3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz. Leptospiroz


Download 35.05 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi35.05 Kb.
#1211135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maruza3

O’ta o’tkir kechishi. Kasallikka chalingan hayvon hech nima yemay qo’yadi. Hadeb bezovta bo’laveradi.
Nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Eritrositlar soni 1-3 mln.ga tushib ketadi. Gemoglobin 12-15%ga pasayadi. Sarg’ayish har xil darajada namoyon bo’ladi. Kasal hayvon tez-tez siyib, siydik qizg’ish, qoramtir rangda bo’ladi. Ich ketishi kuzatilib, tana harorati asosan kasallikning boshlang’ich davrida ko’tariladi (40-41,5 °C). O’lim oldidan hayvon titraydi. Kasallik juda tez o’tib, hayvon 12-48 soat ichida o’ladi.
O’tkir kechishi. Bunda tana harorati 40,5-41°C gacha ko’tarilib, 7-8 kun davom etishi mumkin. Kasal hayvon bezovta bo’lib, ichi ketadi va holsizlanadi. Sog’in sigirlar suti keskin kamayadi. Keyinchalik oshqozon-ichakda atoniya (ich qotish) kuzatilib, ich to’xtab qoladi. Sarg’ayish ro’y berib, hayvon qon aralash siyadi. Tana harorati normada bo’ladi, ba’zan undan pasayishi ham mumkin. Ayrim hollarda kon’yunktivit bo’lib, ko’zdan yosh oqadi. Nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Tananing bosh qismida, quloq, yelin, jinsiy a’zoning tashqarisida hamda og’iz shilliq pardalarida nekroz sodir bo’ladi. Ba’zan quloqning uch qismi, dum, yelin so’rg’ichi, jinsiy a’zoning tashqi lablarida uzilib tushish hollari namoyon bo’ladi. Nekroz tananing tashqi qismida terining ko’p qismini egallashi mumkin. Ishtaha va kavsh qaytarish to’xtaydi. Oshqozon - ichak peristaltikasi to’xtab, ich yurishmay qoladi. Bo’goz hayvonlar bola tashlaydi. Qonda gemoliz bo’lib, leykositoz kuzatiladi, bilirubin oshib ketadi. Uz vaqtida to’g’ri davo qilinmasa, 50-70 foiz hollarda o’lim sodir bo’ladi.
Yarim o’tkir kechishi. Yuqorida qayd qilingan holat yaxshi rivojlanmay, ko’zga yaqqol tashlanmasdan kechadi. Ko’p hollarda kasal hayvonlar sog’ayib ketadi. Isitma ko’tarilishi residiv holatda davom etadi. Ba’zan bo’g’oz sovliq va sigirlar bola tashlaydi. Gehayvoniz yaqqol namoyon bo’la olmaydi. Kasallik uch haftagacha davom etib, davolash kuchaytirilmasa, 20-40 foiz hollarda o’lim kuzatiladi. Sog’aygan hayvonlar asta-sekin o’z holatiga qaytadi.

Download 35.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling