3 Laboratoriya ishi rdb tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv dasturini ishga tushirish rdb tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish uchun boshqaruv dasturining vazifasi


Boshqaruvchi dastur kadrlarida so‘zlarni yozish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana06.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1434456
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Laboratoriya ishi

Boshqaruvchi dastur kadrlarida so‘zlarni yozish. Boshqaruvchi dastur 
kadridagi har bir so‘zda manzil simvoli, zaurur bo‘lganda «Plyus» va «Minus» 
matematik ishoralar, raqamlar tartib-navbati bo‘lishi lozim. raqamlar o‘nli 
ishoradan foydalanmasdan yoki foydalanib yozilishi mumkin. Keyingi holda 
ishoradan oldin va (yoki) keyin turgan ahamiyatsiz nollar tushiriib qoldirilishi 
mumkin, masalan: X o‘qi bo‘ylab 0,75 mm va 348,0 mm o‘lchamlarni X+75 va 
X+348 (butun sonlarda o‘nli ishora qo‘yilmaydi) kabi yozish mumkin. 


Raqamlarni o‘nli ishoradan foydalanmasdan yozganda (uning borligi faraz 
etiladi) axborot sonini qisqartirish maqsadida birinchi ahamiyatli raqam oldida 
turgan nollarni (etakchi nollarni) yoki oxirgi nollarni tushirib qoldirish mumkin. 
Masalan, X o‘qi bo‘ylab 349,4 mm o‘lchamni raqamning butun sonli qismi besh 
xonali, kasr qismi uch xonali bo‘lganda quyidagicha yozish mumkin: 
X+00349400 (to‘liq yozish), X+349400 (etakchi nollarni yozmasdan) va 
X+003494 (oxirgi nollarni yozmasdan) ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi va uchinchi 
hollarda raqamli xonalari kichik va katta xonalardan boshlab aniqlanadi.
YUqorida qayd etib o‘tilganidek, o‘lchamli siljishlar mutlaq qiymatlarda 
yoki ortirmalar bilan yozilishi mumkin. Boshqaruvchi dasturdagi tayyorlanish 
funksiyalariga qarab aniqlanadi: G90 funksiyasi o‘lchamni mutlaq qiymatlarda, 
G91 funksiyasi esa o‘lchamning ortirmalarida berilganini bildiradi. Masalan, X 
o‘qi bo‘ylab 102,3 mm ga va Y o‘qi bo‘ylab 94,8 mm ga tez siljishni (G00) 
mutlaq o‘lchamlarda: G90G00X+102,3Y+94,8 kabi yozish mumkin. 
«O‘lchamli siljishlar» so‘zidagi «Plyus» ishorasini ba’zi RDB qurilmalarida 
tushirib qoldirish ruxsat etiladi. 
Burchakli o‘lchamlar boshqaruvchi dasturlarda radian yoki graduslarda 
ifodalanadi. Burish stollari uchun burchakli o‘lchamlar aylananing o‘ndan bir 
ulushlarida yoziladi. 
Surish funksiyalari (F va E simvollari) surish tezligini aniqlaydi. Surish 
tezligi von bilan kodlanadi. Bu sondagi xonalar miqdori konkret RDB 
qurilmasining shakltida ko‘rsatiladi. Surish turi tayyorlanish funksiyalari: G93- 
G95 «Har aylanaga surish» funksiyalarini topshirish yo‘li bilan belgilanadi. 
Masalan, keskich bilan Z koordinata bo‘ylab 83,4 mm mutlaq o‘lchamgacha 
0,45 mm/ayl tezlikda surib ishlov berishni quydagicha: G90G01G95Z+83,4F.45 
yozish mumkin. 
Asosiy harakat funksiyasi (S simvoli) asosiy harakat tezligini aniqlaydi. Bu 
funksiya surish tezligi kabi son bilan kodlangan. Bu sondagi xonaldar miqdori 
konkret RDB qurilmasi shakltida ko‘rsatiladi. Mazkur funksiya quydagi 
tayyorlanish funksiyalarini: G96-«O‘zgarmas kesish tezligi» va G97-«Minutiga 
aylanadi» ni aniqlab beradi. 
Asbob funksiyasi (T simvoli) asbobni tanlashda qo‘llaniladi. Ba’zi RDB 
qurilmalarida mazkur funksiyadan asbobni to‘g‘rilash (yoki eyilish o‘rnini 
qoplash) uchun ham foydalaniladi. Bu holda u ikki guruh raqamlardan tuziladi. 
Raqamlarning birinchi guruhidan asbobni tanlashda, ikkinchi guruhidan esa, uni 
to‘g‘rilashda foydalaniladi. Boshqa RDB qurilmalarida asbobni to‘g‘rilash 


(yoki eyilishni qoplash) funksiyalarini yozishuchun D yoki H simvollardan 
foydalanish tavsiya etiladi. 
T, D va N simvollaridan keyin keladigan raqamlar soni konkret RDB 
qurilmasining shakltidako‘rsatiladi. 
SHunday qilib, so‘zlarning kadrda joylashish tartibi va har qaysi so‘zning 
strukturasi ayrim holda kadr shaklti bilan aniqlanadi. Kadr shaklti esa RDB 
qurilmasining turiga bog‘liq. Misol uchun quyida shaklt yozuvini keltirish 
mumkin: 
%: /DSN03G2X + 053Y + 053Z + 053F031S04T05M2LF. 
Ko‘rsatilgan shakltli RDB qurilmasi % («Dasturning boshlanish»), : 
(«Asosiy kadr»), / «Kadrni o‘tkazib yuborish» va DS (ochiq o‘nli vergul) 
simvollarini qabul qiladi. G va M manzilli so‘zlardan boshqa barcha so‘zlarda 
etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin (buni xonalar miqdori oldidagi 0 
raqamining borligiga qarab bilish mumkin, masalan, N03, X + 053, F031 va 
h.k.). 
Mazkur shakltda N03 kadr nomeriga uch xona ajratilgan, etakchi nollarni 
tushirib qoldirish mumkin ekanligini, ya’ni boshqaruvchi dasturdan №1 dan 
№999 gacha kadrlar bo‘lishi mumkin ekanligini bildiradi. 
Navbatdagi G2 yozuvchi tayyorlanish funksiyasining nomeriga ikki xona 
ajratilgan va etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin emas, ya’ni tayyorlanish 
funksiyalari G00 dan G99 gacha bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi (9.3-
jadvalga qarang). 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling