uchun o‘nli ishora (nuqta belgisi) dan foydalaniladi. Buni shakltdagi DS
simvolidan bilish mumkin. Masalan, X o‘qi bo‘ylab musbat yo‘nalishda
1349,27 mm, na Z o‘qi bo‘ylab manfiy yo‘nalishda 356,35
mm ga siljish
quyidagi ko‘rinishda yoziladi: X 1349.27 va Z-356.35. Har qaysi o‘q bo‘ylab
eng katta siljish 99999, 999 mm ga teng.
Navbatdagi F031 yozuvi surish funksiyasi bo‘ladi. Bu erda surish tezligini
ko‘rsatuvchi qiymatning butun qismiga uch xona,
kasr qismiga esa bir xona
ajratiladi. SHunda etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin. Agar shakltda F3
yozuvi bo‘lganda edi, bu etakchi nollarni tushirib qoldirish mumkin emasligini,
surish tezligining qiymati esa uch xonali butun sondan iborat bo‘lishi
lozimligini bildirgan bo‘lar edi.
SHakltdagi yozuvlar mos holda asosiy harakatning to‘rt xonali
funksiyasini (S04) asbobning besh xonali funksiyasini (T05), M00 dan M99
gacha bo‘lgan yordamchi funksiyalarni va kadr oxiri (LF yoki PS) ni ifodalaydi.
SNC
toifasidagi
RDB
qurilmasini
tavsiflovchi
N3G2X±33Y±33Z±42B32F2S2T2M2LF shaklti uchun kadr misoli 9.4-rasmda
keltirilgan. Kadr quyidagicha yoziladi:
N019G50G65X+270534F18S40T27M03LF.
Bu kadr nomeri 19 (N019); freza radiusini X o‘qi bo‘ylab (G50) «plyus»
ishora
bilan hisobga olinsin; topshirilgan koordinataga aniq keltirib ishlov
berilsin (G65); X+270534 koordinataga kesish tezligi S40 bo‘lgani holda surish
F18 bilan chiqilsin; asbob tayyorlansin (T27); shpindel soat milining yo‘nalishi
bo‘ylab ishga tushirilsin (M03); kadr oxiri (LF) degan ma’nolarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: