3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz. Leptospiroz


Download 35.05 Kb.
bet7/7
Sana18.02.2023
Hajmi35.05 Kb.
#1211135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maruza3

Immunitet. Kasallikning oldini olish va davolash uchun birinchi vaksina va giperimmun qon zardobi S. Ya. Lyubashenko tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda VGNKIda tayyorlangan deponirlangan polivalent vaksina ishlatiladi. Vaksina muskul orasiga 43-betdagi sxema bo’yicha yuboriladi.
Xo’jalikda leptospiroz qayd qilinsa, darhol u nosog’lom deb e’lon qilinadi va xo’jalikni sog’lomlashtirish rejasi tuziladi. Shu paytdan e’tiboran hamma ishlar SES xodimlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Cheklash e’lon qilingach, quyidagilar taqiqlanadi:
a) nasldor hayvonlarni chiqarish;
b) yosh hayvonlarni ishchi-xizmatchilarga sotish;
v) emlanmagan hayvonlarni kiritish va chiqarish;
g) veterinariya vrachi ruxsatisiz guruhlar tashkil qilish;
d) majburiy so’yish va go’shtini tarqatish;
ye) ochiq suv manbalaridan foydalanish;
j) avval kasalga chalingan hayvonlar turgan joyga sog’lomlarini kiritish;
z) kasal hayvon o’tlagan yaylovga bir haftagacha hayvon kiritish.
Chorvachilik fermalari va binolarining sanitariya holatini yaxshilash lozim.
Kasal hayvon maxsus maydonchada veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda so’yilishi kerak.
Kasal hayvonlar ajratib davolanadi, sog’lomlari esa emlanadi. Xo’jalik sog’lomlashtirilgach, 30 kundan keyin cheklash bekor qilinadi.
Odamlar leptospirozi (Vasilyev - Veyl kasalligi). Badan uvishib, tana harorati 39-40° C ga ko’tariladi, xayol parishon bo’ladi, ba’zan alahsirash kuchayadi. Harorat takroran chiqib-tushib turadi. Qattiq bosh og’rib, a’zoyi badan qaqshaydi va og’riydi. 7-8 kun o’tgach, sarg’ayish ro’y beradi. Jigar kattalashib, kuchli og’riq tutadi, har doim nefrit kuzatiladi.
Download 35.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling