2-laboratoriya ishi mavzu: Montaj oldi sozlash ishlari uchun namunaviy asboblarni tanalash. Ishning maqsadi


Download 141.98 Kb.
bet1/2
Sana19.09.2023
Hajmi141.98 Kb.
#1681614
  1   2
Bog'liq
2-lab


2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Montaj oldi sozlash ishlari uchun namunaviy asboblarni tanalash.
Ishning maqsadi
Ijro mexanizmlarini parametrlarini hisoblash va tanlash ko`nikmalarini shakllantirish.
Nazriy qism
Ijro mexanizmlari (IM) rostlovchi organni rostlovchi qurilma (RQ) dan kelayotgan signalga mos siljitadi. Ular avtomatlashtirish ob’yektiga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan. IM qurilma ish prinsipi va tavsiflari ularni vazifasi va qo‘llanilayotgan energiya turiga kura aniqlanadi.
Elektr ijro mexanizmlar eng ko‘p tarqalgan. Ular kompaktligi, elementlar yuqori normalligi va standartligi, oddiy masofaviy boshqarish va himoya, universalligi v.b. bilan farqlanadi. Ularni qo‘llash avtomatik boshqarishni har qanday dasturini amalga oshirish imkononi beradi. Kamchiligi: qurilma nisbatan murakkab va tezlikni rostlash nisbatan qiyinroq. Gidravlik IMda inersiyasi kamchiligi ishchi organlar siljishi tezligini rostlash va katta kuchlarni uzatish oddiy vositalar bilan amalga oshiriladi. Ular ko‘pincha qayta-ilgarilanma harakatlarda qo‘llaniladi. Kamchiligi: tizimda germetiklikni ta’minlash murakkabligi. Pnevmatik ijro mexanizmlarini afzalligi oddiyligi. Bu mexanizmlar alohida kuch agregatiga ega emas, chunki magistral markazlashgan kompressor stansiyalariga ulanishga mo‘ljallangan. Ular ROda ancha kuch rivojlantiradi. Pnevmatik va gidravlik IM yongin va portlashga xavfli muhitlarda ishlaydi.
Elektr ijro mexanizmlari (EIM) avtomalashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan. Kerak bo‘lganda pnevmatik va gidravlik ijro mexanizmlari ham ishlatiladi (elektropnevmo- i elektrogidroo‘zgartirgichlar). EIM to‘rt guruxga bo‘linadi: pozision harakat; o‘zgarmas tezlikli; o‘zgaruvchan tezlikli; quvvat kuchaytirgichlari. Pozision xarakat; o‘zgarmas tezlikli yoki o‘zgaruvchan tezlikli elektr ijro mexanizmlari elektromotori va reduktordan tashkil topadi. Bunday IM agar chiqish o‘zgaruvchi sifatida burchak burilishi (siljish) qabul qilinsa o‘zining dinamik xususiyatlari bilan integrallovchi zvenoga mos keladi. Buning natijasida kuch qismi rostlagich strukturasida PI va PID rostlash qonunlarda integral tashkilanuvchini shakllantirishi mumkin. (rostlagichning o‘zi bu paytda P va PD tashkil etuvchilarni shakllantiradi). Bunday IM eng ko‘p tarqalgan. Elektr motorli IM boshqa qo‘llanish usuli motorni qattiq qayta aloqa bilan qamrab olishdir. Bu holatda EIM proporsional (aniqrogi kam inersiyali) zveno, chiqish organi holati kirish signaliga proprosional bo‘ladi.
Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to‘sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari: chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta‘sir etuvchi kuch; aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni; ine rsionlik vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti.
Ijro mexanizmini ishdan to‘xtagandan so‘ng turg‘unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari – ularning statik va dinamik tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko‘ra ijro mexanizmlari int egrallovchi zvenolar guruxiga kiradi: W(p)= 1/ Тimr , bu yerda Тim– maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to‘liq surilish vaqti.
Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin: foydalanilgan Energiya turiga ko‘ra, chiquvchi organning xarakat xarakteriga ko‘ra; foydalanilgan yuritma turiga ko‘ra hamda chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko‘ra.
Foydalanilgan energiya turiga ko‘ra IM lar elektrik, pnevmatik, gidravlik turlariga ajratiladi (1-rasm). Chiquvchi organ xarakat xarakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to‘g‘ri xarakatlanuvchan guruxlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan va ko‘p marta aylanuvchan bo‘lishi mumkin.Foydalanilgan elektr yuritma ko‘rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo‘lishi mumkin.
Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko‘ra IM lar doimiy tezlikka ega bo‘lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional bo‘lgan IM larga ajratiladi.Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan. Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli (2-rasm).Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi.
Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil ro stlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo‘llaniladi.Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zidayuritma va tormozga beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.

1-rasm.Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi



Download 141.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling