Differensial diagnoz. Kasallikni brusellyoz, kampilobakterioz, piroplazmidozlardan ajrata bilish kerak.
Davolash. Bunda polivalentli leptospirozga qarshi qo’llaniladigan maxsus qon zardobi ishlatiladi. Teri ostiga 10-120 ml gacha yuboriladi. Yoshi va turiga qarab venaga esa yarim doza yuboriladi. Maxsus qon zardobi kasallikning boshlang’ich davrida yuborilsa yaxshi naf beradi.
Hayvon turlari
|
Birinchi
|
Revaksinasiya
|
|
vaksinasiya (ml)
|
(ml)
|
It va tulkilar:
|
|
|
6 oylikgacha
|
1-2
|
2-3
|
6 oylikdan 12 oylikgacha
|
1
|
2
|
Norkalar: 6 oylikgacha
|
1-2
|
1
|
6 oylikdan 12 oylikgacha
|
1
|
1
|
Bundan tashqari, 4 kun mobaynida kuniga 2 marta 1 kg og’irlikka 10-15000 birliqda streptomisin ishlatiladi. Bu buyrakdan leptospiralar ajralishini to’xtatadi. Qabziyatda surgi dorilar tavsiya etiladi: Glauber va ingliz tuzlari yilqilarga 200-500,0; qorahayvonlarga 400,0-800,0; qo’y-echkilarga 40,0-100,0; cho’chqalarga 25,0-50,0; it va tulkilarga 10,0-25,0 miqdorda beriladi.
Yurak faoliyatini yaxshilash uchun yilqi va qorahayvonlarga 2,0-3,0; qo’y-echki, cho’chqalarga 0,5-2,0; it va tulkilarga 0,1-0,3 o’lchamda kofein yuboriladi. Qon tarkibini yaxshilash uchun venaga 50-5000 ml atrofida 40%li glyukoza eritmasi yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |