’lining LIL shaxs birligi odatda ko‘rsatkichsiz bo‘lib, ko'pchilik hollarda unga turur(durur) holat fe’li yoki uning qisqargan dur//dür shakllari qo‘shilib keladi. XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklarda holat fe’li faw shaklida qo‘shilgan: Arig'larm ulash emgàkdà tutg'an turur (QR). Yerlâr orîüklüki yàmà kergày turur, eshitken turur (Tafsir). Usman ingàn oftang'an turur (NF). XV asr va undan keyingi davrlarga oid yodgorliklarda holat fe’li ko‘pincha qisqargan dur// dur shaklida, ba’zan durur shakli- da, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” kabi ayrim asarlarda turur shaklida qo'shilgan: Sofi Atoiy hàlatim otkàndür, vale (Atoiy/ VI kelib bir nechà laf atqandur (SHN). Qizil qag‘azg‘a mushkin nuqtalar qoyg(andur (Munis). Bu qui bir nechà kün ziyàratgâhda erdim, miràxur kelgàn durur (Navoiy, Msh). Pàdshàhhq àtaydin set]à merâs qalg‘an turur (Sh.turk).
-g‘an/-gàn//-qan/-kân affiksli o‘tgan zamon fe’lining III shaxs ko‘pligiga ham ko‘pincha holat fe’Ii qo‘shi!adi: Bir libas bilà pàdshâh arzig'a yetkenduriàr, ... ul sezni rad etkàndürlàr (Navoiy, MN). Tushkànidin xabar etkàndürlàr (SHN). Ulug‘ âtalarimiz Turkistândin kelgàn tururlar (Sh.tar.). Ayrim hollarda turur (dur/ / dur) holat fe’li o‘mida erwrto‘liqsiz fe’li qo‘llangan. -g‘an/-gân //-qan/-kàn affiksli o‘tgan zamon fe’li tarkibida en/rtoMiqsiz fe’lining qoMlanishi XVasrva undan keyingi davrlarda she’riy asarlarda uchraydi: Dunyâ aya panâh bolg'an eriir (Tafsir). Bu sifat-u àyin bilà bolg'an eriir darvish (Navoiy, MQ). G'âyati sharm bilà bolg‘an erür qan kezgü (Munis). -g‘an/-gàn //-qan/-kàn affiksli o‘tgan zamon fe’li m a’no jihatdan -mish/-mish affiksli shakl bilan birguruhni tashkil etadi, ya’ni bu shakl ham ish-harakatning nutq paytida mavjud bo‘lgan natijasini ko‘rsatadi. Masalan: Qazg‘urmag‘il, ul g'ayib bolg‘an turur (QR). Chun bu Xorazmg'a qol sâlg'andur / / ushbu ay ichrà kelib àlg(andur (SHN). Biz hech yamanhq qilg(anmîzyoq (Sh.turk). G‘aribibu vilâyat hânimàmdin adashgan-men/ / basâni murgUvah- shiy âshyânidm adashgan-men (Furqat).
0 ‘tgan zamon fe’lining -b (-ib/ -ub/-ub) affiksli ravishdosh asosida hosil bo‘luvchi shakllari. 0‘tgan zamon fe’li- ning bu turi eski o‘zbek tilida quyidagicha uch xil ko‘rinishda qo‘llangan: 1. -b+turur+men (ravishdoshning -b affiksli shakli+turur(tur- holat fe’lining hozirgi-kelasi zamon shakli)+shaxs-son affiksi): ahb turur men, kelib turur men kabi; 2. -b+tur+men / / -b+dur+men (ravishdoshning -b affiksli shakH+/w/*//ftvryoki dür (turur holat fe’lining qisqargan shakli)+ shaxs-son affiksi): ahbtur-men, kelibtiir-men yoki ahbdur-men, kelibdiir-men kabi; 3. -b+men (ravishdoshning -b affiksli shakli+shaxs-son affiksi): ahb-men, kelib-men kabi. Bu shakllarni keyingi o‘rinlarda qulaylik uchun ahb turur men, ahbtur-men / / ahbdur-men, ahb-men tarzidagi shakllar deb ataymiz. Bu shakllarning qo‘llanishi quyidagicha: Ahb turur men tarzidagi shakl XIII—XIV asrlar tiliga xos bo‘lib, keyingi davrlarda ayrim asarlarda qo‘Ilangan: Xalifa aydi: am izmaz- men, antyaz qilib turur men (NF). Bu yolm qoydw; ersä, qayu yolm tutub turur sen (QR). Barchasinuj ätlanm yuqanda bir-bir aytib turur miz (Sh.tar.). Qachan kersälär am kim, va’da qilib tururlar (Tafsir). Mena atam bu baluqm berib turur (0 ‘N). Ishtiy- aqimfiräqig‘a chära qilgUl, ey raßq // kim xaräb äyiäb turur hähmm mahkam ittifaq (Navoiy, G ‘S).
-duq/-dük affiksli shakl XITI—XIV asrlarga oid yodgorliklardan “Tafsir”da qo‘llangan bo‘lib, I shaxs ko‘plik, III shaxs birlik va ko‘plik shaküarida uchraydi. 0‘tgan zamon fe’li- ning bu turi “Tafsir”da faqat bo‘lishsiz shaklda qo‘llangan: Qachan kim, tegdi ersä kün tug‘ushing(a, boldi am tug'ar buzun üzä, qilmaduq-miz anlarga azin ortuk parda (Tafsir). Munda aytur “qildim” teb, valekin qilmaduq turur (Tafsir). Hech koz andag‘ kormäduk tururlar (Tafsir). Teginmädük injular-tek kimersä kordüki yoq (Tafsir). Keltirilgan misollarda -duq/-dük shaklidagi qilmaduq-mizfe’li “qilmadik” ma’nosida, qilmaduq turur —“qilmagan”, kormädiik tururlar — “ko‘rm aganlar” , kordüki yoq — “ko'rgani yo‘q” m a’nosida qo‘llangan.


Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling