3-ma’ruza. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash. Reja
Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishda MATLAB usullari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу-MO\' da Матлаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- [x,w,w1]=isqnonneg(…)
4.3. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishda MATLAB usullari
Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish uchun MATLAB funksiyalari (usullari) juda ko’p bo’lib, biz ulardan bir nechtasini keltiramiz. Birinchi usul “chapdan bo’lish” usulidir: 1) x=A\B; 2) x=isqnonneg(A,B)-Ax=B chiziqli tenglamalar sistemasini kichik kvadratlar usuli bilan yechadi. Bunda A-(nxn) o’lchovli, B-(nx1) o’lchovli, xi≥0, i=1,2,…,n. Minimallashtirish kriteriyasi: B - Ax ning ikkinchi normasini minimallashtirish; 34 3) x=isqnonneg(A,B,x0) - iterasiyalar uchun chiziqli tenglamalar sistemasining aniq berilgan nomanfiy boshlang’ich qiymatlarda yechib beradi; 4) [x,w]=isqnonneg(…) - yechim bilan birga qoldiqlar vektori kvadrati ikkinchi normasini qaytaradi; 5) [x,w,w1]=isqnonneg(…) - xuddi avvalgi buyruq kabi, yana qoldiqlar vektori w1 ni qaytaradi; 6) bicg(A,B)-Ax=B ning x yechimini qaytaradi; A(nxn), B(nx1). Bunda hisoblash iterasiyalar yaqinlashguncha yoki min{20,n} gacha bajariladi; 7) bisc(A,B,tol) - yechimni tol xatolik bilan qaytaradi; 8) bisc(A,B,tol,maxit) - avvalgi buyruq kabi, yechimni undan tashqari maxit- maksimal iteratsiyalar soni bilan qaytaradi. 4.4. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishga doir misollar Tenglamalar sistemasini chapdan bo’lish (3.14 - rasm), iterasiyalar usuli va Kramer usulida yeching, topilgan yechimlarni solishtiring. 3.14 - rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish. Endi xuddi shu tenglamalar sistemasini iterasiya usuli bilan yechamiz va natijalarni solishtiramiz. 35 Yechimni iterasiyalar usulida topish uchun quyidagi fayl-funksiyani tuzamiz (3.15-rasm): 3.15 - rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish. 3.16 - rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish. 36 3.17 - rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish. Natijalardan ko’rinib turibdiki, bu tenglamalar sistemasini yechimini topishga iterasiyalar usulini to’g’ridan-to’g’ri qo’llaganimizda taqribiy yechimni aniqlash jarayoni yaqinlashuvchi emas. Shuning uchun berilgan tenglamalar sistemasida quyidagicha o’zgartirishlar amalga oshiramiz: e=[0.01 0.01 0.01 0.01; 0.01 0.01 0.01 0.01; 0.01 0.01 0.01 0.01;0.01 0.01 0.01 0.01]; d=inv(a)-e; b1=d*b; a1=a*e; x0=b; U xolda hosil bo’lgan x=b1+a1x tenglamalar sistemasi yuqorida keltirilgan teorema shartlarini qanoatlantiradi. Iterasiyali algoritmni ishlashini yangi iter2 fayl-funksiya hosil qilib tekshiramiz (3.18-rasm). 3.18-rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini olish. 37 Xosil qilingan iter2 fayl-funksiyasiga argumentlar a, b, x0, eps, n larning qiymatlarini buyruqlar oynasida hosil qilib, murojat qilamiz va quyidagi natijalarni olamiz (3.19-rasm). 3.19 - rasm. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechimi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling