Boshqaruvchi dastur kadrlarining strukturasi. Kadr strukturasiga
ma’lum talablar qo‘yiladi [16].
1. Har-bir kadr N («Kadr raqami») simvoli bilan boshlanishi, uning
tarkibida axborot so‘zlari yoki so‘z bo‘lishi va PS («Kadr oxiri») simvoli bilan
tugallanishi lozim. Zarur bo‘lganda kadrda tabulyasiya simvollari ko‘rsatiladi.
Bu simvollar «kadr raqami» so‘zdan boshqa istalgan so‘z oldida yoziladi.
2. Kadrda axborot so‘zlarini quyidagi navbat-tartibda yozish tavsiya
etiladi:
- «Tayyorlanish funksiyasi» so‘zi;
- «O‘lchamli siljishlar» so‘zi X, Y, Z, U, V, W, P, Q, R, A, B, C tartibda
yoziladi;
- «Interpolyasiya parametri yoki rezba qadami»: I, J, K so‘zlari;
- ma’lum koordinata o‘qiga tegishli «surish funksiyasi» so‘zi (yoki
so‘zlari) bevosita shu o‘q bo‘ylab «o‘lchamli siljish» so‘zidan keyin yozilishi
lozim. Agar «surish funksiyasi» so‘zi ikkita va bundan ortiq o‘qlarga tegishli
bo‘lsa, u holda bu so‘z o‘ziga qarashli oxirgi «o‘lchamli siljish» so‘zidan keyin
kelishi lozim;
- «Asosiy harakat funksiyasi» so‘zi;
- «YOrdamchi funksiya» so‘zi (yoki so‘zlari).
3. 12.2-jadvalda ko‘rsatilgan ma’nolardan boshqacha ma’nolarjda
foydalaniladigan U, V, W, P, Q, R adresli so‘zlarni va D, E, H adresli so‘zlarni
yozish tartibi konkret RDB qurilmasining shakltida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4. Bitta kadr ichida:
- «O‘lchamli siljishlar» va interpolyasiya parametri yoki «Rezba qadami»
so‘zlari takrorlanmasligi kerak;
- bir guruhga kirgan «tayyorlanish funksiyasi» so‘zlaridan foydalanmaslik
kerak.
5. «Asosiy kadr» simvolidan keyin ishlov berishni boshlash yoki qayta
tiklash uchun zarur bo‘lgan barcha axborot yoziladi. Bu holda «Asosiy kadr»
simvoli N simvoli o‘rniga «Kadr nomeri» so‘zida manzil (adres) sifatida
yoziladi. «Asosiy kadr» simvolidan perfotasmani qayta o‘rashda uni kerakli
joyda to‘xtatish uchun foydalanish mumkin.
6. «Kadrni ishga tushirish» rejimidan foydalanish zarur bo‘lganda «Kadr
nomeri» so‘zidan va «Asosiy kadr» simvolidan oldin «Kadrni o‘tkazib
yuborish» simvoli yoziladi. Bu rejimdan stanokni sozlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |