20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Download 1.69 Mb.
bet34/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Texnik tarozi.
2. tahlil taxtasi.
3. Shpatel.
4. Skalpel.
5. Tahlil uchun o’rtacha namunalar.

Yormabop donlarning sifatini baholashda po’stloqlilik bilan bir qatorda mag’iz miqdorini foizlardagi ifodasi ham muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Donning mag’iz miqdori ifloslanganlik va po’stloqlilik aniqlagandan so’ng aniqlanadi.mag’iz miqdorini aniqlashda tariq va grechixa har qaysining massasi 2,5 g lik, suli uchun esa har qaysi 5 g lik ikkitadan parallel o’lchamlar olinadi. Mag’iz miqdori foizning o’ndan bir ulushigacha aniqlikda hisoblanadi.


Tariq va grechixa donlaridagi mag’iz miqdorini aniqlash
Mag’iz miqdori (%) quyidagi formula bo’yicha topiladi:
X= +0.73Da ,
bu yerda: Ia – ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori, %;
Da – donli aralashmalarning miqdori, %;
P – po’stloqlik,%;
0,73 – donli aralashmalardan foydalanish koeffitsiyenti.
Mavjud standart (GOST 19093-73) bo’yicha yormabop grechixa donidagi mag’iz miqdori 71% dan, (GOST 22983-78 bo’yicha) tariq donidagi mag’iz miqdori esa 74 % dan kam bo’lmasligi kerak.
Xulosa: Tariq va grechixa donlarining mag’iz miqdorini aniqlab standart bilan solishtirib ko’riladi.
Laboratoriya ishi №20. Oqjo’xori donining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.


Ishdan maqsad: Oqjo’xori doni sifatini aniqlash uslubini o‘rganish. Oqjo’xori donining iflosligini, donli aralashmalar miqdorini aniqlash.
Asosiy tushunchalar
Oq jo‘xori Osiyo va Afrikadagi bir qancha davlatlarda oziq-ovqatga ishlatiladi (un tortiladi, yorma tayyorlanadi.) oqjo‘xori AQSH qardosh mamlakatlarda, g‘arbiy Yevropa mamlakatlarda asosan, yem xashak ekini sifatida o‘stiriladi. Uning doni chorva mollari va parrandalarni boqishda ko‘p ishlatiladi. Oqjo‘xori texnikaviy maqsadlarda ko‘p foydalaniladi. Uning doni kraxmal - patoka va spirt sanoatlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Shirin oqjo‘xori poyasining tarkibida 15% qand bor, shuning uchun poyasidan olingan sharbat sirop tayyorlashda ishlatiladi. Supurgi jo‘xori, asosan, supurgi, shchotka tayyorlash uchun o‘stiriladi.
Oqjo‘xorining vatani Afrikaning ekvator qismidir. U birinchi marta Afrikaning shimoliy-sharqida bundan taxminan 5ming yil ilgari paydo bo‘lgan. Eramizdan 2ming yil ilgari Hindistonga, u yerdan O‘rta Osiyoga tarqalgan va 2 yarim ming yildan ortiq vaqt ekilib kelgan. Oqjo‘xori O‘rta Osiyo mamlakatlarida, Ukrainaning janubida, Shimoliy Kavkazda, quyi Volga bo‘yida tarqalgan. Oqjo‘xori, asosan, Qozoqiston, Xorazm va Buxoro, Qo‘qon, Markaziy Farg‘onadagi sho‘r yerlarga ekiladi. Oqjo‘xori (Sorghum Moench.) avlodliga mansub bo‘lib, 30 tadan ortiq bir yillik va ko‘p yillik turlarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda oqjo‘xorining 4 xili: oddiy jo‘xori (S. vulgare Pyers.), qo‘qon jo‘xori (S. Cyernuum Host.), gaolyan (S. Chinense Lacuchew), sudan o‘ti (S. Sudanense Pyers) ma’lum.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling